• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tibbiyot tashkilotlarining retsept yozish tartibiga oid nizom tasdiqlandi

    Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan, Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nizomga ko‘ra, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha tibbiyot tashkilotlarida bemorga majburiy tartibda xalqaro patentlanmagan nom bo‘yicha retsept yozilishi lozim.

    Bemorga bir vaqtning o‘zida 5 va undan ortiq dori vositalari (dori vositalarining turidan qat’i nazar) tayinlanganda buning asosliligi tibbiyot tashkilotlarining bo‘lim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelishilishi lozim.

    Asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud bo‘lganda ham shunday tartibga amal qilinadi.

    Tayinlangan dori vositalarining asosliligi bemorning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd etilishi va ushbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovchi shifokor hamda yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan ham imzolanishi lozim.

    Retseptda dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi, tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qo‘llash usuli esa davlat tilida ko‘rsatilishi shart. Zarur hollarda retsept malakali tarjimani ta’minlagan holda bemor tushunadigan boshqa tilda yozilishi mumkin.

    Har bir tibbiyot tashkilotidagi davolovchi shifokorlarga retsept blankalari ushbu muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadigan javobgar shaxs tomonidan, dam olish va bayram kunlari, shuningdek, tungi vaqtlarda esa tibbiyot tashkilotining mas’ul navbatchi shifokori tomonidan beriladi.

    Davolovchi shifokor tomonidan quyidagi holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylashtirilishi taqiqlanadi:

    • mijozning tibbiy ko‘rsatmasi bo‘lmagan holatlarda;
    • O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalariga (orfan dori vositalari bundan mustasno);
    • faqat tibbiyot tashkilotlarida qo‘llashga mo‘ljallangan dori vositalari, shu jumladan, narkoz vositasi sifatida ishlatiladigan dori vositalariga.
    Retsept O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi chap burchagida tibbiyot tashkilotining nomi va manzili tegishli shtamp qo‘yilgan holda ko‘rsatilishi, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilganda esa qo‘shimcha ravishda retseptning yuqori qismi o‘ng burchagida ushbu muassasaning faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha berilgan litsenziyaning tartib raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatilishi lozim.

    Retseptda “Ichish uchun”, “Ma’lum”, “Qoida tariqasida” va boshqa shu kabi qisqartma so‘zlardan foydalanish man etiladi.

    Retseptda ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniq va tushunarli tarzda to‘ldirilishi, unda o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

    Bemorga dori vositalarini shoshilinch ravishda yoki zudlik bilan berish zarur bo‘lgan taqdirda, retsept blankasining yuqori qismiga “cito” (shoshilinch) yoki “statim” (zudlik bilan) belgisi qo‘yiladi.

    Retsept davolovchi shifokorning imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bu talab elektron retseptga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Retseptlar davolovchi shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qiladi.

    Kasalligi surunkali bo‘lgan bemorlar uchun ambulatoriya sharoitida kasalliklarning xalqaro tasnifi ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda asosiy farmakologik ta’siriga ko‘ra anabolik faolligi bilan ajralib turadigan dori vositalariga retsept berilganda davolovchi shifokor tomonidan istisno tariqasida retseptda ularning 60 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori, qolgan tayyor dori vositalariga esa 90 kunlik davolash kursiga yetarli miqdori ko‘rsatilishi mumkin.

    Bunda, retseptda dorixonadan dori vositalarini berish davri (har hafta, har oy va boshqalar) ko‘rsatilishi shart. Qog‘oz ko‘rinishidagi retsept “maxsus maqsadlar uchun” yozuvi bilan davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi, elektron retseptlarga esa “maxsus maqsadlar uchun” belgisi va elektron raqamli imzo qo‘yiladi.

    Ushbu n izomda belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan qog‘oz ko‘rinishidagi yoki elektron retsept haqiqiy emas deb hisoblanadi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentning 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga dori vositalari retseptini yozish bo‘yicha qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etilishi belgilangan.

    Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vaziriga 4 nafar o‘rinbosar tayinlandi. Elmira Bositxonova yana vazirlik tizimiga qaytdi

    06.07.2020, 09:56   Izoh (0)   31555
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda mashinada mast holatda uxlab qolgan ayolning 1 mln so‘mlik telefonini o‘g‘irlagan o‘quvchi qiz jarimaga tortildi

    06.07.2020, 07:38

    “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yangi tahrirda chop etildi. Unga nou-xau, internet, sayt, diler kabi yangi so‘zlar ham kiritilgan

    06.07.2020, 06:37

    O‘zbekistonda 5-iyul kuni 312 kishida koronavirus aniqlandi. Uch kishi vafot etdi

    06.07.2020, 00:03

    O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 10 ming nafardan oshdi

    05.07.2020, 23:56

    Toshkentda 49 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 34 nafarga yetdi

    05.07.2020, 23:26

    Toshkent hayvonot bog‘ida 33 ta flamingodan iborat pavilyon ochildi (foto)

    05.07.2020, 22:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.