• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12886.9
    • RUB160.87
    • EUR14625.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandlik onaga o‘g‘illi bo‘lgani aytilib, qo‘liga qizaloq tutqazildi. Ona gumonda, shifokor va hamshiralar esa anglashilmovchilik bo‘lgan deyishmoqda

    Samarqand viloyatining Toyloq tumanida yosh onaga o‘g‘il farzandli bo‘lgani aytilib, qo‘liga qizaloq tutqazildi. Ona gumonda qoldi, shifokor va hamshiralar esa anglashilmovchilik bo‘lgan deyishmoqda. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev yuzaga kelgan holatni o‘rgandi.

    Foto: Kun.uz

    “Operatsiyadan chiqqanimizdan so‘ng onaning ahvoli haqida yaqinlariga xabar berdik. Ayolning qaynanasi kelini o‘g‘il yoki qizli bo‘lgani bilan qiziqdi, — deydi shifokor Bunyod Tohirov. — Men yana bo‘limga qaytib kirdim va operatsiya bo‘limidagi hamshiradan operatsiya qilingan ayoldan tug‘ilgan farzand o‘g‘ilmi, qizmi deb so‘radim. Hamshira ‘o‘g‘il’ dedi. Shundan so‘ng chiqib o‘g‘il chaqaloq tug‘ilibdi dedim. Bor gap shu. Hamshiraning aytishi bo‘yicha, u oldingi operatsiya yo‘li bilan tug‘ilgan bolani nazarda tutib o‘g‘il bola degan ekan. Shu yerda xatolik ketgan”.

    Bunyod Tohirov.

    Bunyod Tohirov.
    Foto: Videodan skrinshot

    Farangiz Obloberdiyevaning tug‘ruq jarayonidagi operatsiyasida ishtirok etgan hamshira Shahzoda Salomovaning aytishicha, 26-iyun kuni ikki nafar chaqaloq operatsiya yo‘li bilan tug‘ilgan. Ularning biri tushgacha, ikkinchisi tushdan so‘ng tug‘ilgan. Shifokor Bunyod Tohirov chaqaloqni so‘ragan vaqtda u birinchi operatsiyada tug‘ilgan bolaga qarayotgan bo‘lgan va aynan o‘shani nazarda tutib “o‘g‘il” degan.

    “Vrach-neonatolog bilan operatsiya jarayonida qatnashdik. Keyin bolani intensiv palataga olib keldik. Bolaning bo‘yi va vaznini o‘lchab o‘rab qo‘ydik. O‘sha kuni ikkita operatsiya bo‘lgandi. Birinchi operatsiya soat 11:00 atrofida bo‘lib, unda o‘g‘il chaqaloq tug‘ilgandi. Ikkinchi operatsiya esa soat 15:30 atrofida o‘tkazildi. Unda qiz farzand dunyoga keldi. Birinchi operatsiya orqali dunyoga kelgan chaqaloqning tagligini almashtirayotganimda vrach-ginekolog Bunyod Tohirov kelib, ‘operatsiya bo‘limidagi bolaning jinsi nima?’ deb so‘radi. Men qo‘limdagi bolani nazarda tutib, o‘g‘il dedim. Menga hech kimning familiyasi aytilgani yo‘q”, — deydi Shahzoda Salomova.

    Shahzoda Salomova.

    Shahzoda Salomova.
    Foto: Videodan skrinshot

    Neonatolog shifokor Mahbuba Hotamovaning ta’kidlashicha, u 28-iyun, yakshanba kuni navbatchilikka kelib, chaqaloqlarni qabul qilib olgan.

    “‘Intensivniy’da Farangiz Obloberdiyevaning bolasi bor ekan. Bu nimaga yolg‘iz yotibdi desam, hamshira olib borganini, operatsiyadan so‘ng onasining joni og‘rigani uchun bolasini olishni xohlamaganini aytdi, — deydi Mahbuba Hotamova. — Keyin men borib ayol bilan gaplashib, qizalog‘ini olib kelishlarini aytdim. U ‘mening bolam qiz emas, o‘g‘il’ dedi. ‘Sizning farzandingiz qiz’ dedim. U menga ‘o‘g‘il’ dedi. Bunaqa narsa bizlarda birinchi marta bo‘lishi edi. Keyin men ayolni bolakayning oldiga olib borib, qiz ekanligini ko‘rsatdim. Ammo u ‘mening bolam o‘g‘il bo‘lishi kerak edi’, dedi. Chaqaloqni onasiga olib bormasdan oldin ko‘rgandim, qizcha edi”.

    Foto: Videodan skrinshot

    Tug‘ruqda ishtirok etgan shifokorlar va tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan suhbatdan so‘ng Farangiz Obloberdiyeva bilan gaplashdik.

    Uning aytishicha, homiladorlik paytida birinchi marta ultratovush (UZI) tekshiruvidan o‘tkazilganda homila qiz farzand ekanligini aytishgan. Ikkinchi tekshiruvda esa o‘g‘il bola deyishgan. Farangiz Obloberdiyeva hamshiralar chaqalog‘ini qo‘liga berganida, o‘g‘il yoki qiz ekanligiga qiziqib ko‘rmaganini aytdi.

    Farangiz Obloberdiyeva.

