Senator Robaxon Mahmudova Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimini egalladi. Bu haqda “Daryo”ning sud tizimidagi manbasi xabar qilgan.
Robaxon Mahmudova yanvarda Farg‘ona viloyatidan senator etib saylangan, keyinroq O‘zbekiston Senatining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimiga saylangandi. 2020-yil mart oyida “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Robaxon Mahmudova 1968-yili Farg‘onada tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini quyi sudlardan boshlab, Oliy sud sudyasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisi vazifasida ishlagan. 2020-yil yanvarigacha Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh (0)