O‘zbekistonda 27-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 63 kishiga ko‘payib, jami kasallanganlar soni 7490 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 17 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 26 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida);
- 8 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida);
- 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida);
- 3 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida);
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyida 5 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusdan vafot etgan denovlik ayolda chindan ham koronavirus bo‘lganini Sog‘liqni saqlash vazirligi ayolning o‘limidan 5 kun o‘tib tasdiqlagandi.
Izoh (0)