Turkmanistonda 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan adabiyot, san’at va madaniyat namoyandalari va iqtidorli bolalar o‘rtasidagi “Türkmeniň Altyn asyry” (Turkmanlarning oltin asri) tanlovi g‘oliblari Turkmaniston prezidentining oltin zanjiri va 3 500 manat bilan taqdirlandi, deb xabar berdi “Xronika Turkmenistana”.
Qayd etilishicha, Markaziy bank Prezident xayriya jamg‘armasi ajratgan sovg‘alarga 574 ming manat sarflangan. Ammo “Xronika Turkmenistana” nashri muxbirlariga ko‘ra, mukofot puli g‘oliblarning o‘zlari hisobidan to‘langan.
O‘tgan yillardagi ikki g‘olibning ta’kidlashicha, taqdirlanuvchilar Madaniyat vazirligiga oldindan taklif qilinadi va ikki oylik maoshni ma’lum hisob raqamiga o‘tkazish taklif etiladi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar ko‘pincha turli davlat tantanalariga taklif etiladi, ba’zan ular televideniyeda chiqadi va delegatsiyalar tarkibida chet elga boradi.
“Mukofot egalari mamlakatdagi to‘ylarda ham yaxshi kutib olinadi, ularga tegishli sovg‘alar va hadyalar beriladi”, – dedi o‘tgan yilgi g‘olib.
Shuningdek, bu yil mukofot tanlov komissiyasining maxsus iltimosiga binoan Prezidentning nabirasi Karimquli Berdimuhamedovga ham topshirildi.
Izoh (0)