• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 15-iyul kuni 496 kishida koronavirus aniqlandi. Besh kishi vafot etdi

    O‘zbekistonda 14-iyul soat 23:30 dan 15-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 496 ta holat qayd etildi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 200 nafari karantin muassasalarida (kasallik aniqlangan bemorlarning barchasi xorijdan kelgach, karantinga olingan);
    • 291 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida (Toshkent shahrida — 131 nafar, Andijon viloyatida — 112 nafar, Namangan viloyatida — 16 nafar, Surxondaryo viloyatida — 15 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 12 nafar, Navoiy viloyatida — 5 nafar);
    • 5 nafari aholi orasida (barchasi Namangan viloyatida) aniqlangan.
    Kun davomida 6 ta hududda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi, taxminan, ikki oydan beri koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlangan kasallik holatlari haqida xabar berib kelayotgandi. 15-iyul kuni SSV bunday holatlar haqida birontayam xabar bermadi. Ammo koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan holatlar haqida xabar bera boshladi. Shu sababmi yoki 10-iyuldan karantin kuchaytirilgani uchunmi, nima bo‘lsa ham, aholi orasidagi kasallanish holatlari birdaniga kamayib ketdi. 12-iyuldan 14-iyulgacha aholi orasida 778 kishida kasallik aniqlangandi, ya’ni oxirgi 3 kunda aholi orasida kuniga o‘rtacha 250 dan ortiq odamda kasallik qayd etilayotgandi. Endi esa aholi orasidagi holatlar birdaniga 5 taga tushib qoldi. Oxirgi marta 22-iyun kuni aholi orasida shuncha holat qayd etilgandi.

    Bir kun oldin xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasida birontayam yangi holat qayd etilgani haqida xabar berilmagandi. 15-iyulda esa SSV xorijdan kelgan 200 kishida koronavirus aniqlanganini xabar berdi. Xorijdan kelganlarning asosiy qismi Toshkent viloyatidagi “O‘rtasaroy” karantin markaziga joylashtiriladi.

    Toshkent shahrida aniqlangan 131 ta holatning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi. 8—14-iyul oralig‘ida Toshkentda aholi orasida 1163 kishi kasallik yuqtirib olgani ma’lum qilingandi. 15-iyulda esa aholi orasida birontayam yangi holat qayd etilmadi. Poytaxtda bunaqasi oxirgi marta 3-iyunda sodir bo‘lgandi.

    SSV keltirayotgan jadvalda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatining ko‘rsatkichlari birga yuritilmoqda. Ayni vaqtda ushbu hududda 10,5 mingdan ortiq kishida kasallik aniqlangani ma’lum qilingan. Biroq Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-iyul, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektorda virus yuqtirganlar soni poytaxtda 4092 kishini va Toshkent viloyatida 1498 kishini tashkil etayotgani aytilgan.

    Prezident raisligidagi yig‘ilishda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hokimlar va sektorlar rahbarlari ishonib topshirilgan hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganmagani aytildi. “Tibbiyot muassasalaridagi real vaziyatni bilmaydi. Aholini virusdan ogohlantirish va saqlash, kasallarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash uchun mas’uliyatni his qilmagan”, — dedi davlat rahbari.

    Mavzuga doir: “Sizlar hozirgi siyosatimizga, xalqimizga xiyonat qilyapsizlar” — Shavkat Mirziyoyev COVID-19 sababli Toshkent shahri va viloyati rahbarlarini tanqid qildi

    Koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan e’lon qilindi. Shahar va viloyatning barcha sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.

    15-iyuldagi videoselektorda Prezident koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatdan chiqib ketish bo‘yicha Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari qatorida Andijonni ham misol qilib keltirib, og‘ir sharoitdan mazkur hududlardagi birinchi rahbarlar fidoyiligi, qattiqqo‘lligi uchun chiqib ketilganini ta’kidlagandi. Andijon viloyatida kun davomida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 112 ta holat aniqlandi. Bu viloyat uchun yangi antirekord. Andijonda ilgari bir kunda aniqlangan kasalliklar soni hech qachon 100 taga ham yetmagandi. 6-iyulda 80 kishida kasallik aniqlanishi Andijon uchun eng katta ko‘rsatkich bo‘lib turgandi. Oy boshida viloyatda koronavirusga chalinish holatlari 209 tani tashkil etayotgandi. Ammo 2 hafta ichida bemorlar soni 496 nafarga yetdi. Andijonda jami kasallanish holatlarining 58 foizi aynan iyul oyida sodir bo‘ldi. Andijon, shuningdek, shifoxonalardagi bemorlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi.

    Namangan viloyatida kun davomida 21 ta holat qayd etildi. Ushbu holatlarning 16 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida aniqlandi. Kun yakunida Namangandagi 16 ta holat koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidagi holatlarga kiritildi. Oy boshidan beri viloyatda 164 kishida kasallik aniqlandi. Bu Namangandagi jami kasallanish holatlarining 35 foizi deganidir.

    Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 15 ta holat aniqlangan. Iyul oyining o‘zida viloyatda 122 kishida kasallik aniqlandi. Bu Surxondaryoda aniqlangan barcha kasallanish holatlarining 55 foizi deganidir.

    Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 12 ta holat aniqlangan. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Namangan va Andijondan keyin Qashqadaryoda ham kasallanganlar soni 400 nafardan oshdi. Iyul oyida viloyatda kasallanganlar soni 212 nafarga ko‘paydi. Qashqadaryodagi kasallanish holatlarining 52 foizi iyul oyiga to‘g‘ri keldi.

    Navoiy viloyatida aniqlangan 5 ta holat koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi. Xorazm va Farg‘ona viloyatlaridan so‘ng Navoiy foiz hisobida iyul oyida kasallar soni ko‘payishi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan birini ko‘rsatmoqda. Viloyatdagi umumiy kasallanish holatlarining 22 foizi iyul oyiga to‘g‘ri kelmoqda. Ammo shu oyning o‘zida viloyatda 4 kishi vafot etdi. Ushbu o‘lim holatlarining hozircha 3 tasi SSV tomonidan tasdiqlangan.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    Kun davomida SSV 4 ta o‘lim holati haqida xabar berdi. Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi ham o‘z xodimining koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Vafot etganlarning bari erkaklardir.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 66 yoshli I.I. ismli erkakda 5-iyulda hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va u uy sharoitida davolanishni boshlagan.

    Ammo ahvoli og‘irlashavergach, 8-iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas hamda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan. 66 yoshli erkak koronavirus asoratlaridan vafot etgan Toshkent viloyatidagi oltinchi, O‘zbekistondagi 68-bemor bo‘ldi.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi 37 yoshli M.M. ismli erkakda 3-iyulda hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va u uy sharoitida davolanishni boshlagan. Ammo ahvoli og‘irlashgach, 9-iyulda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

    12-iyul kuni esa bemorda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boshlangan va sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan. Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan kechgan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan. 37 yoshli erkak koronavirus asoratlaridan vafot etgan Toshkent viloyatidagi yettinchi, O‘zbekistondagi 69-bemor bo‘ldi.

    Uchinchi o‘lim. IIV matbuot xizmati 13-iyul, dushanba kuni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor A’loxon Shomahmudovning vafot etganini e’lon qildi. 15-iyul kuni uning koronavirusdan vafot etganini “Daryo”ning ichki ishlar organlaridagi manbasi ma’lum qildi.

    Foto: IIV matbuot xizmati

    Foto: IIV matbuot xizmati

    Ushbu o‘lim holatini SSV kun oxirida tasdiqladi.

    “Olmazor tumanida yashovchi 36 yoshli Sh.A. tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va 13-iyul kuni kasallik tasdiqlangan.

    Bemor Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasi tomonidan tibbiy kuzatuvda bo‘lgan. So‘nggi kunlarda bemorning tana harorati tushmagan. U o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV xabarida.

    Toshkent shahar IIBB mayorining o‘limi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2 kun kech e’lon qilindi. Vaholanki, SSV xabarida bemorda 13-iyul kuni koronavirus tasdiqlangani aytilgan.

    36 yoshli erkak koronavirus asoratlaridan vafot etgani SSV tomonidan tasdiqlangan 70-bemor bo‘ldi.

    To‘rtinchi o‘lim. Ichki ishlar vazirligi 14-iyul, seshanba kuni IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nafasovning vafoti munosabati bilan ta’ziya e’lon qildi. “Daryo”ning ichki ishlar organlaridagi manbasi uning koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi.

    IIV matbuot xizmati

    IIV matbuot xizmati

    IIV podpolkovnigining vafoti haqida 15-iyul kuni SSV ma’lumot berdi.

    Vazirlik aborot xizmatining xabariga ko‘ra, Toshkent tumanida yashagan 48 yoshli Sh.N. 2020-yil 24-iyunda xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib, tana harorati ko‘tarilganligi va holsizlik sabab viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. Unda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

    Unga COVID-19 infeksiyasi va ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, surunkali bronxit tashxisi qo‘yilgan. 14-iyul kuni uning ahvoli keskin og‘irlashgan. Reanimatsiya bo‘limi shifokorlarining muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

    IIV podpolkovnigi koronavirus asoratlaridan vafot etgani SSV tomonidan tasdiqlangan O‘zbekistondagi 71-bemor bo‘ldi.

    Beshinchi o‘lim. Davlat xizmatlari agentligi jamoasi Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining mas’ul xodimi Adhamjon Dehqonovning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi. Agentlik xabarida Adhamjon Dehqonovning koronavirusdan vafot etgani aytiladi. Marhum 61 yoshda bo‘lgan.

    Foto: DXA

    Foto: DXA

    Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning o‘z Telegram kanalida yozishicha, Adhamjon Dehqonov ko‘p yillar malakali huquqshunos sifatida xalq xizmatida bo‘lgan, asosan huquq tartibot idoralarida faoliyat yuritgan, prokuratura tizimi uchun qator islohotlarda ishtirok etgan. U 2018-yilning dekabr oyidan Davlat xizmatlari agentligi sohasiga kirib kelgan va tizimda yoshlarga murabbiylik qilgan.
    Adhamjon Dehqonov koronavirus asoratlaridan vafot etgan Navoiydagi to‘rtinchi, O‘zbekistondagi 72-bemor bo‘ldi. Uning o‘limi haqida SSV tomonidan hozircha axborot berilmagan.

    Mavzuga doir: “U koronavirus qurboni bo‘lgani yo‘q” — Abdurayim Abduvahobov o‘limiga nisbatan shubhalarga oydinlik kiritildi

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5855 nafar bemordan 51 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 52,  ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 6 nafarni tashkil etayotgandi. Bu orada 5 kishining (ulardan 4 nafarining o‘limini SSV tasdiqlagan) koronavirusdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

    Kasallikdan davolanish

    15-iyul kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 135 nafar, Qashqadaryo viloyatida 97 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Surxondaryo viloyatida 34 nafar, Jizzax viloyatida 9 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 328 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Birinchi marta bir kunda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 300 nafardan oshib, rekord o‘rnatildi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14 581 nafar bemordan 8655 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich ikki kundan buyon o‘zgarmayapti. Qashqadaryo viloyatida bir kunda 97 nafar bemor sog‘ayganidan so‘ng davolanish ko‘rsatkichi 50 foizdan past bo‘lgan birontayam hudud qolmadi. Hozirda bu boradagi eng past ko‘rsatkich Toshkentga tegishli — 52 foiz.

    15-iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatida aholini virusdan ogohlantirish va saqlash, kasallikni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash uchun mas’uliyat umuman his qilinmaganini tanqid qildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham keyingi bir oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasi keskin buzilgani, real holatdan kelib chiqib, davolash amaliyoti o‘zgartirilmagani tanqid ostiga olindi.

    “Shifokorlar tomonidan bemorlarga nisbatan befarqlik va sovuqqonlik holatlariga ham yo‘l qo‘yilmoqda”, — dedi davlat rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bo‘yicha jami kasallarning 40 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelayotganini qayd etib o‘tdi.

    “Agar bu yerda sadoqatli odamlar o‘tirganida, siyosatga xayrixoh odamlar o‘tirganida, Toshkentda shunday sharmandalik mumkinmidi? Toshkentda iloji bor-ku hamma narsaning”, — dedi Prezident.

    Shuningdek, yig‘ilishda bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish ko‘rsatmasi berildi. Toshkent shahri va viloyatidagi poliklinikalar huzuridagi mobil guruhlar sonini uch barobar ko‘paytirish vazifasi yuklatildi. Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy sonini yana 1000 o‘ringa ko‘paytirish topshirig‘i berildi.

    Ayni paytda 5855 nafar bemordan 4994 nafari Toshkent shahri va viloyatida davolanmoqda. Farg‘onada 10, Xorazmda 21, Jizzaxda 22, Navoiyda 49, Surxondaryoda 58, Buxoroda 60, Qoraqalpog‘istonda 63, Samarqandda 129 va Qashqadaryoda 131, Namanganda 145 va  Andijonda 173 nafar bemor qoldi.

    Telegram’dagi “Troll.uz” kanalida COVID-19’ga topshirgan test natijasi “manfiy” chiqqan odamlarni karantinda ushlab turib, ma’lum muddat o‘tgach ularni koronavirus infeksiyasidan davolash uchun millionlab so‘m xarajat qilingani haqidagi hujjatlarga imzo qo‘ydirib olish holatlarining uchragani haqida post e’lon qilingandi. Bosh prokuratura ushbu xabar yuzasidan o‘rganish olib borilishini ma’lum qilgan.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 57 500 nafar, statsionar karantinda esa 21 738 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagilar soni 1843 nafarga ko‘paygan bo‘lsa, statsionar karantindagilar soni 847 nafarga kamaydi. Iyun va iyul oylarida uy karantinidagilar soni 57 mingga hech ham yetmagandi.

    16.07.2020, 00:59   Izoh (0)   143160
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Davlat xizmatlari agentligi xodimi koronavirusdan vafot etdi. Bu O‘zbekistondagi 72-o‘lim

    16.07.2020, 00:43

    O‘zbekistonda yana 115 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 14 581 nafarga yetdi

    16.07.2020, 00:35

    Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan 48 yoshli IIV podpolkovnigining vafot etganini rasman tasdiqladi

    16.07.2020, 00:24

    Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan 36 yoshli Toshkent shahar IIBB mayorining vafot etganini tasdiqladi

    16.07.2020, 00:07

    Toshkentda oxirgi 3 kunda tez yordamning vaqtida yetib bormagani sababli 43 kishi turli kasalliklar bilan vafot etdi

    15.07.2020, 23:47

    Bosh prokuratura sog‘ odamlardan “COVID-19’dan davolandi” deb katta xarajatlar yozilgan hujjatlarga imzo qo‘ydirish holatlarini o‘rganadi

    15.07.2020, 23:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.