Italiyalik taniqli kompozitor Ennio Morrikone 91 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi TJournal.

Foto: Reuters

Kompozitor o‘limidan bir necha kun avval yiqilib tushgan, hamda tos suyagini sindirib olgan. Yiqilish asoratlari keksa san’atkorning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Morrikone ko‘plab Gollivud filmlariga musiqalar yozgani bilan mashhur.

Uning musiqalaridan “Professional”, “Yaxshi, yomon, badjahl”, “Pianinochi haqida afsona”, “Ozod qilingan Jango”, “Jirkanch sakkizlik” kabi filmlarda foydalanilgan.

“Jirkanch sakkizlik” filmi uchun yaratgan musiqasi 2016-yilda “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Morrikone 2007-yilda kinematografiya sohasidagi xizmatlari uchun mukofotlangan.

Afsonaviy kompozitor 2011-yilda Toshkent shahrida ham konsert bergan. U o‘z jamoasi bilan “Mahallada duv-duv gap” filmi musiqasini ijro etgan.