• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 18-iyul kuni 579 kishida koronavirus aniqlandi. Besh kishi vafot etdi

    O‘zbekistonda 17-iyul soat 23:30 dan 18-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 579 ta holat qayd etildi. Bu 13-iyul kunidagi antirekorddan (o‘shanda 594 kishi kasallangani ma’lum bo‘lgandi) keyingi ikkinchi natija. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16186 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 138 nafari xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida;
    • 441 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida (Toshkent shahrida — 216 nafar, Sirdaryo viloyatida — 75 nafar, Andijon viloyatida — 40 nafar, Buxoro viloyatida — 25 nafar, Toshkent viloyatida — 22 nafar, Samarqand viloyatida — 21 nafar, Jizzax viloyatida — 19 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 9 nafar, Namangan viloyatida — 9 nafar, Navoiy viloyatida — 4 nafar, Surxondaryo viloyatida — 1 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 11 ta hududda kasallanish holati qayd etildi. Faqat Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida koronavirusga chalinish holatlari kuzatilmadi.

    Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 216 ta holat qayd etildi. Shuningdek, xorijdan kelib karantinga olingan fuqarolar orasidagi 138 nafar kasallangan bemor ham Toshkent shahrida davolanayotgan bemorlar safiga qo‘shildi.

    Sirdaryo viloyatida kasallanganlar soni bir kunda 75 nafarga ko‘paydi. Bu viloyat uchun antirekord hisoblanadi. Ikki kun ichida Sirdaryoda 110 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda 17-iyulgacha aniqlangan bemorlarning 34 foizi oxirgi ikki kunga to‘g‘ri keldi. Sirdaryo viloyati hududidagi ilk o‘lim holati ham shu kunlarda qayd etildi.

    Andijon viloyatida 40 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda oy boshidan beri koronavirusga chalinganlar soni 376 nafarga ko‘paydi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 64 foiziga tengdir. Andijon hozirda koronavirusdan birontayam o‘lim qayd etilmagan yagona hudud bo‘lib turibdi.

    Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 25 kishida ko‘paydi. Viloyatda may, iyun va iyul oylarida biron marta ham bir kunlik kasallanishlar soni 25 taga yetmagandi. Buxoro Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatidan so‘ng koronavirusga chalinganlar 600 nafardan oshgan to‘rtinchi hudud bo‘ldi. Lekin 500 lik dovonga Samarqanddan oldin Buxoro yetib kelgandi. Samarqand esa allaqachon 700 lik dovondan ham o‘tdi. Buxoroda iyul oyida jami 95 kishida kasallik aniqlandi.

    Toshkent viloyatida 22 kishi koronavirus yuqtirib olgani qayd etildi. Viloyatda kasallik aniqlanganlar soni 1700 nafarga yetdi.

    Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasi 21 kishida aniqlandi. Viloyatda iyul oyi boshidan beri 274 kishida kasallik tasdiqlangan. Bu jami kasallanish holatlarining 38 foiziga teng.

    Jizzax viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 19 kishida ko‘paydi. Hozirda kasallanganlar soni 94 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu holatlarning 84 tasi iyul oyida qayd etildi, boshqacha aytganda, Jizzax viloyatida iyul oyida kasallanganlar soni 8 baravardan ko‘proqqa oshdi. Hozirda Jizzax kasallanganlar soni 100 nafarga yetmagan yagona hudud bo‘lib turibdi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 kishida kasallik qayd etildi. Respublikada oy boshidan beri jami 124 kishida koronavirus aniqlanib, jami kasallanganlar soni 275 nafarga yetdi. Qoraqalpog‘istondagi jami kasallanish holatlarining 45 foizi iyul oyiga to‘g‘ri keldi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham koronavirusga chalingani 18-iyul kuni ma’lum bo‘ldi. Ushbu xabar koronavirus bo‘yicha “diagnostika, davolashdan tortib, epidemiologiya, kasallik tarqalishining oldini olish, profilaktika masalalarida ham yangicha uslublar qo‘llanilishi ustida ish olib borayotgan” Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Alisher Shodmonovning Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgani haqidagi xabardan oydinlashdi. Bemorlarni davolash uchun xorijlik mutaxassislar bilan videokonferensiya orqali muloqot qilingan. Alisher Shodmonov ko‘p qatordagi bemorlar bilan birgalikda Musa Yerniyazovning ham holati xorijlik mutaxassislar bilan tahlil qilinganini aytgan: “Bugungi kunda holati ‘stabil’, genodinamika, saturatsiya ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz holatda turibdi. Mutaxassislarning olib borilayotgan taktika to‘g‘riligi haqidagi eng muhim fikrini eshitdik”, — dedi Sog‘liqni saqlash vaziri. Qoraqalpog‘iston koronavirus bilan bog‘liq eng murakkab vaziyatga tushib qolgan hudud emasligi, SSV rahbari xorijlik ekspertlar bilan Toshkentda videokonferens aloqa o‘tkazmay, Nukusda bu ishni bajargani, Jo‘qorg‘i Kenges raisi xuddi Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov singari Toshkentda davolanmayotgani 72 yoshli Musa Yerniyazovning ahvoli bo‘yicha xavotirlar uyg‘otishni boshlagan.

