“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
18:40, 20.07.2020 32845

Britaniya malikasi to‘yida buvisining eski kelinlik libosini kiydi (foto)

Italiyalik zodagon Edoardo Mapelli-Motssiga turmushga chiqqan Britaniya malikasi Beatris marosimda buvisi, qirolicha Yelizaveta II ning vintaj uslubidagi kelinlik libosini kiydi. Bu haqda qirollik oilasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida 19-iyul kuni ma’lum qilingan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Mazkur ko‘ylak Yelizavetta II uchun 1967-yilda dizayner Norman Xartnell tomonidan tikilgan. Beatris taqqan tillaqosh qirolicha Mariyaga tegishli bo‘lib, qirolicha Yelizaveta ham to‘y marosimida ushbu aksessuardan foydalangan, deyiladi xabarda.

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishicha, oldindan e’lon qilinmagan baxt marosimida faqatgina yaqin qarindoshlar ishtirok etgan. 2018-yilning kuzida Italiyada tanishgan Beatris va Edoardoning unashtirilishi haqida 2019-yilning 26-sentabrida e’lon qilingandi. Aslida 2020-yilning 29-mayiga belgilangan to‘y mavjud koronavirus sabab qoldirilgan.

Foto: “Korrespondent.net”

Ma’lumot uchun, graf tituliga ega bo‘lgan 36 yoshli Edoardo Mapelli-Motssining otasi 1972-yil qishki olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etgan mashhur tog‘-chang‘i sportchisi hisoblanadi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