• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev bo‘sh turgan obyektlar to‘g‘risida qaror imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deya xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

    Qarorga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatmayotgan, ishlatilmay turgan noturar obyektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tashkil etilmoqda.

    Markaz direktori Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari hisoblanadi.

    Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda:

    • mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha toifadagi bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish;
    • bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan, davlat mulki obyektlarini ijaraga berishni tashkil etish;
    • ijaraga berilgan davlat mulki obyektlari va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish;
    • ijaraga berilgan davlat mulki obyektlaridan maqsadli foydalanilishi, ularning saqlanishi, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
    • davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
    • davlat muassasalari (korxonalari)ga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki obyektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini Markaz tasarrufiga o‘tkazish;
    • Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obyektlarini buzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
    • bo‘sh turgan xususiy mulk obyektlarini ularning mulkdorlari ixtiyoriga ko‘ra ijaraga berilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish.
    Qayd etilishicha, Markaz davlat boshqaruvi organi hisoblanib, o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha davlat organlaridan, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur bo‘lgan axborot va materiallarni so‘rab olishga haqli.

    Markazning jami xodimlar soni 309 nafarni tashkil etadi.

    Markaz agentlikning tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

    Markaz va hududiy boshqarmalar xodimlari o‘z vazifalari doirasida bo‘sh turgan obyektlarga to‘sqinliksiz kiradi va ko‘zdan kechiradi. Bunda, xususiy mulk obyektlariga kirish va ularni ko‘zdan kechirish tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi;

    Markaz bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan har yili 1-aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi. Bo‘sh turgan obyektlar haqidagi ma’lumotlarni esa, rasmiy veb-saytida joylashtiradi va har oyda yangilab boradi.

    Hududiy boshqarmalar xodimlari tuman (shahar)larning har bir mahallasiga biriktiriladi hamda vakolati doirasida mahalla hududida joylashgan bo‘sh turgan obyektlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi.

    Bo‘sh turgan obyektlar ro‘yxati Markaz tomonidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga kiritib boriladi.

    Markazning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi doimiy ravishda bo‘sh turgan obyektlarni aniqlab, ularni Markaz va hududiy boshqarmalarga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib borish choralarini ko‘radi.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda buzilishga tushgan noturar joy obyektlari uchun bino va yer ajratish tartibi muhokamaga qo‘yildi
    • Toshkent markazidagi “sotixi tillaga teng” yerlar nol qiymatda makaron korxonasiga berib yuborilayotgani rad etildi
    • Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
     

    02.07.2020, 18:34   Izoh (0)   34279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston davlat gerbi qabul qilinganiga 28 yil to‘ldi

    02.07.2020, 18:10

    Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi

    02.07.2020, 17:37

    Toshkentda aholi orasida 47 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlar soni 9 mingga yaqinlashdi

    02.07.2020, 17:13

    Koronavirus sababli O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 15 foizga ko‘tarildi

    02.07.2020, 16:54

    O‘qituvchilar endi hujjatlardan faqat sinf jurnalini to‘ldiradi

    02.07.2020, 15:14

    Hindiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

    02.07.2020, 14:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sun’iy ravishda narxni oshirib, keyin arzonlashtirib ko‘rsatish man etiladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 10:02

    Germaniya va Italiya AQSHdagi oltin zaxirasini qaytarib olishi mumkin

    Dunyo | 24 iyun, 09:47

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 09:39

    Lida 80 yoshda: Natalya Seleznyova qanday qilib sovet komediyasining qirolichasiga aylandi?

    Layfstayl | 24 iyun, 09:34

    O‘zbekistonda 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 09:26

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter Mayami” keyingi bosqichga yo‘l oldi. “Portu” — “Al-Ahli” bahsida “gollar otishmasi” yuz berdi (video)

    Sport | 24 iyun, 09:16

    Isroilning G‘azoga hujumida 43 nafar falastinlik halok bo‘ldi

    Dunyo | 24 iyun, 09:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.