    Musa Yerniyazov.

    Musa Yerniyazov.
    Foto: “Daryo”

    Namangan viloyatida kun davomida 9 kishida kasallik aniqlangan. Viloyatda 12-iyuldan beri har kuni yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Namanganda iyul oyida 196 kishida koronavirus qayd etildi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 40 foizidir.

    Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 4 nafarga ko‘paydi. Ushbu hafta davomida viloyatda faqat 17-iyul kuni yangi kasallanish holatlari kuzatilmadi. Navoiyda iyul oyida 89 kishida koronavirus aniqlandi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 24 foiziga teng.

    Surxondaryo viloyatida faqat 1 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda 14-iyuldan beri har kuni yangi holatlar qayd etilmoqda. Oy boshidan beri Surxondaryoda 179 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda mart, aprel, may va iyun oylarida qancha kasallik aniqlangan (101 ta) bo‘lsa, iyul oyining o‘zida undan qariyb 1,8 baravar ko‘p yangi holatlar qayd etildi.

    Kun davomida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, Toshkentda davolanayotgani, holati barqaror ekanligi haqida xabar berildi.

    To‘ra Bobolov.

    To‘ra Bobolov.
    Foto: “Daryo”

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida Toshkent shahrida 2 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Shuningdek, Madaniyat vazirligi 32 yoshli xodimining vafoti haqida ham ma’lum qildi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 67 yoshli N.S. ismli erkakda 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov vafot etgani haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

    1988-yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan Akmal Irisov ayni paytgacha Madaniyat vazirligining Iqtisodiy tahlil, moliya va buxgalteriya boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

    Shifokorlar tomonidan unga o‘tkir nafas yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya, COVID-19 tashxislari qo‘yilgan. 18-iyul kuni Akmal Irisov vafot etgan.

    “Madaniyat vazirligi tomonidan uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, chuqur hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning Telegram’dagi sahifasida e’lon qilingan xabarda.

    Ushbu o‘lim holati haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot bermadi.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli A.A. ismli erkakda 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar ham aniqlangan.

    17-iyul kuni mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, gipertoniya va arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar fonida bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

    SSV avvalgi vafot etgan bemorlar haqidagi o‘lim xabarlaridan farqli ravishda bu safar bemorning hayotdan ko‘z yumgan kuniga aniqlik kiritdi. Bemorning vafoti bir kundan keyin e’lon qilindi. Vazirlik bungacha oxirgi marta 30-bemor vafot etganida uning o‘lim sanasi haqida ma’lumot bergandi.

    To‘rtinchi o‘lim. Guliston tumanida yashagan 69 yoshli T.S. ismli erkakda 11-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bemorga miokard infarkti, COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

    Bundan avval, 29-iyun kuni bemor miokard infarkti tashxisi bilan Guliston tumani markaziy shifoxonasida davolangan. Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining va semizlikning 3-darajalari borligi aniqlangan.

