• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Srebrenitsa musulmonlari qirg‘ini. Yevropadagi tan olinmagan genotsid tarixi

    Har yili 11-iyul kuni Bosniya va Gersegovinada Serb Respublikasi askarlari tomonidan Srebrenitsa shahri aholisi ustidan amalga oshirilgan qirg‘in qurbonlari xotirlanadi. Gaaga xalqaro tribunali Bosniya urushining ushbu epizodini “genotsid” deb baholagan. “Daryo” sana munosabati bilan Srebrenitsa qirg‘ini haqida hikoya qiladi.

    Srebrenitsa

    Srebrenitsa Bosniya va Gersegovinaning bir qismi bo‘lgan Respublika Srpska (RS) tarkibidagi kichik konchilar shaharchasidir. 1991-yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Srebrenitsa shahrida 5,7 ming kishi yashagan, ulardan 3,6 mingi musulmonlar (boshnoqlar) (63,92%), 1,6 ming nafar serblar bo‘lgan (28,40%).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Serb Respublikasi hududidagi musulmon anklavi

    Bosniya va Gersegovina 1992-yilda Yugoslaviya tarkibidan chiqib ketdi. Shu bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosniya va Gersegovina ichida mustaqil Serb Respublikasi e’lon qilindi. Bosniya va Gersegovinaning kelajakdagi siyosiy tuzilishi to‘g‘risida serblar, xorvatlar va musulmon bosniyaliklar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli tarixda “Bosniya urushi” deb nom qoldirgan harbiy harakatlar boshlandi.

    Bosniya urushi boshlanishi bilan har ikki tomonning qurolli kuchlari tinch aholiga muntazam ravishda hujumlar qildi. 1992-yil boshida Srebrenitsa shahri bir necha hafta davomida Ratko Mladich boshchiligidagi Yugoslaviya Xalq armiyasi va mahalliy serblardan tashkil topgan tuzulmalar nazorati ostida bo‘ldi. Ammo 1992-yil may oyida shahar Nosir Orich qo‘mondonligi ostidagi Bosniya musulmon kuchlari tomonidan ishg‘ol qilindi. 1992-yil yozidan 1993-yil fevraligacha musulmon guruhlari, Srebrenitsa atrofidagi serblarga qarshi bir qator hujumlarni boshladi, natijada, o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘ldi va kamida 50 ta qishloq yoqib yuborildi. Bu serb aholisining ommaviy ko‘chib ketishiga sabab bo‘ldi.

    1993-yilga kelib Srebrenitsa o‘zini Serb Respublikasi hududidagi musulmon anklavi deb e’lon qildi. O‘z aholisini himoya qilish uchun 1993-yil mart oyidan shahar serb qurolli kuchlari tomonidan o‘rab olingan. Bosniyaliklar nazorat qiladigan eng yaqin hudud ulardan 100 km uzoq masofada joylashgan edi. Srebrenitsa deyarli oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘idan mahrum bo‘lgan.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining 1993-yil 6-maydagi 824-sonli rezolyutsiyasiga binoan, shahar qurolsiz zona deb e’lon qilindi. Undan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, Potochari shahrida Gollandiya tinchlikparvar kuchlaridan iborat 600 kishilik harbiy kontingent joylashtirilgan. Ular BMT rezolyutsiyasi qoidalarini amalga oshirilishini nazorat qilgan. Biroq bu vazifa bajarilmadi, tinchlikparvar kuchlar har ikki tomondan ham harbiy harakatlar va jazo operatsiyalari o‘tkazilishiga qarshi tura olmadi.

