Eau de Space atiri formulasini o‘n yil avval astronavtlar mashg‘ulotlari hamda ularni parvozga tayyorlash uchun ishlab chiqishgan.

Foto: NASA

Ushbu vazifani kimyoviy olim va Omega Ingredients kompaniyasi asoschisi Stiv Pirs o‘z zimmasiga olgan. U 2012-yilda atirning zamonaviy versiyasini ishlab chiqquniga qadar to‘rt yil davomida turli tajribalar o‘tkazgan.

Atir shirin hidga ega. Astronavtlar Eau de Space hidini porox, biroz kuygan steyk, malina va rom hidining aralashmasi, deb tavsiflaydi. NASA ekspertlarining ta’kidlashicha, bu hidni ta’riflash qiyin.

Atir 2020-yilning oktabridan boshlab, ommaviy tarzda ishlab chiqariladi. Uning narxi 15 dollar bo‘ladi.