    Farangiz Obloberdiyeva.
    Foto: Videodan skrinshot

    “O‘sha kuni meni operatsiyaga olib kirishdi. Berilgan narkoz soat 17:00 ta’sirini yo‘qotdi. Farzandimni ertasi kuni bir marta olib kelishdi-da, qaytarib olib ketishdi. Uchinchi kunga kelib chaqaloqqa qaraydigan shifokor ‘sizning qizchangizni olib kelamiz’ deyishdi. Men farzandim o‘g‘il ekanligini aytdim. U kishi qizcha dedi. Shundan keyin men xavfsiradim. Operatsiya bo‘lgan kuni hushim o‘zimda edi. Chaqaloqni ko‘rgandim. ‘Polvoncha ekan’ deyishgandi, — deydi Farangiz Obloberdiyeva. — UZIga ikki marta tushganman. Birinchisida qiz, ikkinchisida o‘g‘il degandi. O‘g‘ilcha deb eshitganimdan so‘ng qiziqib ko‘rmaganman men ham. Hozir qarayotgan bolam o‘sha bola. Faqat o‘g‘il-qizligiga ikkilanish bo‘lyapti. Qiz bola ham, o‘g‘il bola ham farzand. Ikkilanish bo‘lganidan keyin ko‘nglingiz xotirjam bo‘lmaydi-da”.

    Shifokorlarning aytishicha, operatsiya yo‘li bilan farzand tug‘gan Farangiz Obloberdiyeva ma’lum vaqtgacha o‘ziga kelolmagan.

    Xolida Usmonova.

    Xolida Usmonova.
    Foto: Videodan skrinshot

    “Tug‘ilgan chaqaloqni ular chaqirib so‘rasa aytamiz. Hozir karantin vaqtida odamlar ichkariga kiritilmaydi. Shuning uchun ham bormaganmiz. Chaqaloqni onaning qo‘liga sog‘lig‘iga qarab beramiz. Ayrim bolalar juda ham kichik tug‘iladi, ularni vaqtincha intensiv palatada saqlaymiz, — deydi shifokor Xolida Usmonova. — O‘sha kuni ayol bolaga e’tibor ham bermagan, qaramagan ham. Balki o‘sha kuni qaraganida shunchalik bo‘lmasmidi? Murojaatchilar uch kundan so‘ng bolani qo‘lga oldik deb aytishyapti. Aslida bir yarim sutkada bola onaning qo‘liga berilgan. Undan avval ham olib borilgan. Ammo ayol o‘zining sog‘lig‘ini o‘ylab, bolaga qaramagan ham, olmagan ham”.

    Manzura Rahmonova.

    Manzura Rahmonova.
    Foto: Videodan skrinshot

    Tug‘ruq kuni Farangiz Obloberdiyeva bilan bir palatada bo‘lgan Manzura Rahmonova bilan ham suhbatlashdik. Uning aytishicha, hamshira Farangiz Obloberdiyevaga chaqalog‘ini olib kelib bergan. Ammo u hozir bolaga qarayolmasligini aytib, chaqaloqni qo‘liga olmagan.

    “Soat 8-9 edi, adashmasam. Chaqaloqni olib kelishdi. Ammo onasi chaqaloqqa ‘qarolmayman’ deb qaytarib yubordi. Men hech bo‘lmasa, sizning chaqalog‘ingiz oldimizda bo‘lsa edi, meni chaqalog‘im bitta o‘zi qolmasdi deb aytdim, — deydi Manzura Rahmonova. — Ona chaqaloqni olmadi. Qaytarib yubordi. Ertasi kuni onaga majburan chaqaloqni berishdi. Yana olmayman dedi”.

    Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotganini, tuman prokuraturasi talabi bilan chaqaloq va uning otasidan qon tahlili olinganini xabar berdi. Unga ko‘ra, ota va qizning qon guruhiy mansubligi bir xil natija ko‘rsatgan.

    “Shu tahlilning o‘zi F.Obloberdiyevaning farzandi qiz ekanligini isbotlaydi. Lekin ota-onaning bu tahlildan ko‘ngli to‘lmasa, DNK ekspertizasi o‘tkazilishi mumkin”, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’uli.

    Toyloq tuman prokuraturasi ham mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.

    Ta’kidlanishicha, holatga aniqlik kiritish maqsadida fuqaro A.Ashurov, uning turmush o‘rtog‘i F.Obloberdiyeva va tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limida tug‘ilgan qiz jinsli chaqaloqdan qon namunalari olinib, ularning guruhiy mansubligini aniqlash maqsadida sud-biologik ekspertizasi tayinlangan.

    RSTEIAM Samarqand filialining 2020-yil 3-iyuldagi xulosasiga ko‘ra, qiz jinsli chaqaloqdan olingan qon namunasida “V” antigen aniqlangan. Fuqaro A.Ashurovdan olingan qon namunasi “Va” (III) guruhiga mansubligi aniqlangan.

    Fuqaro A.Ashurov va F.Obloberdiyevalarning qon namunalari qiz jinsli chaqaloq genotipiga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlash maqsadida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga odam DNKsining sud-biologik ekspertizasi tayinlangan.Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan prokuror nazorati o‘rnatilganligi ma’lum qilinadi.

    “Daryo” mavzuga qaytadi.

    14.07.2020, 19:19   Izoh (0)   60318
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi binosi karantinga yopildi

    14.07.2020, 19:07

    Zangiotadagi maxsus kasalxona ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan koronavirus bemorlariga to‘lib bo‘ldi

    14.07.2020, 18:36

    Koronavirusga qarshi antitanalar inson organizmida 3 oygacha saqlanib qolishi mumkinligi aytildi

    14.07.2020, 18:32

    Toshkentda yana 121 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 14 ming kishiga yaqinlashdi

    14.07.2020, 18:04

    Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 14—15-iyul kunlari sel kelishi mumkin

    14.07.2020, 17:22

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    14.07.2020, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Modrichning keyingi manzili qayer?

    Sport | 28 may, 09:10

    Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi

    O‘zbekiston | 28 may, 09:09

    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

    Reklama | 28 may, 09:00

    Saudiya Arabistoni Qurbon hayiti sanasini e’lon qildi

    Dunyo | 28 may, 08:33

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.