    Srebrenitsa qirg‘ini

    1995-yil 6-iyulda Serb Respublikasi qo‘shinlari Srebrenitsa shahriga hujum qildi, hujum Drinskiy korpusi kuchlari tomonidan amalga oshirildi, uni Ratko Mladichning o‘rinbosari Radislav Krstich boshqargan. 11-iyul kuni serb qo‘shinlari shaharga kirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Srebrenitsa bosib olingandan so‘ng serblar musulmonlarni evakuatsiya qilishni taklif qildi. Niderland batalyonining nazorati ostida asosan ayollar va bolalar Tuzlaga evakuatsiya qilindi, ammo erkak aholining asosiy qismi shaharda qoldirildi. 12-iyul kuni 17–60 yoshdagi erkaklarni so‘roq qilishga yuborishgan, chunki Mladichning so‘zlariga ko‘ra, ular urush jinoyatlarida ishtirok etgan bo‘lishlari mumkin. Keyinchalik, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi materiallari va Gollandiya tinchlikparvar kuchlarining inkor etib bo‘lmas dalillari paydo bo‘ldi, unga ko‘ra, serblar Srebrenitsadagi musulmonlarni qatliom qilgan.

    Jabrlanganlar soni

    Hozirgacha qurbon bo‘lganlarning aniq soni hujjatlashtirilmagan, chunki ular ommaviy qabrlarga ko‘milgan. Turli manbalarga ko‘ra, yetti-sakkiz ming kishi o‘ldirilgan. Ular orasida shaharni tark etishga uringan tinch aholi vakillari ham bor. O‘ldirilganlar orasida 18 yoshgacha bo‘lgan 500 ga yaqin o‘spirinlar bor edi.

    Bosniya urushi paytida bedarak yo‘qolgan odamlarni qidirish bo‘yicha davlat komissiyasi 8,2 ming qurbonni, Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi – 7,8 ming kishini o‘ldirilganini hisoblagan. Srebrenitsadagi qurbonlar oilalarining turli tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra esa halok bo‘lganlar soni 10,7 ming kishiga yetgan.

    Jazo

    Birinchi marta Srebrenitsadagi voqealarning xalqaro adliya idoralari tomonidan genotsid deb baholanishi 2004-yil 19-aprelda Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunalning (SYuXT) general Radislav Krstichga chiqargan hukmidan keyin boshlandi. O‘shanda Radislav Krstich35 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingandi.

    Bir necha yillar davomida, taxminan 20 kishi SYuXT tomonidan Srebrenitsa genotsidiga aloqadorlikda ayblandi. Ushbu jinoyatlar uchun bevosita javobgarlik Bosniya va Gersegovinadagi Serb Respublikasining sobiq prezidenti Radovan Karadjich va Serb Respublikasi qurolli kuchlari bosh shatabining razvedka va kontr-razvedka bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Zdravko Tolimirlarga yuklatilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Karadjichning sud jarayoni 2008-yildan 2014-yilgacha bo‘lib o‘tgan, 2016-yilda u 40 yilga ozodlikdan mahrum qilingan; Zdravko Tolimir ustidan esa sud jarayonlari 2010-yildan 2012-yilgacha davom etgan va natijada u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan (2016-yil 8-fevralda vafot etgan). 2007-yil 26-fevralda Srebrenitsadagi voqealar BMT Xalqaro sudi tomonidan genotsid deb tan olindi. 2009-yil yanvar oyida Yevropa parlamenti 11-iyulni Srebrenitsadagi genotsidni xotirlash kuni deb e’lon qildi.

    Serbiya tan oladi ammo...

    Bosniya va Gersegovinadagi Serb Respublikasi ma’murlari va Serbiya hukumati (Serb Respublikasi va Serbiya bitta davlat emas) uzoq vaqt davomida genotsid bo‘yicha ayblovlarni inkor qilib kelgan. 1995-yil dekabr oyida Yugoslaviyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi muvaqqat vakili Vladislav Yovanovich qotilliklar musulmonlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirilganini aytgan. Go‘yoki bosniyalik musulmonlar qurollarini tashlamoqchi va tinch hayotga qaytmoqchi bo‘lgan millatdoshlarini o‘zlari o‘ldirishgan degan ayblovlarni oldinga surgan.

    SYuXTga, shuningdek, Oricha deb nomlangan musulmon bo‘linmasining askarlari shahar yaqinidagi 200 dan ortiq serb qishloqlarini yoqib yuborgani va 3 870 nafar serbni o‘ldirgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etildi. 2004-yilda Serb Respublikasi o‘z qo‘shinlari va xavfsizlik kuchlarining Srebrenitsadagi aholini qatl etishdagi ishtirokini tan oldi. Surishtiruv komissiyasi 2005-yilga kelib, Srebrenitsa voqealarida qatnashgan 19 mingdan oshiq kishilarning ism-sharifini o‘z ichiga olgan ro‘yxatni taqdim etdi.

