• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Akfa universitetiga oid Prezident qarori loyihasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga zidligini bildirdi

    “ Akfa universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur qaror loyihasining ayrim bandlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va bir qator Prezident qarorlari talablariga zid kelishini ma’lum qildi.

    Foto: Akfa universiteti

    Foto: Akfa universiteti

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Akfa universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi qarori loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligida 2019-yil 19-aprelda 3155-son bilan ro‘yxatga olingan qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi asosida ko‘rib chiqilgan”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

    Qayd etish joizki, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan mazkur hujjat Prezidenti qarori loyihasi hisoblanadi. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi esa o‘z xulosasida mazkur hujjatni Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi deb atagan.

    Loyihaning 2-bandida Toshkent viloyat hokimligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda universitetga zamonaviy o‘quv binolari, o‘quv-amaliyot binolari, kampuslar, sport inshootlari qurish va jihozlash uchun Toshkent viloyati, Qibray tumani, “O‘nqo‘rg‘on” QFY, “Parvoz” MFY hududida joylashgan “Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik” MChJ balansida bo‘lgan 29,48 gektar yer maydonini doimiy foydalanishga ajratib berish ko‘zda tutilgan. “Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik” MChJga qarashli mulklarni buzish, daraxt ko‘chatlarini Toshkent shahriga ekish uchun ko‘chirish ishlarini Toshkent shahar hokimligiga yuklash rejalashtirilgan.

    Qo‘mita xulosasida qayd etilishicha, 2018-yil 20-apreldagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3677-sonli qarorining 1-bandiga asosan 2018-yil 1-iyuldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshirish tartibi o‘rnatilgan.

    Shuningdek, qaror loyihasining 4-bandida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi “Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 130-son qarori bilan universitetga belgilangan shartlar hamda imtiyozlar muhokama qilinayotgan ushbu qaror kuchga kirgandan boshlab 3 yil muddatga to‘liq qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, loyihada istisno tariqasida, universitetga 2021-yil 1-aprelga qadar qurilish ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda olib borish hamda loyiha hujjatlarini dunyoning ilg‘or (Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya) davlatlari qurilish normalari asosida amalga oshirishga ruxsat berilishi belgilangan.

    Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi mazkur imtiyozlarni berish masalasida o‘z xulosasini bayon qildi. Unga ko‘ra, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasiga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi taqiqlanishi ko‘rsatilgan.

    Bundan tashqari, Prezidentining 2018-yil 31-maydagi “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3756-sonli qaroriga asosan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar qonunlar va O‘zbekiston Prezidenti hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun beriladi. Vaqtinchalik imtiyozlar O‘zbekiston Prezidenti hujjatlari bilan 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi, individual imtiyozlar, alohida hollarda, xususiy sektor investitsiya kiritishdan manfaatdor bo‘lmagan tarmoqlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun, aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy asoslar mavjud bo‘lganda yoxud O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq, Prezident hujjatlari bilan taqdim etiladi.

    Qo‘mitaning bildirishicha, Akfa universitetiga imtiyoz berish ta’lim bozorida faoliyat olib borayotgan boshqa xususiy ta’lim muassasalariga nisbatan ustunlik berilishiga olib keladi va raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Ushbularni inobatga olib, qaror loyihasining 4-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilarni chiqarib tashlash lozim. Shuningdek, qaror loyihasini amaldagi qonunchilik talablariga moslashtirish zarur hisoblanadi”, — deyiladi qo‘mita xulosasida.

    “Mazkur qaror loyihasining qabul qilinishi oqibatida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklar berilishi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasi, 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga, Prezidentning 2018-yil 31-maydagi PQ-3756-sonli qarori talablariga zid ekanligini inobatga olib, qarorni mazkur qonunchilik hujjatlari talablariga moslashtirilgandan so‘ng qabul qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi”, — deya xulosa qilgan qo‘mita.

    Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekistonda qator korxonalarga eksklyuziv imtiyozlar berish huquqini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo‘ygandi. Farmon loyihasida Akfa universitetiga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish ko‘zda tutilgan.

    10.07.2020, 22:43   Izoh (0)   23301
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shakli bilan uyda davolanish shartlari ma’lum qilindi

    10.07.2020, 22:09

    Davlat xizmatlari agentligi DXMlarda stikerlar yangidan berilmasligini ma’lum qildi

    10.07.2020, 21:55

    O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shaklini uyda davolash bo‘yicha savollarga javob beradigan Call-markaz ishga tushdi

    10.07.2020, 21:25

    O‘zbekistonda xodimlarni xizmat safarlariga yuborishni cheklash tavsiya etildi

    10.07.2020, 21:10

    O‘zbekistonda tashkilot va korxonalarga tashqaridan koronavirus infeksiyasi kirib kelishiga qarshi choralar ko‘riladi

    10.07.2020, 20:11

    Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining 500 mln so‘mdan ortiq mablag‘ini o‘zlashtirgani Navoiy SEOM bosh shifokori va ombor mudiri qamoqqa olindi

    10.07.2020, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.