• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Geologiya fanlari universiteti bu yil qancha talabani qabul qiladi? Rektor bilan suhbat

    Ma’lumki, joriy yilning 31-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator ilm-fan vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universitetini tashkil qilish tashabbusini ilgari surgan edi. 2020-yil 8-iyun kuni esa ana shu tashabbusning natijasi o‘laroq “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi.

    Ayni payda boshqa universitetlar qatori, yangi universitetga ham bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qabul e’lon qilingan. “Daryo.uz” qabul jarayonlariga tayyorgarlik, shuningdek, universitetning kelgusidagi rejalari, maqsad va vazifalari haqida to‘liqroq ma’lumot olish niyatida Davlat geologiya va mineral resurslar ko‘mitasi raisi, Geologiya fanlari universiteti rektori Bobir Islamov bilan suhbat o‘tkazdi.

    Aytingchi, aynan geologiya yo‘nalishida alohida universitetning bo‘lishi qanchalik muhim va bizda bunga sharoit yetarlimi?

    Ko‘pchilik bilmasa kerak, O‘zbekiston tabiiy boyliklar zaxirasi bo‘yicha kuchli 10 talik davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda 73 turdagi foydali qazilma zaxirasiga ega 2 mingdan ortiq konlar bor. Ko‘rinib turibdiki, bizda deyarli barcha yer osti va yer usti boyliklari mavjud. Biroq bu boyliklarni aniqlash, topish va foydalanishga topshirish, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida ishlatish uchun yetarlicha bilim va tafakkur, zamonaviy texnologiyalar va ularni ishlata oladigan malakali kadrlar zarur. Ayni paytda O‘zbekistonda aniqlangan konlarning 437 tasi o‘zlashtirilmagan, qidiruv ishlariga jalb qilingan texnikalarning 70 foizi eskirgan. Bu sohada yutuqlardan ko‘ra muammolarimiz ko‘proq ekani va ushbu yo‘nalishdagi alohida universitetning bo‘lishi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Geologiyamizga investitsiyalar jalb qilib, mahsulotni qayta ishlash borasidagi ahvolni ham ko‘ngildagidek deb bo‘lmaydi. Bizda bu yo‘nalish yillar davomida islohotlardan chetda qolib ketgandek tuyulardi menga. Chunki yetarlicha imkoniyat va salohiyatga ega bo‘lishimizga qaramasdan ulardan maksimal foydalana olmayapmiz. Hozir ham 111 ta istiqbolli konning atigi 14 tasida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida 39 mln dollarlik 6 ta loyiha amalga oshirilyapti, xolos. Bizdagi imkoniyatga taqqoslaganda bu juda kam. Iqtisodiyotni mineral resurslar bilan muntazam ta’minlash, geologiya tarmog‘imizga investorlarni ko‘proq jalb qilish uchun avvalo o‘zimiz bunga tayyor turishimiz, yaxshi kadrlarimiz bo‘lishi kerak.

    O‘tgan asrda o‘zbek xalqi buning uddasidan chiqqandi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarda geologiya, yangi konlarni izlab topish va foydalanishga topshirish borasida maqtansa arziydigan natijalarga erishganmiz. Bir safar uddaladikmi, nega endi ikkinchi marta qila olmas ekanmiz? Ma’lum muddat kadrlar bo‘shlig‘i paydo bo‘lib qolganini tushunaman. Lekin endi tarixdagi yutuqlarimizga yarasha kelajak yaratadigan payt keldi. Davlat rahbarining bunga alohida e’tibor qaratayotgani meni quvontirdi.

    Yangi universitet faoliyatini kanday tasavvur qilyapsiz? Umuman, qabul va ta’lim jarayoni bo‘yicha aniq rejalar bormi?

    Yangi tashkil etilayotgan universitet geologiya yo‘nalishida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning integratsiyasini o‘zida mujassam etgan va sohamizda malakali kadrlar tayyorlash, dolzarb ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, natijalarini amaliyotga joriy etish va yakunida O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.