    2005-yilda qirg‘in qurbonlarini qayta dafn etish marosimida Serbiya prezidenti Boris Tadich “dushmanlik doirasini buzish va mintaqa xalqlari o‘rtasidagi ishonchni tiklash” zarurligini ta’kidladi. 2009-yilda Serbiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi va nomzodlik maqomini olish shartlaridan biri sifatida rasmiy Belgradning SYuXT bilan hamkorlik qilishi ko‘rsatildi. 2010-yil 31-mart kuni Serbiya parlamenti deklaratsiya qabul qildi, unda Srebrenitsa fojiasini oldini olish uchun “qo‘ldan kelgan hamma narsa qilinmagani” va qurbonlarning oilalariga ta’ziya izhor etilishini e’lon qildi (ammo shunda ham “genotsid” atamasi ishlatilmadi).

    2013-yil aprel oyida Serbiya prezidenti Tomislav Nikolich Bosniya musulmonlariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun uzr so‘radi, shuningdek, Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb ham tan olmadi. Bundan tashqari, u “jiddiy harbiy jinoyatlar” qilgan serblarni “topish, javobgarlikka tortish va jazolash” kerakligini aytdi. 2015-yil sentyabr oyida Serbiya hukumati qirg‘inda gumon qilingan sakkiz kishiga ayblov e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Srebrenitsa onalari”

    2007-yil iyun oyida qurbon bo‘lganlarning qarindoshlaridan iborat bo‘lgan “Srebrenitsa onalari” tashkiloti Gaaga okrug sudida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarshi da’vo qo‘zg‘atdi. Unda BMT tinchlikparvarlar kuchlari ommaviy qotilliklarning oldini ololmaganlikda ayblandi. 2008-yil iyul oyida sud BMTni javobgarlikka tortish mumkin emasligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2010-yil mart oyida Gaaga apellyatsiya sudi ushbu hukmni o‘z kuchida qoldirdi va 2013-yil iyun oyida Yevropa inson huquqlari sudi tashkilotning shikoyati asossiz deb qaror qildi.

    2014-yil iyul oyida “Srebrenitsa onalari” tomonidan Niderlandiya sudiga berilgan da’vo arizasidan so‘ng, Niderlandiya Oliy sudi mamlakatni tinchlikparvar kuchlarning lagerida yashirishga uringan 300 nafar musulmonning o‘limi uchun javobgarligi to‘g‘risida hukm chiqardi. O‘shanda Niderlandiya qurolli kuchlaridan iborat bo‘lgan BMT tinchlikparvar kuchlari ulardan panoh so‘rab kelgan 300 nafar bosniyalik musulmonni shunchaki serblarning qo‘liga topshirib yuborgandi. Bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    12.07.2020, 21:33   Izoh (0)   73588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmanistonda o‘tkazilgan tanlovning g‘oliblari mukofot pulini o‘z hisobidan to‘ladi

    12.07.2020, 21:14

    AQSh prezidenti “Rossiya ishi” bo‘yicha sudlangan do‘sti va maslahatchisi Rojer Stounga belgilangan jazoni yengillashtirdi

    12.07.2020, 20:53

    Rossiyada koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 500 ming kishidan oshdi

    12.07.2020, 19:12

    Xitoyda bir sutkada 12 kishida koronavirus aniqlandi, Janubiy Koreyada kasallanganlar soni 44 nafarga oshdi

    12.07.2020, 18:30

    Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya majmuasini masjidga aylantirish masalasida boshqa davlatlarning fikri ahamiyatsiz ekanini aytdi

    12.07.2020, 18:11

    “Qozog‘istonda tarqalgan ‘noma’lum’ pnevmoniya koronavirus bo‘lishi mumkin” — JSST

    12.07.2020, 15:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.