• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Attila” operatsiyasi. Kiprning Turkiya va Gretsiya o‘rtasida bo‘lib olinish tarixi

    Bundan 44 yil muqaddam 20-iyul kuni Turkiya Kiprda “Attila” operatsiyasini boshladi. Buning natijasida Kipr oroli ikkiga bo‘linib ketdi. “Daryo” ushbu mashhur operatsiya tarixi hamda Kipr muammosi haqida hikoya qiladi.

    Mustaqil Kipr

    1960-yilda Kipr Buyuk Britaniyadan mustaqil respublika sifatida ajrab chiqdi. Kiprning mustaqilligi Syurixda 16-avgust 1960-yilda imzolangan “Nikosiya bitimi” bilan mustahkamlab qo‘yildi. Syurix bitimi natijasida Turkiya va Gretsiya davlatlari orolni o‘z hududlariga qo‘shib olish istaklaridan voz kechdi (tarixan bu orol Usmonli saltanatiga tegishli bo‘lgan, lekin Gretsiya ham unga da’vogar edi). Buyuk Britaniya esa  Dekeliya aholi  punktidagi va Akrotiriyadagi harbiy bazalarini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Harbiy bazalarning umumiy maydoni 257 ming kvadrat kilometr edi. Arixiyepiskop Makarios mustaqil Kiprning prezidenti etib saylandi.

    Aslida 1960-yilda qabul qilingan konstitutsiya orolni ikki jamoaga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. Konstitutsiyada qonunchilik va ijro hokimiyati orolning ikki etnik jamoasi huquqlarini himoya qilishi belgilangan bo‘lsa-da, bosh qonun turk va grek etnik jamoasini bir-biriga qarshi bo‘lishiga, oraga nifoq tushishiga sabab bo‘ldi.

    Konstitutsiyaga muvofiq prezident grek millatiga mansub bo‘lsa, vitse-prezident turk millatiga mansubligi belgilab qo‘yildi. Bu ham muammolarni yuzaga keltirar va demokratik boshqaruvni amalga oshirishga to‘siq bo‘ldi. Konstitutsiya ishlamasdi, grek jamoasida orolni to‘liq greklar nazorati otiga olishni istardi. Turk jamoasi orasida esa orolning turklar yashaydigan qismini ajratib olish haqidagi fikrlar tobora avj oldi.

    1963-yilda prezident boshqaruvning samarali bo‘lishini ta’minlash uchun konstitutsiyaga o‘zgartirish taklifini kiritdi, turklar esa bu taklifga qarshi chiqdi. 1964-yilda turklar va greklar o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz berdi. BMT orolga 6 300 “moviy kaskali”larni tinchlikni saqlash uchun kiritishga majbur bo‘ldi.

    1974-yilgi operatsiya

    1974-yilning 20-iyul sanasida Turkiya harbiy kuchlari oroldagi turklarni himoya qilish uchun Kiprga kirdi va natijada Kipr shimoliy va janubiy qismlarga bo‘lindi. Keyinchalik, 1983-yilda shimoliy Kiprning turk jamoasi Shimoliy Kipr Turk respublikasi tuzilganini e’lon qildi. BMTning xavfsizlik kengashi bu hodisani keskin qoralab chiqdi. Hozirga qadar Shimoliy Kipr Turk respublikasini Turkiyadan boshqa hech qaysi mamlakat tan olmay kelmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Turkiyaning Kiprga kirishini tushunish uchun sal ortga, 1967-yil voqealariga qaytish kerak. 1967-yilning 22-aprel sanasida Afinada general Stilianas Partakas qo‘mondonligi ostidagi harbiylar qo‘zg‘oloni boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar amaldagi Gretsiya konstitutsiyasining 11 ta moddasini bundan buyon tatbiq qilinmasligini e’lon qildi. Afinada “qama-qama” jarayoni boshlandi. So‘l radikallar, parlamentning ko‘plab deputatlari qamoqqa tashlandi.

    Omon qolgan grek komunistlari Sovet Ittifoqiga qochib keldi; ular Buxoro va Samarqandga joylashtirildi. Gretsiyada “Qora polkovniklar” nazoratidagi fashistik hukumat – xunta o‘rnatildi.

