• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kollejdan universitetga aylangan dargoh. Kolumbiya universitetining tarixi va buguni

    17-iyul AQShning mashhur Kolumbiya universitetiga asos solingan kun hisoblanadi. “Daryo” uning kollejdan universitetga aylanish tarixi, universitetdagi fakultetlar, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, grantlar va hujjat topshirish tartibi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tarix

    Nyu-York shahrida joylashgan mazkur universitet maydoni 13 gektarni tashkil qiladi va nafaqat AQSh, balki dunyodagi eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri sanaladi. Universitet Nyu-Yorkning eng qimmat rayonlaridan biri bo‘lgan Manxettenda joylashgan.

    Kolumbiya universiteti 1754-yilda Qirollik kolleji sifatida Angliya qiroli Georg III ning topshirig‘iga binoan tashkil etilgan. Kollejdagi dastlabki darslar 1754-yilning iyul oyida kollej prezidenti Semyuel Jonson tomonidan yo‘lga qo‘yiladi. Professor Jonson sinfida bor yo‘g‘i sakkiz nafar talaba bore di.  1758-yildan boshlab kollej o‘z bitiruvchilariga ilmiy daraja berishni boshladi.

    Kolumbiya universiteti AQShning dastlabki tashkil topgan 13 shtatdan iborat hududidagi beshinchi ta’lim muassasi edi.  1776-yildagi AQShning mustaqillik uchun olib borgan kurashi Qirollik kollejining o‘z o‘quv faoliyatini olib borishiga to‘sqinlik qildi va kollejda keying olti yil mobaynida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmadi. Urush davrida kollej kutubxonasi talon-taroj etilib, o‘quv binolari harbiy gospitalga aylantirildi.

    Urushdan so‘ng,  1784–1787-yillar mobaynida Kolumbiya universiteti davlat tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalaridan biri sanalgan. 1784-yilda universitet Nyu-York shtati tasarrufiga berilgan va shundan keyin universitet Kolumbiya kolleji deya nomlandi. 1787-yildan boshlab esa kollej boshqaruvi vasiylar qo‘liga topshirildi va oliy ta’lim dargohiga xususiy ta’lim dargohi maqomi berildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Aynan shu davrda Kolumbiya kollejiga Semyuel Jonsonning o‘g‘li Uilyam Semyuel Jonson Kolumbiya kollejining prezidenti etib saylandi. 1790-yillarda Nyu-York federalchilarning poytaxti bo‘lgani bois ham kollejning gullab yashnash davri boshlandi. Aleksandr Gamilton, prezident Jorj Vashington, vitse-prezident Jon Adams Amerika inqilobida qatnashgan va halok bo‘lgan kollej bitiruvchilari sharafiga hurmat bajo keltirish uchun 1789-yil 6-may sanasida kollejning ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

    XIX asrning o‘rtalaridan boshlab Kolumbiya universiteti bugungi qiyofasiga kira boshladi. Rektori Frederik Barbard rahbarligi ostida universitet Nyu-Yorkdagi ko‘chmas mulkka sarmoya kirita boshladi va bu mulkdan keladigan daromad universitetning asosiy daromadlaridan biriga aylandi. Foyda esa universitetning zamonaviy o‘quv xonalari, laboratoriya uskunalari bilan ta’minlanishi uchun sarf qilindi. Natijada universitet bugungi maqomiga erishdi.

    Aynan Kolumbiya universitetida AQShning siyosiy, madaniy hayotiga ta’sir o‘tkaza olgan The Beat Generation – “Zarbdor avlod” vakillari voyaga yetdi. Bu avlod XX asrning 40-yillaridan boshlab AQShning barcha sohalarida islohotlar amalga oshirishga undovchi avlod sifatida tanildi. Ular orasida yozuvchi mashhur “Yo‘da”, “Yolg‘iz yo‘lovchi”, “Dxarma daydilari”, “Big Sur” asarlari muallifi Jek Keruak, “Yovvoyi bolalar”, “Qizil shahar tunlari” kabi asarlari, “Duran duran” rok guruhi kabi bir qator musiqachilarning ijodlariga ta’sir qildi.

