“Surxon” futbol klubi o‘yinchilari Nuriddin Hasanov va Husniddin G‘ofurov izolyatsiyaga olindi. Bu haqda Professional futbol Ligasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, futbolchilarda 13-iyul kuni holsizlanish alomatlari sezilgan. Natijada klub shifokori ularni izolyatsiyaga olgan. 14-iyul kuni futbolchilar koronavirusga test topshirgan va 17-iyulda ularda virus borligi aniqlangan.
12-iyul kuni “Surxon” klubi Coca Cola Superliga 9-turi doirasida “Andijon”ga qarshi bahs olib borgan. Husniddin G‘ofurov uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan.
Endilikda “Surxon” va “Andijon” klubi futbolchilari COVID-19 ga test topshirishiga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamoalarning navbatdagi o‘yinlari rejasi shundan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin.
Mavzuga doir: Pro-Liga doirasidagi “Xorazm” — “Dinamo” o‘yini qoldirildi. Uch futbolchi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)