• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 8-iyul kuni 422 kishida koronavirus aniqlandi, 5 nafar bemor vafot etdi. Bular mutlaq rekord hisoblanadi

    O‘zbekistonda 7-iyul soat 23:30 dan 8-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 422 ta holat qayd etildi. Bu mutlaq rekord. Avvalgi rekord o‘rnatilgan 6-iyul kunidagidan 80 nafar ko‘p bemorda kasallik aniqlandi. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 11 092 nafarga yetdi. 8-iyul kuni yangi kasallanganlardan tashqari sog‘ayish va o‘limlar soni bo‘yicha ham rekord o‘rnatildi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 295 nafari karantin muassasalarida (xorijdan kelib karantinga olinganlar — 110 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 127 nafar, Toshkent shahrida — 37 nafar, Samarqand viloyatida — 11 nafar, Qoraqalpog‘istonda — 7 nafar, Namangan viloyatida — 3 nafar);
    • 127 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 76 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 34 nafar, Samarqand viloyatida — 11 nafar, Namangan viloyatida — 4 nafar, Qoraqalpog‘istonda — 2 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 5 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning barida aholi orasida ham, karantindagilar orasida ham koronavirus aniqlandi. Aholi orasida 127 ta yangi kasallanish holati kuzatildi. Iyul oyining o‘zida aholi orasidagi kasallanish holatlari 6-marta 100 nafardan oshdi. 8 kun ichida aholi orasida 831 ta yangi holat aniqlandi.

    Mavzuga doir: “Hammamiz jilovni qo‘yib yubordik” — Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida

    Kun davomida eng ko‘p kasallanish holati iyul oyida birinchi marta Toshkent shahrida emas, boshqa hududda aniqlandi. Qashqadaryo viloyatida 8-iyul kuni qayd etilgan 161 ta holatdan 127 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 34 tasi aholi orasida aniqlandi. Bu viloyatda eng ko‘p kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Bungacha 16-iyun kuni 104 kishida kasallik aniqlanishi Qashqadaryo uchun rekord edi. Tabiiyki, viloyatda aholi orasida ham hech qachon buncha ko‘p kasallanish aniqlanmagan. 5-iyunda viloyatga koronavirus qaytganidan so‘ng, asosan karantindagilar orasida kasallik qayd etilayotgandi. 5-iyundan 7-iyulgacha Qashqadaryoda qayd etilgan 198 ta holatdan 185 tasi karantindagilar orasida, 13 tasi aholi orasida aniqlangandi.

    Toshkent shahrida kun davomida 113 ta yangi holat qayd etildi. Iyul oyining o‘zida poytaxtda kunlik kasallanish holati 6-marta 100 va undan ortiq bo‘lmoqda. Yangi holatlarning 37 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 76 tasi aholi orasida qayd etildi. Toshkent shahrida oxirgi marta 3-iyun kuni aholi orasida kasallanish holati qayd etilmagan. O‘shandan buyon uzluksiz ravishda poytaxtda aholi orasida koronavirus yuqtirib olish holatlari qayd etilmoqda. Iyul oyida Toshkentda aholi orasida 606 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonga koronavirus kirib kelgandan buyon hech bir hududda kasallanganlar soni 600 nafarga ham yetmagan (Toshkent viloyatidagi bemorlar ham Toshkentda davolanayotgani uchun viloyat bo‘yicha alohida statistika mavjud emas).

    Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning aytishicha, oxirgi bir oyda Toshkent shahridagi “O‘rikzor” bozorida 35 ta, “Yunusobod” bozorida 39 ta, “Chorsu” bozorida 11 ta, “Abu Saxiy” bozorida 47 ta, “Chilonzor buyum bozori”da 52 ta holatda virus aniqlangan. Mazkur bemorlar orasida bozorlarda ishlaydigan xodimlar, sotuvchilar va xaridorlar bor. Shuningdek, Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda 79 kishi virus yuqtirib olgan. To‘yni 30 kishi bilan o‘tkazish uchun bir kunda uch marta to‘y qilingan.

    Mavzuga doir: “30 kishilik to‘ylar 130 kishilikka aylanib ketdi” — Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtidagi to‘ylar haqida

    Samarqand viloyatida qayd etilgan 22 ta holatning 11 tasi karantindagilar orasida, 11 tasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda koronavirus aniqlanishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar har safar ko‘payib bormoqda. 1-iyul kuni 11 kishida, 3-iyul kuni 14 kishida va 5-iyul kuni 19 kishida kasallik qayd etilgandi. Iyun oyida Samarqandda eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda 17 ta holat qayd etilgandi. Samarqand viloyatidagi bemorlar soni 500 nafardan oshdi. Samarqand hozirda bemorlar va kasallikdan tuzalganlar soni bo‘yicha Toshkent va Buxorodan keyin uchinchi, o‘limlar soni bo‘yicha Toshkent va Namangandan keyin uchinchi bo‘lib turibdi.

