• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda firibgarlik yo‘li bilan bir qancha jinoyatlar, o‘g‘irlik va tovlamachilik qilgan jinoiy guruh fosh qilindi

    Buxoro viloyatida jinoiy guruh sifatida tovlamachilik, o‘g‘irlik, firibgarlik jinoyatlarini sodir etgan va tanishlarining pullari hamda buyumlarini talon-toroj qilgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

    Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Xabarga ko‘ra, voyaga yetmagan 17 yoshli L.X. 19 yoshli B.R. va M.K. bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, tanishi G.Y. bilan yaqin munosabatlar o‘rnatgan. Shu orqali G.Y.ning ishonchini qozonib, 2019-yil 11-dekabrdan 2020-yil 6-yanvarga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘zining turli og‘ir vaziyatlarga tushib qolganligi, ushbu vaziyatlardan chiqishi uchun pul kerakligi to‘g‘risidagi yolg‘onlariga ishontirib, G.Y.ning jami 27 million 97 ming 486 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

    Bundan tashqari, 2020-yilning 19-yanvar kuni soat 16:00 da 23 yoshli A.X. (ayol) jinoiy sheriklari M.K. va voyaga yetmagan L.X. bilan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, fuqaro J.S.ning yashash xonadonida 25 ming AQSh dollari miqdoridagi pullar borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. A.X.ning tuzgan jinoiy rejasiga ko‘ra, L.X. xonadon egasi J.S.ni hammomga chaqirib, chalg‘itib xonadon kalitini olib, dublikat yasattirgan va uni M.K.ga bergan. M.K. mazkur kalit dublikati bilan J.S.ning uyiga 3 marta kirishga erishib, qimmatbaho buyumlarni va pullarni qo‘lga kirita olmasdan o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilishga suiqasd qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

    Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Shuningdek, voyaga yetmagan L.X. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020-yil 28-yanvardan 4-fevralga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida G.Y. yaqin munosabatda bo‘lganligidan foydalanib, uning fotosuratlarini internet tarmoqlariga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, sharmanda qilishini aytgan holda tahdid qilib, bahosi 27 million 800 ming so‘mga teng bo‘lgan mulkini qo‘lga kiritib, tovlamachilik jinoyatini sodir qilgan.

    Bundan tashqari A.X. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020-yil fevraldan 2020-yil mart oyi o‘rtalarigacha jinoiy sheriklari B.R. va voyaga yetmagan L.X. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Buxoro shahrida yashovchi M.M. (ayol)ning ishonchini suiiste’mol qilib, unga tanishi G.Y. (ayol) jinoiy sheriklari B.R. va L.H.ning ustidan IIBga murojaat qilganligini, bu ish natijasida B.R. qamalib ketishi mumkinligini, ushbu ishlarni hal qilishda advokat xizmati uchun pul berishi lozimligi to‘g‘risida yolg‘on gapirgan. M.M.dan 1800 AQSh dollarini tez kunlarda qaytarib berishni va’da qilgan holda qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

    Shuningdek, A.X. 2020-yil mart oyining o‘rtalarida jinoiy sheriklari B.R. va L.X. bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zi tomonidan tuzilgan reja asosida Buxoro shahri Bahovuddin Naqshband ko‘chasida yashovchi M.M.ning uyiga kelib, B.R. uy ichida M.M.ni boshqa xonada chalg‘itib turganligidan foydalangan, voyaga yetmagan L.H. mehmonxonadagi servantda bo‘lgan jami 74,5 million so‘mlik pullar va qimmatbaho taqinchoqlarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

    Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri IIO FMB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik), 165-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Dastlabki tergov harakatlari davomida M.K. Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (O‘g‘irlikka suiqasd), 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari, B.R. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a, b”, 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik), 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (O‘g‘irlik) bilan, voyaga yetmagan L.X. mazkur kodeksning 168-moddasi 2-qismi “a, b” bandi (Firibgarlik), 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (O‘g‘irlikka suiqasd), 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik), 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik), 169-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan (O‘g‘irlik), A.X esa Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (O‘g‘irlikka suiqasd), 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (Firibgarlik), 169-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari (O‘g‘irlik) va 127-moddasi 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan ayblov e’lon qilinib, M.K., L.X. va A.X.ga nisbatan qamoqqa olish, B.R.ga nisbatan garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

    Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilgan va protsessual tartibda Buxoro shahar prokuraturasiga tegishli sudlov masalasini hal qilish uchun yuborilgan.

    Avval Jizzaxda Gentra oynasini sindirib, yukxonasidan 50 million so‘m o‘g‘irlagan jinoiy guruh ushlangani, Farg‘onada kechasi Nexia’ni to‘xtatib, 36,7 million so‘m pul va telefonni talonchilik yo‘li bilan olgan jinoiy guruh fosh qilingani, Xorazmda bir fuqaroni qalbaki 1000 yevroga chuv tushirgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabarlar berilgan.

    09.07.2020, 14:55   Izoh (0)   30730
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Koronavirus O‘zbekistonga 15-martdan oldinroq kirib kelgan bo‘lishi mumkin” — Nurmat Otabekov

    09.07.2020, 14:42

    Farg‘onada yoqilg‘i quyish shoxobchasi egasi besabab kaltaklandi

    09.07.2020, 13:54

    Andijonda qurolni saqlash va olib yurish qoidalarini buzgan 68 nafar fuqaro jarimaga tortildi

    09.07.2020, 13:41

    Denovdagi eski bozorda buziladigan mulklarga kompensatsiya to‘lab berilishi ma’lum qilindi

    09.07.2020, 13:10

    Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi

    09.07.2020, 12:29

    Sardoba toshqini sabab uysiz qolgan ikki bolali ayolga uning videomurojaatidan so‘ng uy va 40 mln so‘m berilishi ma’lum qilindi

    09.07.2020, 12:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.