Anjelina Joli ijtimoiy tarmoqqa farzandlari bilan birga istiqomat qiladigan uyi suratlarini joyladi. Bu haqda SM-News xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, derazalaridan shahar manzarasini ko‘rish mumkin bo‘lgan Los-Anjelesdagi uy aktrisa tomonidan bir necha yil avval xarid qilingan bo‘lib, qayta ta’mirlangan hamda modernizatsiya qilingan.
Ta’mirlash ishlari davomida uyning eski uslubi qisman saqlab qolinib, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Jolidan avval ushbu uyda rejissor Sesil Demill 1959-yilga qadar yashagan.
Hududida hovuz, sayr uchun park bo‘lgan uy ikki qavatdan iborat bo‘lib, unda oltita yotoqxona, 10 ta yuvinish xonasi, kutubxona va mehmonxona bor.
Mehmonlar uchun mo‘ljallangan alohida xona, mashg‘ulot zali va garaj ham o‘rin olgan uy maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Anjelina Joli ushbu hashamatli uyida 6 nafar farzandi bilan birga yashaydi.
Izoh (0)