Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usmon promoushendagi ketma-ket 12-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u UFC’ning yengil vaznli chempioni Habib Nurmagomedovga yetib oldi.

Foto: Twitter

UFC’da g‘alabalar seriyasi bo‘yicha rekordchi 16 ta g‘alaba bilan Anderson Silva sanaladi. Keyingi o‘rinlarda turli vaqtlarda ketma-ket 13 marta g‘alaba qozongan Jon Jons, Demetrius Jonson, Maks Hollouey va Jorj Sen-Pyer bormoqda. Ulardan so‘ng esa yuqorida nomlari keltirilgan Usmon, Habib hamda Toni Fergyuson (12) joy olgan. Ammo Tonining g‘alabali seriyasi 2020-yilning may oyida to‘xtatilgandi.

Qayd etish joiz, yaqin orada Kamaru Usmon va Habib Nurmagomedovning natijasini ayollar o‘rtasida ikki vazn toifasida UFC chempioni Amanda Nunyes takrorlashi mumkin. Uning g‘alabali seriyasi 11 ta jangga teng.

Eslatib o‘tamiz, Usmon UFC 251 musobaqasida Xorxe Masvidalni mag‘lubiyatga uchratdi.

Habib Nurmagomedovning UFC’dagi 5 ta eng yaxshi jangini tomosha qiling!

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!