O‘zbekistonda 29-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 168 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlardan so‘ng koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8199 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
- 151 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 9 nafari Buxoro viloyati (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida);
- 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
- 1 nafari Jizzax viloyatida karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
Shifoxonalarda 2750 nafar bemor davolanmoqda. 15-martdan buyon koronavirus asoratlaridan 22 kishi vafot etgan.
Izoh (0)