O‘zbekistonda 4-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 kishiga ko‘payib, 9611 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 44 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida,
  • 66 nafari Toshkent shahrida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Shuningdek, Toshkentdagi 2-son Respublika klinik shifoxonasida 53 nafar va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 2 nafar, jami 55 bemor tuzalib, O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 6306 nafarga yetdi (65 foiz).

Hozirda mamlakatda 3275 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Shu paytga qadar 30 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.