    Qoraqalpog‘istonda aniqlangan 9 ta holatdan 7 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 2 tasi aholi orasida aniqlandi. Ikki kun oldin mazkur hududdagi shifoxonalarda faqat bir nafar bemor qolib, ushbu respublika koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turgandi. Ammo 2 kun ichida bemorlar soni 23 nafarga ko‘paydi, hududda ilk o‘lim holati ham qayd etildi.

    Namangan viloyatida qayd etilgan 7 ta holatdan 3 tasi karantindagilar orasida, 4 tasi aholi orasida aniqlandi. Iyul oyi boshidan beri Namanganda aniqlangan 30 ta holatdan 20 tasi aholi orasida qayd etildi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    Sog‘liqni saqlash vazirligi 8-iyul kuni 5 kishining vafot etganini xabar qildi. Ulardan uch nafari ayollar, ikki nafari erkaklar. Bir kun ichida 5 nafar bemorning vafot etishi — bu rekord ko‘rsatkich.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 64 yoshli M.X. ismli ayol 1-iyul kuni qorinda va chap ko‘krak sohasida og‘riqlar kuchayganligi sababli Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

    U postxoletsistektomik sindrom, o‘tkir pankreatit, gastrit, surunkali kamqonlik, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya tashxisi bilan davolangan. 3-iyul kuni esa bemorda nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan va COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan.

    Unga COVID-19, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindrom, postxoletsistektomik sindrom, o‘tkir pankreatit, gastrit, surunkali kamqonlik, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya tashxisi qo‘yilgan.

    Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. 64 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgan Toshkentdagi 25, O‘zbekistondagi 41-bemor bo‘ldi.

    Ikkinchi o‘lim. Uchtepa tumanida yashovchi 64 yoshli B.K. ismli erkak 2020-yil 1-iyuldan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabetning 2-turi, nafas yetishmovchiligining 1—2-darajasi, shuningdek, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

    2-iyul kuni undan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan. Oxirgi 8 yil davomida u parkinson kasalligi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, bemor 2019-yil 1-iyul kuni bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi ishemik turini ham o‘tkazgan.

    So‘nggi kunlarda davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilganiga qaramasdan ahvoli keskin og‘irlashgan. Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga karamay bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 64 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgan Toshkentdagi 26, O‘zbekistondagi 42-bemor bo‘ldi.

    Uchinchi o‘lim. Nukus shahrida yashovchi 56 yoshli Z.D. ismli ayolda 23-iyun kuni bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, burundan suv oqishi, aksirish, qaltirash va ishtahaning yo‘qolishi kuzatilgan. Bemor hech kimga murojaat qilmasdan uyida davolangan.

    29-iyun kuni esa tana harorati tushmaganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan va izolyatorga joylashtirilgan. Shu kuni undan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va bemorda ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.

    Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida unga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, yurak-qon tomir yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir respirator distress sindromi tashxisi qo‘yilgan.

    Bemor bir necha yil davomida gipertoniya, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan. Bundan tashqari, u zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi, semizlikning 2-darajasidan ham davolanib kelgan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 56 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgan Qoraqalpog‘istondagi birinchi, O‘zbekistondagi 43-bemor bo‘ldi.

    To‘rtinchi o‘lim. Navoiy shahrida yashovchi 52 yoshli B.A. ismli erkak 30-iyun kuni tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga COVID-19 infeksiyasiga gumon bilan olib kelingan. Unga COVID-19, ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligining 3—4-darajasi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan.

    Bemor bundan avval gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya, semizlikning 4-darajasi tashxisi bilan davolanib yurgan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida vafot etdi. 52 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgan Navoiydagi ikkinchi, O‘zbekistondagi 44-bemor bo‘ldi.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli L.S. ismli ayol 29-iyundan 1-sonli Respublika klinik shifoxonasida COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

    Shuningdek, bemor bundan avval yurak ishemik kasalligi, zo‘riquvchi stenokardiya, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi (insulinga muhtoj), diabetik nefropatiya, angiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya, yog‘li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.

    Dinamikada bemorning holati og‘irlashganligi sababli 4-iyul kuni u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan.

    Klinikada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

    7-iyul kuni SSV sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan o‘ta og‘ir ahvoldagi ushbu bemorning videosini ham e’lon qilgandi.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 72 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgan Toshkentdagi 27, O‘zbekistondagi 45-bemor bo‘ldi.

