• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bugungi kunning boshlanishi. 14-iyul – Fransiyada Bastiliya qal’asi qulagan va inqilob boshlangan kun

    1789-yil 14-iyul kuni parijlik qo‘zg‘olonchilar Fransiyadagi mutlaq monarxiyaning ramzi Bastiliya qamoqxonasini egallab oldi. Aynan shu voqeadan so‘ng Buyuk fransuz inqilobi boshlandi. Bu inqilobdan dunyoning yangi tarixi, liberalizm, demokratiya va zamonaviy davlatlar, institutlar, umuminsoniy qadriyatlar boshlanadi: Fransiyada yuzaga kelgan bu g‘oyalar, bu institutlar keyinchalik butun dunyoga yoyilib, bugungi dunyodagi aksariyat jamiyatlar va davlatlar tomonidan qabul qilindi.

    Bu kun Fransiyada milliy bayram sifatida har yili keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan Bastiliya qamoqxonasining egallanishini esga olamiz.

    Bastiliya qal’asi

    Bastiliya qal’asi 1370–1383-yillarda qurilgan bo‘lib, o‘zining mavjudligi davomida turli vazifalarda ishlatilgan. Bugungi Bastiliya maydoni o‘rnida bo‘lgan mazkur qal’a dastlab kichkina istehkom bo‘lgan, Karl V hukmronligi davrida qaytadan katta qal’a qilib qurilgan. Uning uzunligi 66 metr, eni 34 metr va balandligi 24 metr bo‘lgan. Uning  sakkizta minorasi bo‘lgan. Atrofini 25 metr kenglikdagi, sakkiz metr chuqurlikdagi anhor o‘rab turgan. Anhorga suv Sena daryosidan kelgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qal’a Lui XI hukmronligi davrida vaqti-vaqti bilan qamoq, keyinchalik, armiya qurol-yaroq ombori, Fransua I davrida qabul marosimlari uchun, Genri IV davrida esa xazina g‘aznasi sifatida ishlatilgan.

    Qamoqxona sifatida asosan siyosiy mahkumlarni saqlash uchun foydalanilgan. Mazkur qamoqxonada bir qator mashhur shaxslar ham saqlangan. Jumladan, Mishel de Monten, Volter singari ziyolilar Bastiliyada saqlangan. Ayrim tarixchilar Bastiliyani “ziyolilarning uchrashuv yeri” deb ta’riflaydi (Frédéric Lenormand, La Pension Belhomme, une prison de luxe sous la Terreur, Paris, 2002.).

    Bastiliyaning eng mashhur mahbusi bir qator romanlar va filmlarning motiviga aylangan “temir niqobli kishi” edi. U 1698-yil 18-sentyabrda hibsga olinadi va 1793-yilda Bastiliyada vafot etadi. Lui XIV hukmronligi davrida yashagan bu mahbusning na ismi, na qamoqqa olish sabablari shu kungacha aniq emas. Dafn etilayotganda “Marchioly” ismi bilan dafn etilgan mazkur mahbus 64489001 raqami ostida ro‘yxatga olingan.

    Bastiliya qal’asi Buyuk fransuz inqilobi davomida buzib tashlanadi. Buzish ishlari qal’a egallangan kunning ertasidanoq boshlandi, ya’ni 1789-yilning 15-iyulidan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tarixiy sharoit

    Bastiliyaning egallanishi Buyuk fransuz inqilobining eng muhim nuqtasi hisoblanadi. Aslida, inqilobning ildizi iqtisodiy va siyosiy sabablarga borib taqalar edi. Oxirgi ikki yilda hosil yaxshi bo‘lmadi. Fransiya ochlik yoqasiga kelib qoldi. 1788-yilda qirol Lui XVI General shtatlarni chaqirishga qaror qildi. Aholining uch tabaqasi: ruhoniylar, zodagonlar va past tabaqa (tiers état)dan tashkil topgan mazkur yig‘ilish 1789-yilning 5-may kuni chaqirildi. Yig‘inda uchinchi tabaqa vakillari foydasiga hech qanday qaror qabul qilinmadi. Bundan norozi bo‘lgan oddiy xalq qo‘zg‘olon ko‘tardi.

    Bastiliya nega muhim edi?

    Qo‘zg‘olonchilar uchun Bastiliyaning egallanishi nega kerak edi? Mutaxassislar buning turli sabablarini keltiradi. Bastiliyaning egallanishi ikki ehtiyojdan kelib chiqqan edi, deb yozadi “Future-sciences.com” sayti. Darhaqiqat, qurollarga ega bo‘lgan qo‘zg‘olonchilar o‘q-dori va poroxga ehtiyoj sezadi. Bir necha manbalar bunday ehtiyojning Bastiliyada mavjudligini ko‘rsatadi. Shunday real ehtiyojga monarxiya repressiyalarining ramzini yo‘q qilish ehtiyoji ham qo‘shildi. Chunki yuz yillar davomida Bastiliyada qirollik muxolifati vakillari saqlanib kelar edi.

    Yana bir sabab esa Bastiliyada don zaxiralari mavjudligi haqidagi ma’lumotlar edi (Frantz Funck-Brentano, La Vie à la Bastille, étude historique, Secrétariat de la société d'économie sociale, 1889, 33 p..). Non va donning narxini tushirishni talab qilgan isyonchilar donga ega bo‘lish uchun ham Bastiliyani ishg‘ol qilishga qaror qiladi. Qamoqxona boshqaruvchisi bilan kelishuvga erishilmagach, kuch ishlatishga qaror qilishadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    12-iyul kuni qo‘zg‘olonchilar to‘plandi. Ular burjua militsiyasi tashkil qildi va bu militsiyani qurollantirish maqsadida 14-iyul kuni Hôtel des Invalides’ni egallab olishdi. U yerdan 30 mingdan 40 mingacha poroxli miltiqlarni va 20 ga yaqin artilleriya to‘plarini qo‘lga kiritishdi. Ularga endi faqatgina o‘q dori va porox kerak edi.