    Bu qarorda sanab o‘tilgan bir qator topshiriqlarda ham o‘z ifodasini topgan. Ulardan ayrimlariga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

    Jumladan, Geologiya fanlari universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish juda muhim. Fan dasturlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqishda esa yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari, jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universiteti tajribasidan foydalanishni reja qilganmiz. 1-sentabrgacha universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, fan dasturlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqish ishlarini yakunlashimiz kerak.

    Yana bir muhim jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Geologiya fanlari universiteti tarkibida Sankt-Peterburg konchilik universitetining maxsus umumta’lim va bazaviy texnik fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan Boshlang‘ich muhandislik tayyorlash markazini ochishimiz zarur. Bu masalada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ish tashkil etish lozim.

    Rejamizda universitet tarkibida Geoinnovatsion texnologiyalar markazini ochish masalasi ham bor. Uni jihozlash uchun jami 1925 ta zamonaviy uskunalar va inventarlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ularning umumiy qiymati 14 mln dollarga yaqin bo‘lib, bunga Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarining homiylik mablag‘lari jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

    Bu yilgi qabul uchun qancha kvota ajratilgan?

    2020/2021 o‘quv yili uchun universitetga 6 ta ta’lim yo‘nalishlari va 4 ta mutaxassisliklar bo‘yicha 240 ta kvota ajratildi. Shundan 200 tasi – bakalavriat, 40 tasi – magistratura bo‘yicha. Bitiruvchilar Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarda ish bilan ta’minlanadi. Ushbu jadvalda hammasi batafsil keltirilgan:

     

    Bundan tashqari, qabul jarayoni yana-da kulayroq bo‘lishi uchun “Call-markaz” tashkil qildik, mutaxassislar ajratdik. Lekin abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishga bakalavrit uchun joriy yilning 20-iyuligacha, magistratura uchun esa 30-iyulga qadar muddat belgilanganini eslatib o‘tmoqchiman.

    Bu yil birinchi talabalarimizni qabul qilamiz. Shu sababli hayajonimiz ham, mas’uliyatimiz ham yetarlicha. Geologiya fanlari universiteti kelgusida sohaga yuqori malakali, ilmiy salohiyatli mutaxassislarni tayyorlab berishi, yurtimizda yangi konlarning ochilishi va tabiiy boyliklarimizning xalqimiz manfaati uchun xizmat qilishiga o‘z hissasini qo‘shadi degan umiddaman.

    Abituriyentlarga esa imtihonlarda omad tilab qolaman!

    Reklama huquqi asosida.

    08.07.2020, 12:00   Izoh (0)   64815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    The Tower Build xonadonlarni foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilishni taklif qiladi!

    08.07.2020, 09:00

    Yaxshi kredit tarixiga egamisiz? Endi sizga yanada qulay!

    07.07.2020, 15:00

    “O‘zbegim eshiklari” xonalararo eshik tanlashda birinchi yordamchi!

    07.07.2020, 09:00

    Mirabad Avenue m² 13 300 000 so‘m bo‘lgan apartamentlar sotuvini boshlaydi

    06.07.2020, 15:00

    ACIBADEM’da bolalar neyrojarrohligi: muvaffaqiyat omillari

    06.07.2020, 09:00

    Britaniya menejment universiteti Sardobadagi favqulodda vaziyatdan aziyat chekkan abituriyentlar uchun grant joylarni taqdim etadi

    03.07.2020, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Hindiston bizdan bir tomchi suvimizni ham tortib ololmaydi” — Pokiston Bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 10:05

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:46

    La Liganing 2025/26-yilgi mavsumida “Barselona” g‘alaba qozonadi — Opta

    Sport | 13 avgust, 09:34

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsda qanday saqlanadi?

    Dunyo | 13 avgust, 09:33

    Qo‘qonda 120 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:15

    Oq uyda ishlagan, Oksfordni bitirgan, ilmiy daraja olgan: Gollivudning eng aqlli aktyorlari

    Kino | 13 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.