Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gonkong maktablari 13-iyul, dushanba kunidan boshlab koronavirusning yangi epidemiyasi boshlagani tufayli yana yopiladi. Bu haqda Gonkong maorif vaziri Kevin Yan ma’lum qilgan, deb yozmoqda Bloomberg.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror jamoatchilikning sog‘lig‘i, shuningdek, birinchi navbatda o‘quvchilarning salomatligi nuqtayi nazaridan qabul qilingan.

Maktablarga faqat bitiruvchilar yakuniy imtihonlarni topshirish uchun keladi, bunda ulardan majburiy tartibda tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofalanishga rioya etish talab qilinadi.

Gonkong maktablari avval yanvar oyida yopilgan va may oyida faoliyatini qayta boshlagandi. Ammo oxirgi kunlarda Gonkongda yana koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmoqda. 9-iyulning o‘zida 34 ta yangi holat aniqlangan va bu oxirgi uch oy davomida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, avval Gonkong politsiyasiga sud orderisiz tintuv o‘tkazish hamda milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra mol-mulkni musodara qilish vakolati berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi