Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kicker nashri Germaniya Bundesligasining 2019/20-yilgi mavsumi qahramonlarini aniqlash uchun 270 nafar professional futbolchilar ishtirokida anonim so‘rovnoma o‘tkazdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Unga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski topildi. Polshalik futbolchi bu borada “Borussiya Dortmund” vingeri Jeydon Sanchoni ortda qoldirdi.

Mavsumning eng omadsiz o‘yinchisi nomiga dortmundliklarning yana bir a’zosi Mario Gyotse loyiq ko‘rildi. Gyotse 30% ovoz olib, “Shalke-04” darvozaboni Aleksander Nyubelni (11,5%) ortda qoldirdi.

Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumi laureatlari bilan tanishing:

Eng yaxshi o‘yinchi — Robert Levandovski (“Bavariya”);

Eng yaxshi murabbiy — Xans-Diter Flik (“Bavariya”);

Eng yaxshi darvozabon — Manuel Noyer (“Bavariya”);

Mavsum kashfiyoti — Alfonso Devis (“Bavariya”);

Mavsum omadsizi — Mario Gyotse (“Borussiya D”);

Eng omadsiz murabbiy — Yurgen Klinsmann (“Herta”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi