10-iyul kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Edo‘g‘on Avliyo Sofiyaning maqomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Qaror obyektni Turkiya diniy ishlar boshqarmasining tasarrufiga o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Buning natijasida bino musulmonlarga ibodat qilish mumkin bo‘lgan masjid sifatida qayta ochiladi. Quyida Avliyo Sofiya ibodatxonasidan fotojamlanma e’tiboringizga havola etiladi.

Foto: Getty Images

Istanbulda Avliyo Sofiya ibodatxonasining masjidga aylantirilishi borasidagi bahs-munozaralar 29-may kuni Konstantinopolning qulashi munosabati bilan u yerda Qur’on xatm qilinganidan keyin boshlanib ketgan. Oradan bir hafta o‘tgach Erdo‘g‘on ibodatxonani masjidga aylantirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni buyurgan. Keyinchalik adliya vaziri Abdulhamid Gul hamda tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu ibodatxonaning yana masjidga aylantirilishi tarafdori ekanligini bildirgan.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Turkiyadagi arman patriarxi Saak II Avliyo Sofiyaning xristianlar uchun ham, musulmonlar uchun ham ibodat maskaniga aylanishini istashi haqida gapirgan. G‘arb davlatlarining yuqori martabali amaldorlari, diplomatlar, jumladan, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ibodatxonaning masjidga aylantirilishiga qarshi chiqqan.

Foto: Sputnik

Foto: Getty Images

Avliyo Sofiya ibodatxonasiga 1934-yilda Turkiya birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk qaroriga asosan muzey maqomi berilgan. 1985-yilda ibodatxona YuNESKOning butunjahon madaniy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images