Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” himoyachisi Serxio Ramos La Liganing so‘nggi, 38-turi doirasida o‘tkazilgan “Leganes”ga qarshi o‘yinda (2:2) raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ushbu gol 34 yoshli futbolchi uchun klublardagi faoliyati davomida urgan 100-gol bo‘ldi. U shularning 97 tasini “Real”da, 3 tasini esa “Sevilya”da urgan. Qayd etish joiz, “Leganes”ga qarshi o‘yin Ramos uchun “Real” safidagi 650-o‘yin bo‘ldi.

Ramosning gollari musobaqalar kesimida quyidagicha joylashgan: La Ligada 72 ta, Ispaniya kubogida 7 ta, Chempionlar Ligasida 13 ta, Ispaniya Superkubogi va Yevropa Superkubogida 2 tadan, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida esa 3 ta.

Shuningdek, AS va boshqa ispan nashrlari Ramosni himoyachilar orasida La Liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar deb hisoblashni taklif qilmoqda. Bu yerda bahsli jihat shundaki, “Real” sobiq himoyachisi Fernando Yerro klubdagi faoliyati davomida 100 tadan ko‘proq gol urgan, biroq u gollarining ko‘p qismini (44 tasini) yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan vaqtida kiritgan.

Bundan tashqari, Ramos Ispaniya terma jamoasi safida ham o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi