Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarining birida Tico rusumli avtomobilning yonayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. IIV YXHBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 16-iyul kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 09:39 larda tumanning Shokirariq ko‘chasida joylashgan 40-uy oldida “Oqava suv ta’minoti” MChJga qarashli Tico rusumli transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Ta’kidlanishicha, Tico’ning dvigatel va salon qismi yonib ketgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Mercedes-Benz bilan to‘qnashgan Nexia 3, Surxondaryoda Malibu bilan to‘qnashgan “VAZ 2101”, Bulung‘urda qariyb 22 tonna bo‘yoq olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi