• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 1-iyul kuni 278 kishida koronavirus aniqlandi. Qashqadaryoda kasallikdan ilk o‘lim holati qayd etildi

    O‘zbekistonda 30-iyun soat 23:30 dan 1-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 278 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘qqizinchi kun kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda. Bir kun ichida 278 kishida kasallik aniqlanishi rekorddan keyingi ikkinchi natija hisoblanadi. Bir kun avval 281 kishida kasallik aniqlanib, yangi rekord o‘rnatilgandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 8781 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 218 nafari karantin muassasalarida;
    • 50 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 35 nafar, Buxoro viloyatida — 5 nafar, Sirdaryo viloyatida — 5 nafar, Xorazm viloyatida — 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 nafar);
    • 10 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Sirdaryo viloyatida — 8 nafar, Toshkent viloyatida — 2 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 8 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 5 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida yangi kasalliklar aniqlanishi bir kun avvalgiga nisbatan 2 baravarga ko‘paydi.

    Toshkent shahrida aniqlangan 61 ta holatdan 35 tasi aholi orasida, 26 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlandi. Toshkent yana aholi orasida eng ko‘p koronavirus aniqlangan hudud bo‘ldi. Iyun oyining 30 kunidan 21 tasida poytaxt bu borada yetakchilik qilgandi. Poytaxtda 4-iyundan buyon uzluksiz ravishda aholi orasida kasallik aniqlanadi.

    Sirdaryo viloyatida 18 ta yangi holat aniqlandi. Ulardan 8 tasi xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida, 5 nafari karantindagilar orasida va 5 nafari aholi orasida qayd etildi. Viloyatda 23 va 26-iyun kunlari ham karantindagilar, ham aholi orasida, ham xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida kasallik aniqlangandi. Sirdaryoda o‘tgan oyda 1, 10, 14, 21, 23, 26, 27 va 28-iyun kunlari ham aholi orasida kasallik qayd etilgandi.

    Samarqand viloyatida aniqlangan 11 ta holatning barchasi karantindagilar orasida qayd etildi. Viloyatda 10 kun ichida kasallanganlar soni 51 nafarga ko‘paydi. 23-iyunda 3, 24-iyunda 14, 28-iyunda 4, 29-iyunda 2 va 30-iyun kuni 17 kishida kasallik aniqlangandi.

    Buxoro viloyatida qayd etilgan 9 ta holatning 4 tasi karantindagilar orasida, 5 tasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda 2, 5, 10, 12, 14, 15, 16, 17, 21, 26, 27 va 29-iyun kunlari ham yangi kasallanish holatlari qayd etilgan, ushbu kunlar ichida 15-iyundan boshqa barcha kunlarda aholi orasida koronavirus aniqlangan. 29-iyun kuni Shofirkon tumanida yashovchi 58 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgan va u Buxoroda kasallik oqibatida vafot etgan birinchi bemor bo‘lgandi. Hozirda viloyatning Vobkent, G‘ijduvon, Jondor va Shofirkon tumanlari “qizil” hudud hisoblanadi. Ikki kundan buyon viloyatda avtobuslar harakati noma’lum muddatga qadar to‘xtatilgan.

    Xorazm viloyatida aniqlangan 7 ta holatdan 3 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 4 tasi aholi orasida qayd etildi. Viloyatda 5 kundan buyon yangi kasallanish holatlari qayd etilmayotgandi. Umuman olganda, Xorazmda oxirgi vaqtlarda kasallik aniqlansa, kamida 10 kishida koronavirus chiqayotgandi. 15-iyun kuni 10 kishida, 19-iyun kuni 12 kishida, 20-iyun kuni 13 kishida,  23-iyun kuni 14 kishida, 26-iyun kuni esa 22 kishida koronavirus aniqlangandi.

    Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida 2 ta holat qayd etildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan bitta holat aholi orasida aniqlandi. Qoraqalpog‘istonda 28-iyun kuni yarim oy ichida birinchi marta aholi orasida yana kasallik qayd etilgandi. Shundan so‘ng Nukus shahrida karantin choralari kuchaytirilishi ma’lum qilingandi.

    Qashqadaryo viloyatidagi yagona holat karantindagilar orasida aniqlandi.

