Tovuq go‘shti va guruchdan mazali sho‘rva pishiramiz
Ushbu taom bir zumda tayyorlanishi, yengil hazm bo‘lishi bilan o‘ziga xos hisoblanadi.

Foto: LifehackerKerakli mahsulotlar:
- Tovuq go‘shti — 150-200 gr
- Suv —1200 ml
- Tuz ta’bga ko‘ra
- Piyoz — 1 dona
- O‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
- Kartoshka — 3 dona
- Guruch — 2 qoshiq
- Sabzi — 1 dona
- Ko‘katlar ta’bga ko‘ra
Tayyorlanish jarayoni: - Tovuqni tuzli suvga solib, 20 daqiqa davomida qaynatib oling.
- Go‘sht pishganidan keyin olib, bo‘laklarga bo‘ling.
- Piyozni o‘rtacha qalinlikda to‘g‘rang va tovada qovurib oling.
- Kartoshka va sabzini “kubik” shaklida to‘g‘rab, yuvilgan guruch bilan birga qaynab turgan bulyonga soling.
- Kartoshka pishganidan keyin tovuq go‘shtini va qovurilgan piyozni soling, ko‘kat qo‘shing.
- Taom yoniga nonni qizdirib, sabzavotlardan yengil salat tayyorlab dasturxonga tortish tavsiya qilinadi.
Sho‘rva tayyor, yoqimli ishtaha!
Asosiy yangiliklar