O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi virusga qarshi qo‘llaniluvchi “Ergoferon” dori vositasining sotilishi bo‘yicha tekshiruv olib bordi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur preparat Buxoro shahrida so‘ngi marotaba 9-iyul kuni 40 ming so‘mdan 55 minggacha sotilgan. Buxoro tumani, Kogon shahri, Jondor va Peshku tumanlarida so‘nggi marta 13-iyul kuni 45 mingdan 48 minggacha xarid amalga oshirilgan.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Koronavirusga qarshi kurash uchun bizda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjud
Hozirda virusga qarshi samarali vosita hisoblangan “Ergoferon” dorisi Buxoro viloyati hududlaridagi dorixonalarining birortasida qolmagani ta’kidlanmoqda.
“O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yana boshqa viloyatlar kesimida vaziyatni o‘rganishda davom etadi”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
- Zangiotadagi maxsus kasalxona ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan koronavirus bemorlariga to‘lib bo‘ldi
- “Tibbiyot, kasalxonalar, amaldorlarimiz tayyor emas ekan”. O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tanqid ostiga olindi
- O‘zbekistonda virusga qarshi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik tavsiya etildi
Izoh (0)