• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Komil Allamjonov: “Jurnalist ketaveradi, lekin muammo qolib ketyapti”

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov UzReport telekanaliga bergan intervyusida hokimlar, vazirlar va yuqori lavozimdagi amaldorlar “matbuotda o‘ylamay gapirib qo‘ygani oqibatida rezonansli holatlar” yuzaga kelgani to‘g‘risida o‘zining shaxsiy fikrlarini bildirdi.

    Kadr: UzReport

    Kadr: UzReport

    “O‘sha paytda Prezidentimiz bitta fikr aytganlar: ‘Erkin matbuot O‘zbekiston uchun yangilik. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan rahbarlar uchun ham yangilik. Davr ko‘rsatdiki, biz yaxshi, zamonaviy kadrlarni, ko‘nglimiz darajasida yetkaza olmadik, yarata olmadik. Demak hozir aynan shu kadrlarni yaratish va tarbiyalash davri. Men imkoniyat beraman hammaga: xato qilishga va o‘zini xatosi ustida ishlashga. Men boshqacha tarbiyalay olmayman ularni.

    Demak matbuot ochiq, biron bir amaldor xato qildimi, xatosi uchun o‘zi harakat qilsin, ishlasin va uni to‘g‘irlashni o‘ylasin. Har bitta odam matbuotda qilgan xatosi uchun ishdan ketsa, ertaga kelgan odam ham huddi shunday xatoni qilmaydi deb ishonch bilan ayta olmaymiz, chunki ‘pachkalab’ mana bu yerda poylab turgan ‘kadroviy zapasimiz’ yo‘q”, — deydi Allamjonov.

    U xato bilan xatoning ham farqi borligi, so‘zda xato qilish, bilmay gapirib qo‘yish yoki haqorat qilib qo‘yish boshqa boshqa xatolar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

    Hokimlar masalasida to‘xtalib: “Hokimiyatni o‘zini bitta oila deb hisobga oladigan bo‘lsak, oilani ichida kimdir shu ichki jarayondan yashirincha, uni so‘zlarini yozib olib internetga chiqarmoqda. Buning oqibatida, ularni o‘sha hissiyotlarga berilib gapirgan haqoratlari, so‘zlari chiqib kelyapti. Odamlarda ‘bu hokim mana shunaqa odam ekan, bunaqa odam ishlashi kerakmas bu lavozimda’ degan fikr shakllanmoqda”, — deydi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi.

    U masalaga rahbarning ko‘zlari bilan qarashni taklif etadi. “Biz, masalan, ishdan ketishi kerak deb hisoblagan hokimlarni nima uchun deb so‘rasangiz — haqorat qilgani uchun deysiz, yoki mana bunaqa so‘kingani uchun deysiz. Boshqa narsani bilmaymiz. Nima ish qildi, natijalari qanaqa, imkoniyatlari qanaqa, nima o‘zgarishlar qilayapti… Xodimga baho berish uchun shunday mezonlar bor. Masalan, biror-bir viloyat hokimi, prognoz ko‘rsatkichlarini bajaryaptimi? Bajaryapti. Soliqlar tushumini budjetga o‘z vaqtida bajaryaptimi? Bajaryapti. Xalq bilan uchrashyaptimi? Uchrashyapti. Odamlarni, masalan, muammosini hal qilib beryaptimi? Hal qilib beryapti. Qurilish yoki biror-bir investitsion loyihalarini a’lo darajada bajaryaptimi? Ha, bajaryapti. Lekin shunga yarasha o‘zini xodimlari bilan so‘kib, urishayotgan bir paytlardagi gapi chiqib ketib, keyin odamlar buni ishdan olib tashlagin deyapti desa”.

    “Masalan, meni dadam ham oilada o‘tirganimizda jahllari chiqsa koyishlari mumkin, so‘kinish holatlari bo‘lishi mumkin. Bu oiladagi ichki narsa. Har xil holat bo‘ladi. Lekin o‘sha payt agar men shuni diktofonga yozib olib chiqarib yuborsam, butun jamiyatda u kishi haqidagi fikr o‘zgaradi-qo‘yadi, keyin o‘zimizni oqlay olmaymiz. Bu ham xuddi shunaqa narsa”, — deydi Komil Allamjonov.

    Bunday paytda viloyat hokimlari nima qilishi mumkinligi to‘g‘risida gapirib, Allamjonov hokimlarning matbuot kotibi piar-strategiyasiya bo‘yicha to‘g‘ri ish tashkil qilishi kerak degan fikrni bildirdi.

