• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Karantinning kuchayishi, o‘zimizning Volkswagen Caddy, Behbudiy stipendiyasi

    Ancha salqin ob-havoli hafta ham yakuniga yetmoqda. Biz hafta yangiliklarini o‘quvchilar uchun saraladik. Dayjestni boshlaymiz.

    Ma’lumki, Rossiya Federatsiyasi 9-may kuni o‘tkazishi rejalashtirilgan harbiy parad koronavirus pandemiyasi sababli 24-iyunga surilgan edi. 1945-yilda ham g‘alabaning birinchi markaziy paradi 24-iyunda o‘tkazilgan. Ushbu tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Ta’kidlanishicha, bo‘lib o‘tgan paradda 13 ta davlatdan 225 ta harbiy texnika, 14 ming askar va ofitser qatnashdi.

    Shavkat Mirziyoyev Moskvada.

    Shavkat Mirziyoyev Moskvada.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Rossiya poytaxti osmonidan 55 samolyot va 20 ta vertolyot uchib o‘tdi. Moskvadagi G‘alaba paradida Shavkat Mirziyoyevdan tashqari boshqa davlat rahbarlari ham mehmon bo‘ldi. Ular orasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov, Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham bor edi.

    Shavkat Mirziyoyev tashrif mobaynida Moskva shahridagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi. Moskvadagi Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xiyobonga borib, u yerdagi o‘zbekistonliklar bilan salomlashdi va ustozi Islom Karimov poyiga gulchambar qo‘ydi.

    * * *

    O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar sonini 20 nafar deb bermoqchi edik. Biroq bugun koronavirusga chalingan shifokor dunyodan o‘tishi bilan o‘limlar soni 21 taga yetdi. So‘nggi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni o‘sa boshlashi bilan hukumat karantin choralarini kuchaytirishga kirishdi. Poytaxtda blokpostlar qayta tiklanadi. Mavjud ahvol yomonlashayotganini hisobga olib, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan “qizil” hududlarni blokpostlar o‘rnatgan holda mahalla, dahalar va ko‘chalar kesimida yopilishi, karantinga olingan fuqarolarning uyi oldida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilishi belgilandi, deb yozmoqda @davletovuz Telegram kanali.

    Yana bir yangilik shuki, chet eldan qaytganlar karantin nazoratini mehmonxonalarda o‘tkazishi mumkin. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoxud haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

    27-iyun kuni 255 kishida koronavirus aniqlandi. Beshta hududda aholi orasida kasallik qayd etildi. 27-iyun kuni koronavirusdan kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha ham rekord o‘rnatildi – 202 kishi uyiga kuzatildi. 2020-yil 28-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7 813 nafarni tashkil etmoqda.

    *  *  *

    O‘zbek avtomobil bozoriga nemis va chex mashinalari kirib kelmoqda. Bu borada prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, birinchi bosqichda 2020-yildan tayyor Volkswagen va Skoda’lar sotiladi. Ikkinchi bosqichda 2022-yildan Jizzaxda avtomobil ishlab chiqishga o‘tiladi. Qolaversa, mamlakatimizda Yevro-5 standartiga javob beradigan 40 dan ortiq avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari quriladi.

    Volkswagen.

    Volkswagen.
    Foto: “O‘zavtosanoat” AJ

    Xo‘sh, Volkswagen Caddy o‘zi qanaqa avtomobil? Yetti va besh o‘rindiqli bo‘lgan ushbu yo‘lovchi va yuk miniveni ham biznes yuritishga, ham oilaviy foydalanish uchun to‘g‘ri keladi. Tejamkor va texnologik (MPI) dvigatel 1,6 litr quvvatga ega, benzinda ishlaydi. Yoqilg‘i sarfi – shaharda 100 kilometrga 9,3 litr, trassada 100 kilometrga 6,1 litr.

    Bu yangilik “O‘zavtosanoat” monopoliyasidan xalos bo‘lish umidini uyg‘otmoqda. Albatta, ushbu zavodning ham taqdiri Peugeot-Citroen’niki kabi bo‘lmasa.

    * * *

    O‘zbekistonda biofizika faniga asos solgan akademik Bekjon Toshmuhamedov bu hafta 85 yoshida dunyodan o‘tdi. Bekjon Toshmuhammedov 1935-yil 27-yanvarda Toshkentda yozuvchi Oybek xonadonida tug‘ilgan. 1958-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. Toshkent davlat universitetida kichik ilmiy xodim, biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti, O‘zbekiston FA yadro fizikasi va biokimyo instituti biofizika laboratoriyasi mudiri bo‘lib ishlagan. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston FA Prezidiumi a’zosi bo‘lgan.

    Bek Oybekovich AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Daniya kabi mamlakatlarning bir necha xalqaro ilmiy markaz va akademiyalarining faxriy a’zosi edi. Shuningdek, u 90-yillarda siyosat bilan ham shug‘ullangan. Shavkat Mirziyoyev akademik Bekjon Toshmuhamedovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

    * * *

    27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Odatda, bu kuni jurnalistlarni yig‘ib tadbir o‘tkazilishi an’anaga aylangan. “Daryo” o‘zbek jurnalistlarining ish jarayonidagi rasmlarini to‘plab chop etdi. Shavkat Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiyani ta’sis etishni taklif qildi.

    Foto: “Ziyouz.uz”

    Prezident nutqida ayrim jurnalist va blogerlarimizda bilim va professional malaka, bahs madaniyati yetishmasligi haqida ham to‘xtaldi hamda “Biz bo‘lg‘usi jurnalistlarimiz chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tilimiz bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e’tibor qaratishimiz zarur”, dedi.

    “Daryo”da qoling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling. Karantin kuchaymoqda, zaruriy gigiyena talablariga rioya qiling.

    29.06.2020, 08:31   Izoh (0)   56604
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligiga oid yangi qarorni imzoladi

    29.06.2020, 08:02

    O‘zbekistonda 28-iyun kuni 266 kishida koronavirus aniqlandi. Ikki kishi koronavirus asoratlaridan vafot etdi

    29.06.2020, 00:18

    O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 22 nafarga yetdi

    29.06.2020, 00:14

    Davlat shaharsozlik kadastri geoportali funksiyalari namoyish etildi

    28.06.2020, 23:14

    Toshkentda 67 nafar, Qashqadaryoda 14 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 5300 nafardan oshdi

    28.06.2020, 22:23

    Qurilish vazirligi pudrat tashkilotlarining yangi reyting tizimi haqida ma’lumot berdi

    28.06.2020, 22:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.