• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik fuqaro farzandi o‘zgalar tomonidan ayovsiz kaltaklangan bo‘lsa-da, IIB holatga yetarlicha e’tibor qaratmayotganidan shikoyat qilmoqda

    Andijonlik fuqaro farzandi o‘n kishi tomonidan ayovsiz kaltaklanib, og‘ir tan jarohati olganini, biroq ushbu jinoyat ishi ichki ishlar xodimlari tomonidan e’tiborsiz qolayotganini bildirmoqda. Adolat istab huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan ayolning aytishicha, mazkur holat bo‘yicha profilaktika inspektori hamda tergovchi tomonidan haligacha jinoyat ishi ochilmagan.

    Sohiba Qo‘chqorova

    Sohiba Qo‘chqorova
    Foto: “Daryo”

    Mazkur adolatsizliklar haqida “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulovga so‘zlab bergan Sohiba Qo‘chqorova hamda uning o‘g‘li Qudratilla Hasanboyev voqea 2020-yilning 9 va 14-aprel kunlari sodir bo‘lganini aytdi.

    Qudratilla Hasanboyevning ma’lum qilishicha, janjal arzimas tushunmovchilikdan boshlangan. U do‘sti va Dilmurod ismli shaxsning o‘rtasiga tushib, ajratishga harakat qilgan xolos. Lekin o‘rtada katta janjal kelib chiqqan.

    “2020-yil 9-aprel kuni soat 14:00 da ikki o‘rtog‘im bilan dadamning qabrini tozalagani mahalla qabristoniga chiqib ketayotgandik. Qabriston oldidan o‘tib ketayotsak, Dilmurod ismli kattaroq yoshdagi kishi qo‘ylarini boqib yurgan ekan. Shu payt ortimizdan bir it ham kelayotgan ekan. Dilmurod aka bizga qarab, ‘Ey, bolalar, itlaringni olinglar, qo‘ylarim qo‘rqib ketadi’ deb baqirdi. Shundan keyin itni chaqirdik. Do‘stim Javlon itga ‘Qoplon qayt orqangga, bo‘lmasam qulog‘ingni kesaman’ dedi. Dilmurod aka esa ‘Sen bola kimni so‘kyapsan, kimni ahmoq qilyapsan?’ deb Javlonning oldiga keldi va yelkasidan turtdi. Ikkalasi yoqalashishgacha bordi. Ularni ajratishga harakat qildim. Biz Dilmurod akadan uzr so‘radik. Lekin Dilmurod aka o‘g‘li va Mansur ismli jiyaniga telefon qilib, tezda kelmasa bo‘lmasligini aytdi. Hech qancha o‘tmasdan ular mashinada qo‘lida elektroshoker, bita, dubinka bilan yetib kelishdi. Nima bo‘lganini tushunib-tushunmasdan janjalga qo‘shilishdi. Baqir-chaqirlarni eshitgan odamlar oldimizga kelib muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Bir necha kishining aralashuvi bilan janjal tugab, hammamiz tarqaldik. Dilmurod aka esa hali barchamizga ‘borziy’lik qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishini aytdi”, — deydi Qudratilla Hasanboyev.

    Hasanboyevning qo‘shimcha qilishicha, o‘rtadagi janjal kechki payt u do‘stlari bilan do‘konga chiqqanida ham davom etgan. Urush profilaktika inspektorining chaqirilishi bilan yakunlangan.

    “‘Borziy’likni ko‘rsatib qo‘yishga va’da bergan Dilmurod aka kechki payt soat 19:00 da 15-20 nafar odam yig‘ib, Damas, Cobalt, Gentra mashinalarida kelishdi. Ular bizning harakatimizni kuzatishayotganini bildik. Dilmurod aka olib kelgan bolalarning qo‘lida ketmon sopi, yog‘och, elektroshoker, bita, temir buyumlar bor edi. Do‘stlarim bilan do‘konga ketayotgandik, ular ham ortimizdan yetib keldi. Do‘kon eshigiga yetganimda ular meni va do‘stlarimni sudrab olib chiqib, hech qanday sababsiz qo‘lidagi temirlar bilan urib ketishdi. Biz bunday vaziyatni kutmagandik. Holatni tushungan do‘stlarim voqea joyidan qochib qutulishdi. Men esa 10 kishining ichida yolg‘iz qolib ketdim. Atrofda besh-oltita odam bor edi. Lekin ularning qo‘lidagi qurollarini ko‘rib, ajratishga hech kimning haddi sig‘madi. Insofi bor qo‘shnilar telefon orqali ‘uchastkavoy’ni chaqirishibdi. Inspektor kelayotganini ko‘rishgach, zo‘ravonlar qochishdi. Biroq hech kimga hech qanday chora ko‘rilmadi”, — deydi Qudratilla Hasanboyev.

