Eslatib o‘tamiz, “Remdesivir” 1-may kuni AQShda COVID-19’ni davolash uchun favqulodda ma’qullangan. U o‘z davrida Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan edi. Lekin u paytda samarali ekanligini isbotlay olmagan. Keyinchalik mazkur dori RNK tuzilishi koronavirusnikiga o‘xshash Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) va SARS-CoV atipik pnevmoniyasiga qarshi davolashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.

Preparat Amerikaning Gilead Sciences biofarmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.