    Kasallikdan davolanish

    1-iyul davomida tibbiyot muassasalarida 165 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning 126 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida va 7 nafari Samarqand viloyatidagi shifoxonalardan tuzalib chiqdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8781 nafar bemordan 5847 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich 29-iyundan buyon o‘zgarmayapti.

    17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunda ularning soni 2000 nafardan oshdi, 28-iyunga kelib esa shifoxonadagi bemorlar soni 2500 nafardan ham oshdi. Hozirga kelib Toshkent shahridagi bemorlarning o‘zi 2500 nafardan oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 2907 nafar bemordan 2546 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 361 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Jizzaxda 5, Qoraqalpog‘istonda 9, Namanganda 13, Xorazmda 23, Buxoroda 25, Andijonda 28, Surxondaryoda 32, Navoiyda 43, Samarqandda 60 va Qashqadaryoda 123 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi. Davolanish bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlar Jizzax (30 foiz) va Qashqadaryo (37 foiz) viloyatlariga tegishli bo‘lib turibdi. Samarqand viloyati koronavirusdan davolanganlar soni 400 nafar va undan oshgan Toshkent va Buxorodan keyingi uchinchi hudud bo‘ldi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. ismli erkak 7-iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga borib, 12-iyun kuni Toshkent—Qarshi yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdida yashash manziliga qaytgan. 15-iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

    Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan.

    29-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

    Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

    SSV 64 yoshli erkakda qaysi kuni koronavirus tasdiqlangani va u qaysi kuni vafot etganini yozmagan, biroq bemor shifoxonaga murojaat qilgan 29-iyun va undan keyingi kun — 30-iyunda viloyatda bironta ham yangi holat qayd etilmagandi. 1-iyul sanasida esa soat 17:00 dan soat 23:30 gacha bo‘lgan oraliqda Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida 1 kishida virus aniqlangani xabar berildi. Eslatib o‘tamiz, SSV koronavirusdan yuz bergan o‘lim holatlarini har doim ham o‘sha kundayoq bermaydi. 20-bemorning o‘limi 5 kun o‘tib, 21-bemorning o‘limi 2 kun o‘tib e’lon qilingandi.

    Qashqadaryolik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 27-bemor bo‘ldi. Bu Qashqadaryo viloyatida koronavirusdan ilk o‘lim holati bo‘ldi. Bungacha Toshkent shahrida 14, Namanganda 4, Samarqandda 2, Surxondaryoda 2, Jizzaxda 2, Farg‘onada 1 va Buxoroda 1 nafar bemor vafot etgandi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2907 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 21, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 5 nafarni tashkil etayotgandi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 40 311 nafar, statsionar karantinda esa 24 576 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 93 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 408 nafarga ko‘paydi.

    02.07.2020, 00:10   Izoh (0)   122829
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana 110 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 8781 nafarga yetdi

    02.07.2020, 00:03

    Qashqadaryoda 64 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. U ikki hafta uyida davolanishga uringan

    01.07.2020, 23:55

    Buxoroda o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘lgan yo‘l qismiga radar o‘rnatiladi

    01.07.2020, 23:47

    Qimmat virus blokator virusdan qay darajada himoya qilishi haqida ma’lumot berildi

    01.07.2020, 23:36

    Ozoda Nursaidova Sardoba falokatida jabr ko‘rgan cho‘ponga ham uy hadya qildi (foto)

    01.07.2020, 23:24

    O‘zbekistonda yana 110 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlar soni 5847 nafarga yetdi

    01.07.2020, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga buyruq berdi

    Dunyo | 5 avgust, 13:42

    Oyoq va qo‘llar muzlashi nimadan darak beradi? Kardiolog ogohlantiradi

    Salomatlik | 5 avgust, 13:33

    Neymar: “Tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachi — Andres Inyesta”

    Sport | 5 avgust, 13:32

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 13:14

    Londonda 10 mln dollarlik Samsung telefonlari o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 5 avgust, 13:10

    O‘zbekistonda “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rekord yangilandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:56

    Rossiya armiyasi Xarkovdagi vokzalga hujum qildi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 12:39

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbari maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka doir maxsus tadbirda qatnashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:31

    “Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

    Dunyo | 5 avgust, 12:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.