    Qudratilla Hasanboyev

    Qudratilla Hasanboyev
    Foto: “Daryo”

    Sohiba Qo‘chqorovaning aytishicha, bunday holat besh kundan so‘ng yana qaytarilgan. Navbatdagi janjalda Qudratilla Hasanboyevning boshi 10-15 santimetrgacha yorilgan.

    “14-aprel kuni kichik o‘g‘lim ikki marotaba do‘konga chiqdi. Yo‘lda Dilmurodning o‘g‘lini ko‘rgan. Shunda u o‘g‘limni to‘xtatib, bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirib, haqorat qilgan. G‘alvani istamagan o‘g‘lim ‘Bo‘lar ish bo‘ldi, senga yana nima kerak?’ desa elektroshoker, bita chiqarib, uni urmoqchi bo‘lgan. O‘sha paytda kichik o‘g‘lim ham kasal edi. Yuzlariga suvchechak toshgandi. Shuning uchun u ortga qaytgan. Qudratilla o‘g‘lim ham kechki payt farzandiga taglik olish uchun do‘konga chiqqan. Dilmurodning o‘g‘li uyiga borib dadasiga bo‘lgan voqeani aytib, yana odam yig‘ib ikkita mashinada o‘n kishi kelishgan. O‘g‘lim do‘kon ichida bo‘lgan. Dilmurod do‘konga kirib Qudratillaga ‘Katta gapirgan ukang qani, polvon ukangni chaqir’, deb po‘pisa qilib ichkaridan sudrab chiqqan. Tashqariga chiqqach qo‘lidagi temir, yo‘lakda turgan g‘isht va toshlar bilan urib ketgan. Voqea 10 daqiqacha davom etgan. O‘g‘lim hushidan ketgan. O‘g‘lim qimirlamay qolganidan keyin urushni to‘xtatib, o‘ldi deb hushsiz, qonga belangan holatda tashlab ketishgan. O‘shanda boshi 10-15 santimetrcha yorilgan ekan. Zo‘ravonlar ketgach, odamlar tez yordamni chaqirishgan va shifokorlar olib ketgan”, — deydi Sohiba Qo‘chqorova.

    Qo‘chqorovaning ma’lum qilishicha, tibbiy ekspertiza o‘g‘lini profilaktika inspektori olib kelmagani uchun ekspertizadan o‘tkazmasdan qaytarib yuborgan. Shunday bo‘lsa-da, soxta ekspertiza xulosasi tayyorlanib, olingan tan jarohati yengil deb qayd qilingan.

    Qudratilla Hasanboyevning yorilgan boshi

    Qudratilla Hasanboyevning yorilgan boshi
    Foto: “Daryo”

    “Ertasi kuni ertalab aka-ukani tibbiy ekspertizaga yubordim. Lekin ekspertizadagilar uchastka nozirisiz qabul qilmaymiz, deyishgan. Tartib bo‘yicha ‘uchastkovoy’ olib borib, ekspertiza qildirishi kerak ekan. Lekin ‘uchastkavoy’ bilan bog‘lanib bo‘lmadi, bog‘langanimizda esa hech qanday harakat qilmadi. Oddiy fuqaro bo‘lsak, biz bularni qaydan bilaylik? Uch kundan keyin profilaktika inspektori yordamchisi ekspertiza qildiraman deb kelgandi, karantin deyishdi. Shu bahona bo‘lib ‘uchastkavoy’ kasalxonaga, ekspertiza ‘uchastkavoy’ga aybni ag‘darishi sabab, ekspertiza qilinmasdan qoldi. O‘g‘limning jarohatlari bitay deganda — 4-may kuni qayta ekspertiza tayyorlab beraman, deb ‘uchastkavoy’ kasallik tarixini oldi. Endi shu qog‘ozni ko‘rsatib, ekspertiza qilingan deyapti. Aslida haligacha ekspertiza qilinmagan”, — deydi onaizor.

