• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Bolaga ingliz tilini o‘rgatishda qo‘l keladigan 5 tavsiya

    Farzandingiz til o‘rganishi uchun siz qanday yordam bera olasiz? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

    Foto: Steemit

    Foto: Steemit
    O‘yin orqali o‘rgating

    Agar farzandingiz 3-7 yosh oralig‘ida bo‘lsa, unda ingliz tilidagi multfilmlar qo‘yib berish, ingliz tilidagi joy, meva, ranglar nomi yozilgan o‘yinlar o‘ynatish tavsiya qilinadi. Online materiallardan foydalansangiz, birgalikda tomosha qiling. Masalan, videoda qizil rangni “red” deb aytsa, savol berish orqali bola xotirasiga mustahkamlanishiga ko‘maklashing. Mashina qanday rangda ekani, bu rang ingliz tilida nima deyiladi singari savollar berib, birgalikda shug‘ullansangiz, tezroq natija kuzatiladi. Maktab yoshidagi bolalar uchun geymifikatsiya — o‘yin mexanikasi yaxshi variant. Mashg‘ulot davomida ko‘rgazmali qurollar, suratlar, qo‘llanmalar, kartalardan foydalaning. Shug‘ullanish davomida yaxshi natija qayd qilsa, rag‘batlantiring.

    Istagi bilan bog‘​lab motivatsiya bering

    Bolajon 12 yosh bo‘lsa, demak, siz unga til o‘rganishi kerakligini jiddiyroq tushuntirishingiz mumkin, lekin murakkablashtirmang. Motivatsion usuldan foydalaning. Tilni yaxshi o‘rgansa, kelajakda o‘zi xohlaganidek mashina haydashini, sevimli futbol komandasi o‘yinini stadionning o‘zidan tomosha qilishini, sayohat qila olishi mumkinligini anglating. Bola psixologiyasidan kelib chiqib, yoqtirgan narsasi bilan hayotiy maqsadlarni bog‘lab, til o‘rgansa, o‘sha narsaga erisha olishi mumkinligini bildiring. Bolani vazifaga ko‘mib tashlab, majburlab o‘rgatishdan foyda yo‘q, asosiysi, qiziqtirib o‘zida xohish uyg‘onishiga sababchi bo‘ling, ammo nazorat qilib turishni yoddan chiqarmang.

    O‘ziga bo‘lgan ishonchini so‘ndirmang

    Sen hech narsani bilmaysan, o‘rgana olmaysan deb bolani sindirib qo‘ymang. Bunda himoya reaksiyasi ishga tushib, hafsalasi pir bo‘ladi, o‘qigisi kelmay qoladi. Biron xato qilsa, gap aynan nimada ekanini tushuntiring, kamchiliklari ustida ishlang va yana ko‘proq shug‘ullansa, bundan-da yaxshi natija qayd qilishini, unda bunga qobiliyat va salohiyat borligini bildiring.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shoshqaloqlik qilmang

    Til o‘rganish murakkab va uzoq jarayon ekanini yoddan chiqarmang. O‘yinqaroq, o‘z olamida yashaydigan murg‘ak bolakay uchun bu mehnat ekanini inobatga oling. Shug‘ullanish davomida oz bo‘lsa ham yaxshi ko‘rsatkich qayd qilsa, uni e’tirof etib, shu yo‘sinda davom etsa, hali o‘z ona tilisi singari gaplasha olishini ta’kidlang.

    Reja asosida yondashing

    Til o‘rganishni faqat o‘qituvchi yoki repetitorga tashlab qo‘ymang. Agar bola darsda o‘zini noqulay his qilsa, o‘qituvchidan bosim sezishini ta’kidlasa va eng asosiysi o‘sish kuzatilmasa, repetitorini o‘zgartiring. Agar mustaqil shug‘ullanadigan bo‘lsangiz, unda reja asosida ishlang, qachon ro‘zg‘or ishlaridan ortsangiz, esingizga tushib qolsa emas. Aynan bir kun va vaqtda, masalan, har seshanba va payshanba soat 6 da, yarim soat shug‘ullaning va ora-orada vazifalarni bajargan yoki yo‘qligini tekshirib turing. Materiallaringiz qiziq bo‘lishiga ham e’tiborli bo‘ling. Zerikarli mashqlar bilan band qilmasdan, inglizcha musiqa, video va kitoblardan foydalaning. Agar film ko‘rishni yaxshi ko‘rsa, yoshiga mos filmni ingliz tilidagi subtitri bilan qo‘yib bering. Ingliz tilidagi qo‘shiqni karaoke qiling va eng asosiysi o‘zingiz namuna bo‘ling. Mashg‘ulotdan boshqa vaqtda ham bilgan so‘zlarini takrorlang, suhbat quring va uydagi buyumlar nomini ingliz tilida aytishini iltimos qiling.

    Mavzuga doir:

    • Foto: Bolalik gashtini surish o‘rniga kattalardek mehnat qilayotgan norasidalar
    • Bolaga maktab tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 6 jihat

    29.06.2020, 20:40   Izoh (0)   19233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bolaga maktab tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 6 jihat

    29.06.2020, 09:48

    Shopogolizm: Keraksiz narsalarga pul sarflashning sabab va yechimlari

    25.06.2020, 15:47

    Ish samaradorligiga putur yetkazadigan 5 ta tonggi odat

    23.06.2020, 15:44

    Inson boshqalarga o‘zidan ko‘ra yaxshiroq maslahat berishining sababi nimada?

    17.06.2020, 11:29

    Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirish uchun 8 tavsiya

    14.06.2020, 14:33

    Ish samaradorligi oshishida yordam beradigan 6 tavsiya

    12.06.2020, 20:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Konate uchun “Liverpul”ga taklif tayyorladi

    Sport | 14 avgust, 13:35

    Germaniya Isroilga harbiy suvosti kemasi yetkazib beradi

    Dunyo | 14 avgust, 13:27

    Mobiuz’ni sotib olishga AQSH, Yevropa, Arab davlatlari qiziqish bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 13:09

    Tojikiston prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlandi — OAV

    Tojikiston | 14 avgust, 12:49

    Dunyoda birinchi marta is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 12:17

    Charlz Oliveyra Topuriya va Arman Sarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 14 avgust, 12:11

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim olish uchun chet elga borishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.