    1971-yilda Kiprga Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, inglizlarga qarshi kurashi yetakchisi polkovnik Georgius Grivas Kiprga qaytib keldi. Polkovnik Grivas, shuningdek, Kipr Gretsiyaga qo‘shilishi tarafdori ham edi. Kiprlik greklarning maxfiy EOKA tashkiloti rahbari mamlakatda ko‘rinish berishi bilan greklar va turklar o‘rtasida ixtiloflar keskin tus oldi.

    Bu esa Turkiyaning Kiprga bostirib kirishi uchun yaxshigina sabab edi. EOKA-B tashkiloti rahbari bo‘lib olgan Georgius Grivas prezident Makariosning Gretsiyaga tarkibiga qo‘shilish siyosatidan norozi va uni hokimiyatdan to‘ntarib tashlash harakatini boshlab yubordi. Biroq 27-yanvar sanasida polkovnik Grivas yurak xuruji sabab vafot etdi. Lekin shunga qaramasdan Kiprdagi grek ayirmachilari prezident Makariosga qarshi harakatni davom ettirdi.

    Milliy gvardiya ham prezident Makariosga qarshi chiqqani bois davlat rahbari Londonga qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi. 15-iyul sanasida hokimiyat tepasiga polkovnik Grivas va “ENOZIS” – Kiprning Gretsiyaga qo‘shilishi harakati tarafdori bo‘lgan Nikos Sampson Georgiadis keldi. Nikos Sampson Georgiadis esa Gretsiyadagi “Qora polkovniklar” xuntasining qo‘llab-quvvatloviga juda umid qildi va uning umidlari amalga oshdi. Bu esa Turkiya oroldagi turklarni himoya qilish maqsadida Kiprga kirishi uchun sabab bo‘ldi. Shu tariqa Turkiyaning 10 ming nafardan iborat harbiylari Kipr orolida tinchlik va tartibni saqlash maqsadida Pantemili plyaji sohillariga kelib tushdi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    21-iyul sanasida grek hukumatiga tegishli “Lesbos – L-172” harbiy kemasi va kiprlik razvedkachilar hamda Turkiya harbiylari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Jangdan 12 soat avval Famagusta orolidan bortida 450 nafar grek habiylari bo‘lgan “Lesbos” harbiy kemasi yo‘lga otlandi. Turk harbiy havo kuchlari kemani payqab, Kiprga yurishni boshladi.

    Turkiya harbiy shtabi harbiy havo kuchlari va harbiy dengiz kuchlariga “Lesbos”ni orolga yaqinlashtirmaslik uchun bor chorani ko‘rish buyrug‘ini berdi. Dastlabki zarba havodan turib berilishi kerak edi, biroq turk harbiylarining asosan kunduzi harakat qilishi oqibatida “Lesbos” harbiy radarlardan g‘oyib bo‘ldi va keyinchalik qandaydir sabablarga ko‘ra Rodos tomon marshrutni o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi.

    Aynan shu kunda Turiya qurolli kuchlari o‘ta kulgili xatoga yo‘l qo‘ydi. Kiprdagi grek harbiylari turklar radio aloqalarni eshitib turganini bilgan holda “Kiprga o‘z vaqtida yetib kelgan grek harbiy kemalariga tashakkurnoma yetkazdi”. Bu harbiy nayrang edi. Turkiya harbiy kuchlari olingan radiogramma ma’lumotini tekshirib o‘tirmasdan “dushmanni” yakson qilish buyrug‘ini beradi. Mavjud grek flotiga zarba berish uchun 48 ta uchoq jangga kirdi.

    Turkiya harbiy kuchlari qo‘l ostidagi uch esmines kemalari Kipr bayrog‘i ostida suzayotgan har qanday kemaga zarba berish topshirig‘ini oldi. Turk va grek kemalari ishlab chiqaruvchisi bir bo‘lgani, qolaversa, Turk qo‘mondonligidan havo zarbalari beriladigan hududda birorta ham turk kemalari mavjud emasligi haqidagi ma’lumot sabab turk havo kuchlari o‘zlarining dengiz kuchlariga zarba berdi. Turklar o‘zlari bilan o‘zlari jang qilayotgandi. Natijada “Kochatepe” harbiy kemasi cho‘ktirildi, 78 turk harbiy dengizchisi halok bo‘ldi, 13 nafar zobit va kema ekipajining 64 a’zosi, omon qolgan jami 42 nafar turk Isroil kemasi tomonidan qutqarib olindi va Hayfaga olib kelindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    22-iyul sanasidagi havo janglari oqibatida Turkiya bitta qiruvchi uchog‘idan, Nikosiya aeroportidagi harbiy amaliyotlar davomida esa M-47 Patton rusumli beshta tankidan ayrildi. Kiprlik greklarning yo‘qotishlari bir nechta harbiy mashinalar va uchish maydonchasida turgan ikkita HS-121 uchog‘i bo‘ldi. Avgust oyining keyingi sanalarida bo‘lib o‘tgan harbiy amaliyotlar chog‘ida turk harbiylari ham, grek kuchlari ham bir qator yo‘qtishlarga uchradi. Urush yakunlariga ko‘ra taraflarning yo‘qotishlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