    “Lekin bunday tajribasi bo‘lmagan hokimlarimiz qiyin ahvolda qolishmoqda. Ular bu jarayon bilan kurashish o‘rniga, jurnalistlar bilan kurashishyapti. Bu noto‘g‘ri. Keyin bitta muammo ikkinchi, uchinchi muammolarni keltirib chiqarishiga sabab bo‘lyapti. Prezident bunday masalalarga arqonni uzun tashlab, keng qarayaptilar. Boshqacha tarbiyalashning yo‘li yo‘q. Formulasi, retsepti juda oddiy: matbuotga o‘z vaqtida ma’lumotni berish kerak, matbuot qo‘ygan savolga vaqtida javob berish kerak, matbuot ko‘tarayotgan xalq dardini eshitib, o‘sha qilinayotgan xatoni to‘g‘irlash kerak vaqtida va uni hisobotini berib qo‘yish kerak. Bo‘ldi, shu, bizni xohishimiz”.

    “Lekin shu muammoni hal qilish o‘rniga jurnalistni quvlab ketib qolishyapti. Jurnalist ketaveradi, lekin muammo qolib ketyapti, xalq ko‘ryapti. Ertaga bu bo‘lmasa boshqasi telefoniga yozib olib chiqarib yuboradi. Hamma bloger. O‘zbekistonda 19 milliondan oshiq Telegram foydalanuvchilari bor. Bu yarim davlatdan ko‘pi. 60 foizdan ko‘prog‘i yoshlar. Hammani qo‘lida yeyishga noni yoki uyida televizori bo‘lmasligi mumkin, lekin qo‘lida telefon bor. Internet bor, Telegram bor. Mana sizga 19 million jurnalist va blogerlar. Har birida bloger bo‘lish vakolati bor. Unga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi”, — deydi Komil Allamjonov.

    U oddiy ishni og‘irlashtirmaslikka chaqirib: “Agarda mana bunaqa imkoniyatlarimiz kichkina va muammolarimiz katta bo‘lsa buni ham ochiq-oydin aytishimiz kerak. Umid bag‘ishlash kerak emas. Odamlarga aytish kerak, kechirasizlar, hozir biz bu ishni qila olmaymiz, mana bizni cho‘ntagimizdagi pulimiz, mana bu imkoniyatimiz. Lekin oradan mana shunaqa vaqt o‘tgandan keyin, buni rejaga kiritdik, buni bajaramiz. Odamlar tushunmaydimi?”, — deya ta’kidladi.

    “Eng yomoni — yolg‘on va’da berish. Yolg‘on va’da berma, samimiy bo‘l, cho‘ntagingdagi pulni ochiqchasiga ko‘rsat. Shunda sen uni samarali ishlatasan, kerakli joyga ishlatasan… Va keyin yana bitta katta asosiy masala borki, xo‘p, u keyinroq bo‘lsayam hozir nima qilishingni aytib qo‘y. Va o‘sha qilayotgan ishingni odamlar ko‘rsin. Bo‘ldi, juda oson”, — dedi mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi Vasiylik kengashi raisi.

    “Lekin shu narsani qilishmaydi, xohlashmaydi, kibrga berilganlari juda ko‘p. Va mana shunaqa qilib, o‘chakishib, matbuotni bo‘g‘amiz, buni oldirib tashla, buni yop… Iloji yo‘q! Biz bu bilan ularni o‘zimizga dushman qilib qo‘yamiz”, — deya xulosa qiladi Komil Allamjonov.

    28.06.2020, 13:44   Izoh (0)   17688
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yashnoboddagi yog‘ qadoqlash sexida yong‘in chiqdi (video)

    28.06.2020, 12:57

    Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i 50 ming dollar pora bilan ushlandi

    28.06.2020, 10:39

    O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanganlar soni 7700 nafardan oshdi

    28.06.2020, 10:20

    Toshkent viloyatida boshlang‘ich narxi 127 mln so‘m bo‘lgan 0,8 gektar yer qariyb 1 mlrd so‘mga sotildi

    28.06.2020, 08:10

    Telegram’da odamlarning 19 mln so‘mdan ko‘proq pulini o‘g‘irlagan 21 yoshli firibgar qo‘lga tushdi

    28.06.2020, 06:29

    O‘zbekistonda 27-iyun kuni 255 kishida koronavirus aniqlandi. Beshta hududda aholi orasida kasallik qayd etildi

    27.06.2020, 23:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.