Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati dehqonlari Rossiyaga to‘rt tonna sariq tarvuz eksport qildi. Bu haqda O‘zbekiston exportchilari uyushmasi xabar berdi.

“Daryo” muxbiri sariq tarvuz eksportini yo‘lga qo‘ygan kosonlik tadbirkor Nurbek Karimov bilan muloqot qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, Gollandiya navi bo‘lgan bu sariq tarvuzlar viloyatning Koson tumanida yetishtirilgan bo‘lib, nafaqat ko‘rinishi balki mazasi bilan ham oddiy tarvuzdan farqlanadi.

“Hokimlik vakillari bilan suhbatlashganimizda ular urug‘siz va sariq rangli tarvuz navini yetishtirib, xorijga eksport qilishimizni taklif qilishdi. Bizga sariq rangli tarvuz navi qiziq bo‘lgani bois, ishni boshladik. Va dastlabki hosilimizni oldik”, — deydi Sunny Land Export mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nurbek Karimov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Nurbek Karimovning ma’lumot berishicha, sariq tarvuzlar 65 kunda pishib yetiladi.

“Rossiyalik hamkorlarimiz talabiga mos kelgan sariq tarvuzlar oddiy tarvuzga qaraganda tez pishadi. Dehqonlar odatiy tarvuzlar hosilini 90 kunda olsa, bu nav 65 kunda tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari alohida o‘g‘itlar bilan ozuqalantirishni talab qiladi va an’anaviy o‘zimizning tarvuzga nisbatan kam sug‘oriladi”, — deydi Nurbek Karimov.

Xorijga sotilayotgan sariq tarvuzlarning bir kilosi 55 sentga baholanmoqda.

Tadbirkorning qo‘shimcha qilishicha, sariq tarvuzlar tez orada mahalliy bozorga ham chiqadi.

Aniqlanishicha, sariq tarvuz eksportini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor viloyatda ho‘l meva eksporti bilan shug‘ullanadi. Tadbirkor 2019-yilda xorijiy davlatlarga to‘rt million dollarlik ho‘l meva eskport qilgan.

“Yil boshidan xorijga karam eksport qila boshlaymiz va yil yakunida uzum eksporti bilan yakunlaymiz. Barcha turdagi ho‘l mevalarni xorijga olib chiqamiz”, — deydi tadbirkor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi