Turinning “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining yangi soch turmagini ko‘rsatdi.

Suratga u “Yuventus”dagi jamoadoshi Xuan Kuadrado bilan birga tushgan.

Foto: Instagram

“Yangi ko‘rinishim haqida qanday fikrdasiz, ukamnikiga o‘xshashmi?” — deb izoh qoldirgan Ronaldu Instagram’dagi sahifasida.

Ronaldu 2018-yilning yozida 117 million evaziga “Real”dan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgandi. Bu mavsumda 35 yoshli hujumchi Italiya chempionatining 24 o‘yinida maydonga tushib, 23 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

“Yuventus” 28-turdan so‘ng 69 ochko to‘plagan holda A Seriyada 1-o‘rinni egallab turibdi.