    SSV qayd etilgan 5 ta o‘lim holati ham qaysi kuni bo‘lganini e’lon qilmadi. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi 8-iyul kuni o‘tkazilgan brifingda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari haqidagi xabarlar nega kechikib e’lon qilinayotganiga izoh berdi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrionologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Olimovning so‘zlariga ko‘ra, Maxsus komissiyaning qarori bo‘yicha 5-iyulgacha bo‘lgan muddatda har bir kasallikning tashxisini tasdiqlash Toshkent shahridagi referens laboratoriyadan o‘tmagunicha ro‘yxatga olinmagan. Ro‘yxatga olinganlarning tuzalganidan so‘ng tahlili xuddi shu laboratoriyalarda tasdiqlanmagunicha kasallar ro‘yxatidan chiqarilmagan. Biroq 5-iyuldan boshlab viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbariga tashxis qo‘yish, ya’ni PSR diagnostikasi bo‘yicha olingan ma’lumot asosida tashxis qo‘yishga ruxsat berilgan. Bemor davolanganidan so‘ng PSR diagnostikasi bo‘yicha natijalar tuzalganini qayd etgan holda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbarining o‘ziga berilgan.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3987 nafar bemordan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bu ham rekord ko‘rsatkich. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni birinchi marta 40 nafardan oshdi. Bir sutka avval ahvoli og‘ir bemorlar 24, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 13 nafarni tashkil etayotgandi. Bu orada esa 5 kishining vafot etgani haqida xabar berildi.

    Kasallikdan davolanish

    8-iyul kuni 249 nafar fuqaro sog‘aydi. Bu natija ham rekord hisoblanadi. Tuzalganlarning 158 nafari Toshkent shahri, 49 nafari Samarqand, 20 nafari Navoiy, 14 nafari Surxondaryo va 8 nafari Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11 092 nafar bemordan 7060 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda. Bir kun ichida bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgarmadi.

    Ayni vaqtda 3987 nafar bemordan 3374 nafari Toshkentda davolanmoqda. Farg‘onada 3, Jizzaxda 12, Qoraqalpog‘istonda 23, Xorazmda 23, Namanganda 31, Navoiyda 33, Buxoroda 39, Samarqandda 65, Surxondaryoda 80, Andijonda 113 va Qashqadaryoda 191 nafar bemor qoldi.

    Yangi cheklovlar

    Respublika maxsus komissiyasi 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar O‘zbekiston miqyosida quyidagi karantin cheklovlari joriy etilishini e’lon qildi:
    • avtotransport vositalarining harakati cheklandi;
    • davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;
    • davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish belgilandi;
    • hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
    • tomosha, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi;
    • to‘y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi;
    • 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib harakatlanishi cheklandi.

    Mavzuga doir: “Bu juda murakkab sinov va og‘ir kurash bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida mamlakat aholisiga murojaat qildi

    Shuningdek, 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar O‘zbekiston miqyosida quyidagi obyektlar faoliyati to‘xtatildi:
    • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
    • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
    • sport zallari, fitnes klub, trenajyor va basseynlar;
    • tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
    • umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);
    • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari.
    Bundan tashqari, xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartirilishi e’lon qilindi. Shunga muvofiq, 19-iyulgacha belgilangan charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritilib, 6 ta reys bekor qilindi. Ulardan 3 tasi Moskvaga, 1 tasi Sankt-Peterburgga, bittasi Dubayga va yana bittasi Seulga amalga oshirilishi kerak edi. Shavkat Mirziyoyev 8-iyuldagi yig‘ilishda shu paytga qadar xorijiy davlatlardan 90 mingdan ortiq fuqaro olib kelingani, chet eldagi qolgan fuqarolar ham, albatta, olib kelinishini aytdi.

    09.07.2020, 00:15   Izoh (0)   155560
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana 110 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19’ga chalingan bemorlar soni 11 ming nafardan oshdi

    09.07.2020, 00:01

    Toshkentda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 45 tani tashkil qilmoqda

    08.07.2020, 23:45

    “Hammamiz jilovni qo‘yib yubordik” — Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida

    08.07.2020, 23:41

    Tashqi ishlar vazirligi “G‘isht ko‘prik” chegara posti yaqinida 3 ming nafardan ziyod o‘zbekistonlikning to‘planganini tasdiqladi

    08.07.2020, 23:35

    Toshkentda 158 nafar, Surxondaryoda 14 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 7 ming nafardan oshdi

    08.07.2020, 23:25

    “30 kishilik to‘ylar 130 kishilikka aylanib ketdi” — Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtidagi to‘ylar haqida

    08.07.2020, 23:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasi muhim bahsda qatnashish uchun BAAga yetib bordi (foto)

    Sport | 29 may, 17:45

    “Dolzarb 90 kun”: o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 29 may, 17:45

    Farg‘onada haydovchi qasddan tanishini qayta-qayta bosib ketib, o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 29 may, 17:16

    O‘zbek shou-biznesidagi mashhur aka-ukalar

    Madaniyat | 29 may, 17:10

    O‘zbekistonda nogironlik pensiyalari ham endi alohida murojaat talab etmasdan tayinlanadi

    O‘zbekiston | 29 may, 16:45

    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

    Reklama | 29 may, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.