    Ushbu hamroh kasalliklar fonida tashxis qo‘yilgan kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

    69 yoshli erkak koronavirus asoratlaridan vafot etgan Sirdaryodagi birinchi bemor bo‘ldi.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 55 yoshli U.A. ismli erkak 16-iyul kuni Zangiota tumanidagi “Nazarbek” yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Bemorda COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

    17-iyul kuni hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Ushbu o‘lim holati Toshkent viloyatida sodir bo‘lganini Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘zi xabar berayotgan bo‘lsa-da, Toshkent viloyatidagi koronavirus asoratlaridan vafot etgan bemorlar soni xuddi 17-iyuldagidek 9 ta turibdi. Aftidan ushbu o‘lim holati xatolik tufayli Toshkent shahriga qo‘shib yuborilgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 83 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlar soni 85 nafarni tashkil etmoqda. “Daryo” 15-iyul kuni Davlat xizmatlari agentligiga tayanib, agentlikning Navoiy viloyati boshqarmasining mas’ul xodimi Adhamjon Dehqonovning koronavirus oqibatida vafot etganini xabar qilgan. Shuningdek, 18-iyul kuni koronavirusga chalingan Madaniyat vazirligi xodimi Akmal Irisov vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu o‘lim holatlar hozircha SSV tomonidan tasdiqlanmagan.

    Shuningdek, taniqli rejissor Sarvar Karimov 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6976 nafar bemordan 71 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 16-iyul kuni birinchi marta 60 nafardan, 17-iyul kuni 80 nafardan oshgandi, endi esa ularning umumiy soni 90 nafardan oshib ketdi. Vazirlik esa 14-iyuldan beri har kuni 4 nafardan bemorning vafot etayotgani haqida axborot bermoqda.

    Kasallikdan davolanish

    18-iyul kuni 124 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Ulardan
    • 31 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida;
    • 55 nafari Namangan viloyatida;
    • 33 nafari Andijon viloyatida;
    • 5 nafari Navoiy viloyatida tuzaldi.
    “Xalq so‘zi online” nashri Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, 18-iyul kuni Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan 9 kishi sog‘aygani, ular orasida 1 yoshga to‘lmagan go‘dakdan tortib 88 yoshli onaxongacha borligini yozgandi. Hatto shifoxonadan kuzatilayotgan bemorlarning suratlari ham chop etilgan. Ammo o‘lim holatlarini bir necha kunga kechikib e’lon qilayotgan Sog‘liqni saqlash vazirligi Sirdaryodagi koronavirusdan tuzalish holatlarini 18-iyuldagi statistikaga kiritmagan.

    Sirdaryo viloyatida 18-iyul kuni koronavirusdan sog‘aygani aytilgan bemorlar.

    Sirdaryo viloyatida 18-iyul kuni koronavirusdan sog‘aygani aytilgan bemorlar.
    Foto: “Xalq so‘zi online”

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 16186 nafar bemordan 9127 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda. Bu so‘nggi uch oy (may, iyun va iyul)dagi eng past ko‘rsatkichdir.

    O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 6976 nafar bemordan 4974 nafari Toshkent shahrida davolanmoqda. Farg‘onada 13, Xorazmda 17, Jizzaxda 40, Navoiyda 47, Qoraqalpog‘istonda 81, Buxoroda 82, Qashqadaryoda 89, Namanganda 106, Surxondaryoda 115, Sirdaryoda 144, Samarqandda 163, Andijonda 199 va Toshkent viloyatida 906 nafar bemor qoldi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 60 552 nafar, statsionar karantinda esa 22 871 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagilar soni 341 nafarga, statsionar karantindagilar soni 810 nafarga ko‘paydi.

    19.07.2020, 01:01   Izoh (0)   138408
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 186 nafarga yetdi

    19.07.2020, 00:32

    Namanganda koronavirusdan xalos bo‘lgan 55 nafar bemor uyiga kuzatildi

    19.07.2020, 00:14

    Xalq ta’limi vazirligi maktab xodimlaridan o‘z hisobidan ta’til olish so‘ralayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    19.07.2020, 00:06

    Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak shifoxonaga tushgan kunining ertasigayoq vafot etdi

    18.07.2020, 23:56

    Sirdaryoda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Kasallikka chalingan 69 yoshli erkak vafot etdi

    18.07.2020, 23:49

    Xalqaro mutaxassislar ishtirokida koronavirusga chalingan Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston rahbarlarining ahvoli muhokama qilindi (video)

    18.07.2020, 23:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.