    Bastiliyaning qamal qilinishi va egallanishi

    14-iyul soat 10 :30 da qo‘zg‘olonchilar qo‘mitasi Bastiliya qarshisiga keldi va qal’a qo‘mondoni bilan kelishuvga erishishiga harakat qildi. Dastlab, ularda Bastiliyani kuch bilan egallash maqsadi bo‘lmagan edi (Henry E. Bourne, “Improvising a Government in Paris in July, 1789”, The American Historical Review, vol. 10, no 2, pp. 280-308 ; (en) George Rudé, The French Revolution: Its Causes, Its History and Its Legacy After 200 Years, Grove Press, 1991, p. 54.). Bastiliya qo‘mondoni qal’ani mustahkamlashga buyruq berdi. Qal’a devorlari ustiga to‘plar joylashtirildi.

    Qo‘zg‘olonchilar kelishuv maqsadida to‘rt marta qal’aga delegatsiya yubordi. Bular foyda bermadi. Ikki o‘rtada otishmalar yuz berdi. Qo‘zg‘olonchilar orasida oddiy xalqdan tashqari bir qancha savdogarlar, harbiylar ham bor edi.

    Shu kuni soat 17:00 da Bastiliya taslim bo‘ldi. Bastiliyaga kirgan olomon o‘q-dori va poroxlarni egallab oldi. Shuningdek, o‘sha paytda qamoqda bo‘lgan yetti nafar mahbusni ham ozod qilishdi. Qal’a boshqaruvchisi Bernar Rene Jordan de Lonay o‘ldirildi va boshi tanasidan judo qilindi hamda Parij ko‘chalarida aylantirildi. Shunday qilib, Fransiyada absolyut monarxiyaning ramzi, qora kunlar xotirasi bo‘lgan Bastiliya qamoqxonasi inqilobchilar tomonidan egallandi va bu monarxiyaning nihoyasining boshlanishi bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Fransiya qiroli Lui XVI esa Bastiliyaning egallangani haqidagi xabarni 15-iyul kuni eshitdi. XIX asr tarixchilari qirol va unga xabarni yetkazgan Graf Roshfukot-Liankurt o‘rtasidagi quyidagi dialogni hikoya qiladi:

    – Bu qo‘zg‘olonmi ? – so‘radi qirol.

    – Yo‘q, janob, bu qo‘zg‘alon emas, bu inqilob, – deya javob berdi graf”

    Guy Chaussinand-Nogaret, La Bastille est prise, Paris, Éditions Complexe, 1988, p. 102

    Ammo ba’zi manbalar qirol bu haqida o‘sha kunning o‘zida xabardor bo‘lganini xabar qiladi. Tarixchi Jul Mishelening fikricha, Bastiliyaning egallanishining ahamiyatli jihati shundaki, u respublika yaratilishiga poydevor qo‘ydi.

    Bugungi kunda Parijda sobiq Bastiliya qal’asi o‘rnida Bastiliya maydoni tashkil qilingan bo‘lib, u fransuz inqilobining ramzidir. Bu maydonda bugun ham bir qancha tadbirlar, namoyishlar va yig‘inlar o‘tkazilib turiladi. Jumladan, Fransiya sotsialist prezidentlarining saylovlardagi g‘alabadan keyingi chiqishlari ham aynan mana shu maydonda bo‘lgan. Masalan, 1981-yil 10-may kuni Fransua Mitteran va 2012-yil 6-may kuni Fransua Ollandlarning g‘alabasiga bag‘ishlangan tadbirlar aynan mana shu maydonda bo‘lib o‘tgan.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    14.07.2020, 12:32   Izoh (0)   85750
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutkada koronavirusdan 2 kishi, pnevmoniyadan 45 kishi vafot etdi, 421 kishida koronavirus aniqlandi

    14.07.2020, 11:18

    Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan kasalxona shifokorlarsiz qoldi (video)

    14.07.2020, 09:37

    Sobiq vazir Trampning mamlakat boshqaruvidagi Puerto-Rikoni sotish g‘oyasi haqida aytib berdi

    14.07.2020, 08:51

    Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etgan ikki shifokorga “Mehnat Qahramoni” unvoni berildi

    14.07.2020, 06:33

    OAV: Tramp prezidentlikka saylanganidan beri 20 ming martadan ko‘p yolg‘on gapirgan

    14.07.2020, 06:16

    Hindiston Oliy sudi ichida 22 mlrd dollarlik xazina topilgan ibodatxonani maxarojalarning avlodlariga qaytarib berdi

    14.07.2020, 06:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston — Qatar uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqdi

    Sport | 3 iyun, 11:26

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Metabolizmni tezlashtiruvchi va saratondan himoya qiluvchi 3 mahsulot

    Layfstayl | 3 iyun, 11:26

    O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 11:11

    Rossiya o‘zining xabarlar almashish messenjerini ishga tushiradi

    Dunyo | 3 iyun, 11:09

    O‘zbekistonda 4-iyun kuni 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 10:45

    Modrichga A Seriyaning nomdor klubi qiziqish bildirmoqda

    Sport | 3 iyun, 10:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.