    Murojaatchining ta’kidlashicha, profilaktika inspektori hamda tergovchi jinoyatni yashirishga urinmoqda.

    “Karantin paytida hamma uyda o‘tirishi kerak bo‘lgan vaqtda bular guruh bo‘lib, til biriktirib jamoat joyida bir odamni o‘lgudek kaltaklashsa, birortasi hech narsa demasa. Qonun himoyachilari, tibbiy niqobsiz yurganlarga, mayda bezorilarga ishlasa-yu, mana bunaqa jinoyatlarga jim qarab tursa, alam qilmaydimi? Tergovchiga do‘konga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali olingan videoyozuvlarni ham berdik, e’tiborga olishmayapti. Bu esa ichki ishlar xodimlari va jinoyatchilar o‘rtasida qandaydir aloqa bor, degan shubhani uyg‘otmoqda”, — deydi Sohiba Qo‘chqorova.

    Qudratilla Hasanboyevning yorilgan boshi

    Qudratilla Hasanboyevning yorilgan boshi
    Foto: “Daryo”

    “Yugur-yugurlar, tinimsiz qilingan murojaatlarimizdan so‘ng bu ish tergovga chiqarildi. Lekin tergovchi va ‘uchastkavoy’ zo‘ravonlarning qo‘lida bo‘lgan elektroshoker, bitalarni guvohlar tasdiqlasa ham inkor etmoqda. Bundan tashqari do‘konga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali olingan videoyozuvlarda 10 kishi ishtirok etgani ko‘rinib tursa-da, faqat ikki kishini so‘roq qilmoqda. Qolganlarni nafaqat videoyozuv, balki guvohlar ham tasdiqlasa-da e’tiborga olishmayapti. To‘g‘risi, murojaat qilmagan, bormagan joyimiz qolmadi. Ariza qilgan kunimning ertasiga o‘rganishgandek bo‘lishadi. Keyin yo‘qolib ketishadi. Nahotki uch oydan beri real holatdagi jinoyatga e’tibor qaratishmasa?”, — deydi murojaatchilar.

    Andijon viloyat IIBning ma’lumot berishicha, yuqorida tilga olingan fuqarolar o‘rtasida 2020-yil 9-aprel kuni soat 15:00 da va o‘sha kuni kechki payt ham urush-janjal bo‘lgan. Kelishmovchilik 2020-yilning 14-aprel kuni soat 20:00 da davom etgan. Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining 2020-yil 4-may kunidagi xulosasiga ko‘ra, mazkur to‘polon sabab fuqaro Qudratilla Hasanboyevning sog‘lig‘i olti kundan ko‘proq va yigirma bir kungacha buzilishiga sabab bo‘ladigan yengil tan jarohati olgan.

    Qudratilla Hasanboyevning yorilgan boshi

    Qudratilla Hasanboyevning yorilgan boshi
    Foto: “Daryo”

    Holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-son ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 2020-yil 4-may kuni R.D., R.F. va M.A. hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Viloyat IIBning qo‘shimcha qilishicha, murojaatchilarga mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi va hozirda tergov harakatlari olib borilayotganligi aytilgan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    21.07.2020, 14:10   Izoh (0)   61653
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga yozgi terrasalarni saqlab qolishga ruxsat berildi

    21.07.2020, 13:54

    “Davyergeodezkadastr”da yana 9 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi

    21.07.2020, 13:08

    OTMlarga kirish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi

    21.07.2020, 12:37

    Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari Ashur Qodirov vafot etdi

    21.07.2020, 12:06

    Qoraqalpog‘istonda ekinlari suvsiz qolgan aholi Nukus—Toshkent magistral yo‘lini to‘sib qo‘ydi (video)

    21.07.2020, 11:52

    Alisher Qodirov koronavirusning yangi to‘lqini yuzaga kelmasligi uchun xorijdan o‘zbekistonliklarni olib kelishni to‘xtatish kerakligini aytdi

    21.07.2020, 11:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.