• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zing uchun o‘l yetim”. Adliya vaziri maslahatchisi koronavirusga oilaviy chalingani va COVID-19’ga test topshira olmayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston adliya vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova Telegram’dagi kanali orqali o‘zida koronavirus belgilari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, test topshira olmayotganini yozib qoldirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Yarim kun SES eshigida sarg‘ayib, test topshirolmay qaytdim. Zarurmi shu test menga, bo‘ldi, o‘zim uchun qaror qildim, menda katta ehtimol bilan COVID-19.

    Kontakt bo‘lgan, haroratim 4-kun 37-37,5 atrofida ushlanib turibdi. Qizim, onam, ukam, kelinim — hammamiz isitmaladik, onam ta’m bilmayaptilar, yo‘talyaptilar. Kelinimda qattiq quruq yo‘tal va 39 darajagacha isitma kuzatildi, menda esa faqat tana qaqshab og‘rishi va isitma. Tez yordam va poliklinika menda COVID-19 bo‘lishi mumkin deb faqat masofadan maslahat beryapti, lekin test yo‘qligi uchun rasman koronavirus, deb tan ham olmayapti. Xullas, betartiblik va tizimsizlik. O‘zing uchun o‘l yetim.

    COVID-19’dan davolanaveraman endi. Albatta, mustaqil davolanaman, chunki testsiz birov meni koronavirusdan davolamaydi, test topshirolmayman, demak yopiq doira.

    ‘Hurmatli’ Sog‘liqni saqlash vazirligi! Shuncha payt faloncha kasal tuzaldi deb hisobot berib, shundoq ham tuzalib ketayotgan odamlar bilan statistikangizni boyitdingiz. Yana ularni tantana bilan uyiga kuzatib, ajoyib shoular qildingiz. O‘sha paytda resurslaringizni to‘g‘ri taqsimlab, hozir o‘zingiz qo‘llayotgan usulni qilsangiz, ya’ni yoppasiga emas, faqat o‘ta zarur hollarda kasalxonaga COVID-19 bilan zararlanganlarni yotqizsangiz bo‘lmasmidi? Vrachlarni zo‘riqtirmay, boshqa resurslarni ham oqilona taqsimlash bo‘lmasmidi shu. Kecha hammaga, bugun esa hech kimga bo‘lyapti endi.

    Bo‘ldi, testlashni ham to‘xtating, baribir bu testlaringiz na real ahvolni ko‘rsatyapti, na kerakli odamlarni qamrab olyapti. Resurs uvol bo‘lyapti va tibbiyot xodimlari riskda qolyapti, xolos.

    Undan ko‘ra hozir, aynan shu kunlarda o‘zida koronavirus belgilarini sezganlar qayerga borishi, nima qilishi, o‘zini o‘zi qanday davolashi haqida yo‘riqnoma chiqarib tarqating. Hozir eng keraklisi shu. Chunki aholi u yoqda tursin, tibbiyot xodimlari ham bilmayapti nima qilishni. Internetda aylanib yurgan turli retseptlarni tartibsiz qo‘llashyapti!

    Masalan, uch kun avval isitmam chiqqanida poliklinikaga telefon qildim, u tez yordamga qil dedi. Call-sentr ham tez yordamga yo‘naltirdi, tez yordam poliklinikaga, poliklinika yana tez yordamga... Oxiri telefonim ovoz yozyapti, shikoyat qilaman deganimdan so‘ng uchastka vrachim telefonda dorilarni aytib turdi. Mana ahvol!

    Hamma test topshiraman deb kasal yuqtirib yuribdi bir-biriga va vaqtni ham boy beryapti. Odamlarga hozir, bugun nima qilsa, qayerga murojaat qilsa, to‘g‘ri va xavfsiz bo‘lishini aytish kerak. Aytish uchun o‘zinglar bilasizlarmi bu savollarning javobini?

    Shahnoza Soatova, adliya vazirining maslahatchisi

    Avvalroq Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirus infeksiyasi bilan kasallangani va qanday qilib uy sharoitida davolanganini so‘zlab bergandi.

    Eslatib o‘tamiz, 8-iyul kuni Koronavirusga qarshi kurash shtabi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan brifing davomida professor Habibulla Oqilov koronavirus infeksiyasi belgisiz o‘tayotgan bemorlarning uy va mehmonxonada davolanishiga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi statsionarlarda ko‘yka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgandi. Biroq 9-iyul kuni brifingda Oqilov pandemiyaning dastlabki kunlaridan hukumat o‘z vazifasini bajarib kelayotgani, koyka-o‘rinlar, dori vositalari zaxirasi mavjudligini bildirgan.

    Mavzuga dori: 

    • Habibulla Oqilov: “Pnevmoniya va koronavirus asorati bo‘lgan pnevmoniyani adashtirmaslik kerak”
    • “O‘zbekistonda kuniga 1—1,5 mingta koronavirusga chalinish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimimiz qulaydi” — Habibulla Oqilov

    11.07.2020, 16:33   Izoh (0)   88235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bir kunda ikkinchi ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 56 kishini tashkil qilmoqda

    11.07.2020, 16:16

    Komil Allamjonov koronavirusga chalingani va undan qanday qilib tuzalganini so‘zlab berdi (video)

    11.07.2020, 15:32

    Navoiyda amakisining 5 yoshli o‘gay qizi va xotinini pichoqlagan 16 yoshli o‘smir qo‘lga olindi

    11.07.2020, 15:15

    O‘zbekistonda karantin sharoitida daromad manbasini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat yetkazib beriladi

    11.07.2020, 14:56

    Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Qiziriq tumani hokimi sifatida ish boshladi

    11.07.2020, 14:35

    O‘zbekistonda dam olish kunlari avtotransportlar harakati to‘liq to‘xtatiladi. Fuqarolar o‘z-o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tadi

    11.07.2020, 14:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.