Amerikaning Janubiy Karolina shtatida bundan 25 million yil oldin yashagan delfin skeleti topildi, deb xabar beradi Current Biology.

Foto: Provided

Olimlarning fikricha, Ankylorhiza tiedemani delfini Oligotsen davrida yashagan bo‘lib, uzunligi 15 metrga qadar yetgan.

“Qadimiy sutemizuvchining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — tishlarining yirikligi. Bu ov zanjirining yuqori qismida joylashgan o‘ljalarni ovlash imkonini beradi”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, tadqiqotchilarning fikricha, delfin skeletining anatomiyasi exolokatsiya qobiliyatiga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, tosh qotgan Ankylorhiza topilmasi “evolyutsiyaning g‘ira-shira yo‘liga yorug‘lik olib kirish”ga yordam berishi mumkin.