Germaniya futbol ittifoqi yozgi transferlar oynasi muddatlariga oydinlik kiritdi.

Foto: Twitter

Transfer oynasining birinchi bosqichi 1-iyul kuni ochiladi va bir kun davom etadi. Bu muddat ichida klublar avvalroq kelishuvga erishgan futbolchilarni rasmiylashtiradi.

Ikkinchi muddat esa 15-iyuldan 5-oktabrga qadar davom etadi.

Shu tariqa Germaniya futbol ittifoqi transferlar oynasini yopish muddatlari bo‘yicha UEFA tavsiyasiga amal qiladigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi 2020/21-yilgi mavsumi uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish 2020-yilning 6-oktabriga qadar amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!