• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda sement “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilinishi mumkin

    O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Bu boradagi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

    Foto: “Trend.az”

    Foto: “Trend.az”

    Qaror loyihasida ta’kidlanishicha, bu orqali tadbirkorlarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan uzluksiz ta’minlash ko‘zda tutilgan.

    “Yashil yo‘lak” tizimi orqali kirib keladigan sementning bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi tartiblarning birini qo‘llash orqali amalga oshirilishi mumkin:

    • sement to‘pi bojxona chegarasiga kelguniga qadar import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ixtiyoriylik asosida uning namunalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organiga taqdim etiladi, bunda mahsulotning erkin muomalaga chiqarilishi tegishli muvofiqlik sertifikati olingandan so‘ng amalga oshiriladi;
    • oxirgi o‘n ikki oy davomida berilgan muvofiqlik sertifikati asosida (amal qilish muddatidan qat’i nazar) sement bojxona chegarasiga olib kelingandan so‘ng “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida mahsulotni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun berilgan arizaning sertifikatlashtirish organi tomonidan qabul qilinishi va sinovlar o‘tkazish uchun shartnoma tuzilishi mahsulotning erkin muomalaga chiqarilishiga asos bo‘ladi, bunda laboratoriya sinovlarining natijalariga ko‘ra sinov bayonnomasi beriladi;
    • sertifikatlashtirish organi bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida sementni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi sertifikatlashtirish organi tomonidan davriy ravishda laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi.
    Shu bilan birga, laboratoriya sinovi natijalariga ko‘ra, sement belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, bu to‘g‘risida bir kun muddatda sertifikatlashtirish organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt va tegishli davlat organlari xabardor qilinadi.

    Bunda, belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan sement realizatsiya qilingan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushum xaridorlarga qaytariladi yoxud xaridorlarni aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda respublika budjetiga olib qo‘yilishi rejalashtirilgan. Ushbu ikki holat bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti ko‘rsatma beradi.

    “Belgilangan talablarga nomuvofiq deb topilgan sementni olib kirgan xo‘jalik yurituvchi subyekt olti oy muddat davomida ushbu mahsulotni olib kirishda ‘yashil yo‘lak’ tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti bergan ko‘rsatmani bajarmaganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.

    Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgan sementni realizatsiya qilish natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar, sementni import asosida olib kirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan sud tartibida undirilishi ko‘zda tutilgan.

    Qaror loyihasiga ko‘ra, talablarga javob bermaydigan sementni import qilgani uchun tadbirkorlar quyidagi miqdordagi jarimalarga tortilishi rejalashtirilmoqda:

    • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga javob bermaydigan sementni olib kirganlik uchun xo‘jalik subyektlarga bojxonada rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan mahsulot qiymatining 25 foizi, ushbu holat takroran sodir etilganda 50 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
    • mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga javob bermaydigan sementni realizatsiya qilganlik uchun sotilgan sement to‘pining qiymatidan 25 foizi, ushbu holat takroran sodir etilganda 50 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
    • sertifikatlashtirish organi sementning muvofiqligini baholash qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda, mazkur holat yuzasidan ko‘rsatilgan xizmat qiymatining 5 barobari va ushbu holat takroran aniqlanganida 10 barobari miqdorida ushbu sertifikatlashtirish organiga jarima qo‘llaniladi, shuningdek, olti oy mobaynida sementning muvofiqligini baholashga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Ushbu jarima mablag‘lari Moliya vazirligi g‘aznachiligida ochilgan budjetdan tashqari hisob raqamiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

    “ ‘O‘zstandart’ agentligi huzuridagi departamentga mahsulotlarni nazorat tartibida xarid qilish va ularni laboratoriya sinovlari xarajatlarini jarima mablag‘lari hisobidan qoplashga ruxsat etilsin”, — deyiladi xabarda.

    Qaror loyihasining muhokamalari 20-iyulga qadar davom etadi.

    Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 23-apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi, may oyining oxirlarida esa sement importiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonning sement ishlab chiqarish quvvati 2020-yil oxirida 20 mln tonnadan oshishi kutilmoqda

    06.07.2020, 12:41   Izoh (0)   34388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    06.07.2020, 11:11

    O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda turli shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi

    06.07.2020, 10:56

    Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda virus qurbonlari soni 35 nafarga yetdi

    06.07.2020, 10:20

    Andijonda 60 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 10 143 nafarga yetdi

    06.07.2020, 10:07

    O‘zbekistonda tibbiyot tashkilotlarining retsept yozish tartibiga oid nizom tasdiqlandi

    06.07.2020, 09:56

    Buxoroda mashinada mast holatda uxlab qolgan ayolning 1 mln so‘mlik telefonini o‘g‘irlagan o‘quvchi qiz jarimaga tortildi

    06.07.2020, 07:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Gonsalo Garsiya bilan yangi shartnoma imzolaydi

    Sport | 6 avgust, 11:16

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 6 avgust, 11:05

    Kinotavsiya: sevib tomosha qilinadigan 7 ta fransuz komediyasi

    Kino | 6 avgust, 10:58

    Raqobat qo‘mitasi Yandeks Market reklamasi ishi bo‘yicha Uzum Market foydasiga qaror chiqardi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:45

    Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:24

    Generallar Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashiga va’da berdi — Reuters

    Dunyo | 6 avgust, 10:08

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Shou-biznes | 6 avgust, 09:58

    “Manchester Siti” himoyachisi Vitor Reys faoliyatini La Ligada davom ettiradi

    Sport | 6 avgust, 09:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.