    AQShning mamlakat sifatida tashkil topishida xizmat qilgan Jon Jey – Kontinental kongress prezidenti, keyinchalik AQSh tashqi ishlar vaziri, Robert Livingston – Mustaqillik deklaratsiyasi mualliflaridan biri, keyinchalik AQSh tashqi ishlar vaziri, Egbert Benson – Kontinental kongress vakili, keyinchalik Nyu-York shtati bosh prokurori, Guverner Morris – AQSh konstitutsiya mualliflaridan biri, Aleksandr Gamilton – Jorj Vashington adyutanti, AQShning brinchi moliya vaziri aynan shu dargohda tahsil oladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kolumbiya universiteti jurnalistika fakulteti jurnalistika sohasida yozilgan eng zo‘r maqolalar uchun AQShning jurnalistikadagi eng nufuzli Pulitser mukofotini olishda ham yetakchilik qiladi. Shu kunga qadar yuzdan ortiq Kolumbiya universiteti bitiruvchilari nufuzli Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgan

    Bugungi Kolumbiya universiteti

    Kolumbiya universiteti tarkibida 18 ta fakultet, maktab va kollejlar mavjud. Universitetda butun dunyodan kelgan talabalar turli yo‘nalishlarda bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil oladi va bir paytning o‘zida universitet qoshidagi ilmiy tadqiqot markazlarida boy tajriba orttirishadi. Kolumbiya universiteti 2020-yilgi The World University Ratings ma’lumotlariga ko‘ra, ta’lim sifati, talabalarga yaratilgan qulayliklar  va ilmiy tadqiqot markazlarining qulayliklari me’zonlariga ko‘ra xalqaro universitetlar reytingida 16-o‘rinda turishi qayd etildi.

    Kolumbiya universiteti, shuningdek, shifokorlarni tayyorlovchi Fiziologiya va jarrohlik maktabi bilan ham mashhur. Anatomiya va fiziologiyani o‘qituvchi kurslari esa World University Rankings ma’lumotlariga ko‘ra, 7-o‘rinda turishi e’lon qilingan. Universitetning biznes yo‘nalishiga kadrlarni tayyorlovchi maktablari esa Forbes, Bloomberg Business Week, The Economist va The Financial Times nashrlarining hurmatini qozongan. Universitetda dunyoning 146 mamlakatidan kelgan talabalar tahsil olishi universitetni o‘ziga xos xalqaro ta’lim maskaniga aylantirgan.

    Kolumbiya universitetiga qabul

    Universitetda o‘qish istagini bildirgan yoshlar o‘zlari istagan yo‘nalishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘zbekistonlik yoshlar mazkur universitetda o‘qishlari uchun, eng avvalo, TOEFL IBT yoki IELTS til bilish malakasini aniqlab beruvchi imtihonlarni topshirishi belgilab qo‘yilgan. Qo‘shimcha tarzda SAT yoki ACT imtihonlaridan o‘tish, ikkita tavsiyanoma xatiga ega bo‘lish, nima uchun Kolumbiyada o‘qishni istashi yoki nega ma’lum bir sohani tanlagani borasida esse (insho) yozish talab qilinishi mumkin. Ijodiy yo‘nalishga hujjat topshirayotgan nomzodlardan o‘z ijod namunalarini yuborishlarini so‘rashlari ham mumkin.

    Magistraturada o‘qish istagini bildirgan nomzodlar bakalavr diplomi bilan birgalikda GMAT yoki GRE testlarini topshirganlik haqidagi test natijalarini taqdim qilishlari ham so‘raladi.  Universitetda  o‘qish puli ta’lim yo‘nalishi va bosqichiga qarab  39 ming dollardan 77 ming dollargacha baholanadi.  Universitet shuningdek iqtidorli talabalarga turli moliyaviy ko‘mak ham berish uchun bir qator qulayliklarni yaratgan. Ular haqida batafsil universitetning Moliyaviy yordam ofisiga murojat qilish kifoya. Xalqaro talabalarga GS Institutional Grants 500–25 000 dollari miqdoridagi grant ajratadi. Bu summa, avvalo, bakalavriat bosqichida o‘quvchi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan talabalarga beriladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Umuman olganda, AQSh universitetlarida tahsil olishni istagan nomzodlar bir yil oldin harakatlarini boshlashi tavsiya qilinadi. Til malakasini belgilab beruvchi testlarni topshirish, kerakli hujjatlarni tayyorlash, albatta, vaqt talab qiladigan jarayondir. Eng asosiysi, xorijda tahsil olishni istagan har bir nomzod qayerda, qaysi yo‘nalishda tahsil olishini yaxshi tushunib olishi maqsadga muvofiq. Bu esa transport xarajatlarini qisqarishida, iqlimga moslashishda qulaylik tug‘dirishda e’tiborga olish kerak bo‘lgan tomonlardan.

