NASA koronavirusni yuqtirmaydigan taqinchoq taqdimotini o‘tkazdi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: NASA

Koronavirusga qarshi taqinchoq vibratsiya orqali uni taqqan inson yuziga teginayotganidan ogohlantiradi. Taqinchoqda maxsus datchik bo‘lib, u qo‘lning yuzga yaqinlashganini sezadi.

Bo‘yinga taqishga mo‘ljallangan taqinchoqda kichik motorcha o‘rnatilgan, u vibratsiyani yuzaga keltiradi. Shu tariqa ishlab chiqaruvchilar odamlarga yuziga teginmaslikka yordam bermoqchi.

Foto: NASA

Foto: NASA

COVID-19’ organizmga ko‘proq ko‘z, burun va og‘iz orqali yuqadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, taqinchoq koronavirusdan himoyalanishda yordamchi vosita bo‘lib, u tibbiy niqob hamda boshqa himoya vositalarining o‘rnini bosa olmaydi.

Qayd etilishicha, taqinchoq 3D-printerlar yordamida turli model va ranglarda yaratiladi.