GiveMeSport portali 2000-yildan beri eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar reytingini tuzdi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni 439 ta o‘yinda o‘z darvozasini daxlsizligini saqlab qola olgan “Real” va “Portu” sobiq darvozaboni Iker Kasilyas egalladi. Ikkinchi o‘rindan 420 ta o‘yin bilan “Yuventus” posboni Janluiji Buffon joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Chelsi” va “Arsenal” sobiq darvozaboni Petr Chex (391 ta o‘yin) yakunlab berdi.
Eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar top-10 ligi:
1. Iker Kasilyas — 439 ta o‘yin
2. Janluiji Buffon — 420
3. Petr Chex — 391
4. Pepe Reyna — 343
5. Manuel Noyer — 327
6. Igor Akinfeyev — 316
7. Andrey Pyatov — 269
8. Edvin van der Sar — 266
9. Viktor Valdes — 260
10. Mikael Landro — 253.
Izoh (0)