    Kolumbiya universiteti haqidagi qiziqarli faktlar

    • Otasi tarafidan o‘zbek qizi deb baholash mumkin bo‘lgan Silviya (Zulfiya) Nazar “Ajoyib aql egasi: Matematika dahosi va Nobel mukofoti sohibi Jon Nesh” hayoti haqidagi bibliografik asari uchun Kolumbiya universiteti ta’sis qilgan Pulitser mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatiladi. 2001-yilda esa “Da Vinchi kodi”, “Apollon -13”, “Farishtalar va iblislar” kinosini suratga olgan rejissor Ronald Xovard Silviya Nazarning biografiyasi asodida “Tafakkur o‘yinlari” filmini suratga oladi;
    • 1938-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan italiyalik olim Enriko Fermi Kolumbiya universiteti laboratoriyasida uran moddasi ustida tadqiqotlar olib boradi;
    • 1957-yilning 14-sentabrida Kolumbiya universiteti bitiruvchisi Gordon Gud  lazer atamasi haqida ilk fikr beradi;
    • 2016-yilda Kolumbiya universitetida o‘qish uchun 34 ming abituriyent hujjat topshirgan va shundan 2 419 nafari universitetda o‘qish baxtiga sazovor bo‘lgan;
    • Kolumbiya universiteti bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish yarmarkalari uyushtiradi va o‘z bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shadi;
    • Kolumbiya universiteti talabalari yotoqxona uchun oyiga 60 –1 000 dollar atrofida pul to‘lashiga tog‘ri keladi;
    • Kolumbiya universiteti ilmiy xodimlari har yili o‘rtacha hisobda 175 ta yangi tibbiyot sohasidagi ixtirolari uchun patent oladi;
    • Kolumbiya universiteti yozgi lagerlarida ishtirok etish uchun o‘rtacha hisobda 10–15 ming “qog‘oz”  kerak bo‘ladi.
    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    17.07.2020, 20:20   Izoh (0)   26336
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 12 ming nafardan oshdi

    17.07.2020, 18:38

    Qozog‘iston koronavirus va pnevmoniya statistikasini birlashtirishga qaror qildi. Avvalroq Qirg‘iziston ham shunday qilgandi

    17.07.2020, 18:10

    Hindiston COVID-19 bemorlari soni 1 milliondan oshgan uchinchi mamlakat bo‘ldi

    17.07.2020, 14:12

    Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 2 million kishidan oshdi

    17.07.2020, 13:41

    Qozog‘iston prezidenti pandemiyaga oid statistikani yashirmaslikka chaqirdi

    17.07.2020, 13:11

    Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1707 kishida, Tojikistonda esa 46 kishida koronavirus aniqlandi

    17.07.2020, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 09:39

    Lida 80 yoshda: Natalya Seleznyova qanday qilib sovet komediyasining qirolichasiga aylandi?

    Layfstayl | 24 iyun, 09:34

    O‘zbekistonda 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 09:26

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter Mayami” keyingi bosqichga yo‘l oldi. “Portu” — “Al-Ahli” bahsida “gollar otishmasi” yuz berdi (video)

    Sport | 24 iyun, 09:16

    Isroilning G‘azoga hujumida 43 nafar falastinlik halok bo‘ldi

    Dunyo | 24 iyun, 09:15

    Tramp Isroil va Eron sulhga erishganini aytdi. Tehron buni rad etdi

    Dunyo | 24 iyun, 09:01

    Isroil Eronga hujum tez orada tugashi haqida AQSHni ogohlantirdi

    Dunyo | 24 iyun, 08:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” va “Botafogo” keyingi bosqichda. “Atletiko” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 24 iyun, 07:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.