“O‘zavtosanoat” AJning o‘z nomlarida UzAuto brendidan (tovar belgisidan) foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi. Bu haqda hukumatning 8-iyul kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etildi.
Qaror bilan, 2019-yil yakunlariga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ aksiyalari bo‘yicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va to‘lash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020-yil 31-dekabrgacha etib belgilandi.
Shuningdek, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning quyidagi ulushlari (aksiyalari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi hamda agentlik tomonidan “O‘zavtosanoat” AJga ustav kapitalidagi davlat ulushlari uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga beriladi:
- “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ;
- “Agregat zavodi” AJ;
- “Texnolog” AJ;
- “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ,
- “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ;
- “Agrosanoatmashinvest” MChJ.
- “Urganchozuqamash” AJ;
- “Agrotex-lit” MChJ faoliyati tugatiladi;
- “Agrotexmash-DD” MChJ;
- “Agromash sanoat invest” MChJ.
Izoh (0)