O‘zbekistonda 2020-yil 1-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 44 nafarga ko‘payib, 8671 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 14 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida,
- 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 9 nafari aholi orasida),
- 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi),
- 2 nafari Buxoro viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida),
- 9 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.
Hozirda mamlakatda 2908 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)