    Kiprlik greklar: 309 inson hayotdan ko‘z yumdi, 909 inson bedarak yo‘qoldi, jarohatlanganlar – 1 141 nafar. Harbiy texnika: 12 tank, 7 BTR, 47 ta turli qurollar;

    Gresiya: halok bo‘lganlar – 88 nafar, bedarak ketganlar – 83 nafar, yaradorlar – 148 nafar;

    Kiprlik turklar: vafot etganlar – 70 nafar;

    Turkiya: vafot etganlar – 498 nafar, yaradorlar – 1 200 nafar. Harbiy texnika: 26 tank, 4 BTR, 24 qurol, 1 harbiy kema

    Urushning oqibatlari

    Turkiyaning hujumi natijasida greklar shimoliy Kiprni tashlab chiqib ketdi, ularning mulkari talon-taroj qilindi. Kipr oroli ikki qismga bo‘lindi. 1983-yilda Kiprning shimoli Shimoliy Kipr Turkiya respublikasi deb e’lon qilindi. Lekin bu respublikani Turkiyadan boshqa hech qaysi davlat hozirgacha tan olmay keladi. Xalqaro huquq normalariga muvofiq butun Kipr orolida mustaqil Kipr Respublikasi hokimiyati o‘rnatilishi nazarda tutiladi. 1974-yildan buyon Kiprni bir respublikaga birlashtirish muzokaralari olib borilayotgan bo‘lsa-da, hozircha bu muzokaralardan hech qanday natija chiqqani yo‘q.

    Grek Kipr respublikasi 2004-yildan buyon Yevropa Ittifoqi a’zosi. 2007-yilda poytaxt Nikosiyani grek va turk qismlariga ajratuvchi devor buzib tashlanishi orolning birlashishi haqida iliq taxminlarni yuzaga chiqardi. 2008-yildagi saylovlarda Dimitris Xristofiasning prezidentlikka kelishi esa Shimoliy Kipr bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatish borasida umidlarni yuzaga keltirdi.

    2014-yilning 12-may sanasida Yevropa inson huquqlari bo‘yicha sudi Strasburgdagi mahkama jarayonida Turkiya 1974-yildagi urush harakatlari bois harbiy amaliyotlarda bedarak ketgan kiprlik greklar qarindoshlariga va urushdan jabr ko‘rganlarga 90 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘lash qarorini chiqardi. Keyingi kuni esa Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Ahmed Dovudo‘g‘li “biz tan olmaydigan davlat uchun kompensatsiya to‘lamaymiz”, deb bayonot berdi.

    Kiprning bir yaxlit mustaqil mamlakat bo‘lishi esa vaqt masalasi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    20.07.2020, 14:51   Izoh (0)   51613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar 83 682 nafarga, Janubiy Koreyada esa 13 771 nafarga yetdi

    20.07.2020, 11:43

    Saudiya Arabistoni podshohi shifoxonaga yotqizildi

    20.07.2020, 10:29

    Malayziyadagi tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqaruvchi korxona aksiyalarining narxi 1000 foizga ko‘tarildi

    20.07.2020, 09:10

    Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi mamlakatda 2 million nafarga yaqin odam koronavirus bilan kasallanib, tuzalib bo‘lganini taxmin qildi

    20.07.2020, 08:03

    Plastik ortidagi raqqosa, mahbuslar uchun freska, ko‘chadagi masxaraboz. 19-iyul suratlari

    19.07.2020, 23:34

    Butun dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 600 ming nafardan oshdi

    19.07.2020, 22:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.