8-iyul, chorshanba kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida uy sharoitida tayyorlangan shirinlikni iste’mol qilgan 8 kishi zaharlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanning “Beshmirza” mahallasida yashovchi N.A.ning (1987-yilda tug‘ilgan) tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida turmush o‘rtog‘i G.A. tomonidan uy sharoitida tayyorlangan shirinlik (tort) iste’mol qilinishi natijasida oila a’zolari zaharlangan. Xususan, 29 yoshli G.A, 8 yoshli R.T, 4 yoshli M.T., 33 yoshli F.A, 11 yoshli S.T., 7 yoshli B.T. va 31 yoshli N.A. tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan.
Mavzuga doir:
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)