Ushbu taomni kechki ovqatga iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Tayyor chuchvaralar (odatiy retsept bo‘yicha tayyorlashingiz mumkin) — 509 gr
- Piyoz — 1 ta
- Pomidor — 2 ta
- Sarimsoq piyoz — 1 ta
- Pishloq — 80 gr
- Tomat pastasi — 240 ml
- O‘simlik yog‘i — 5 osh qoshiq
- Tuz, shakar, murch
- Mayda to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoqni o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
- Ikki daqiqadan keyin pomidor va tomat pastasiga suv qo‘shib sharbat holatiga keltirib qo‘shing.
- Tuz, murch, shakar soling.
- Chuchvaralarni suvda pishirib oling.
- Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan idishga sousning uchdan ikki qismini soling.
- Ustiga chuchvaralarning teng yarmini soling, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shing.
- Avval sousning qolgan qismini, keyin bo‘lsa chuchvaralarning yarmini solib yana pishloq seping.
- Zarli qandolat qog‘oz bilan idish ustini yoping va 180 daraja qizigan pechga 25-30 daqiqaga qo‘ying.
Mavzuga doir:
- Jaziramada kechki ovqat uchun “okroshka” tayyorlang
- Nonushtaga shokoladli sirnik tayyorlang
- Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz
- Foydali va mazali grekcha salat tayyorlaymiz
- Uy sharoitida moxito ichimligini tayyorlaymiz
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept
Izoh (0)