O‘zbekistonda 27-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, 131 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 7682 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanganlarning
- 49 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
- 45 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida, 32 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
- 34 nafar Toshkent shahrida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida);
- 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Izoh (0)